100
ganglionar
oldi tola ham, ulardan chiqqan ganglionar keti tola ham ancha uzun
bo‗ladi.
Umurtqadan oldingi katta tugunlarga yulduzsimon, quyoshsimon,
ichak
tutqichining yuqori va pastki tugunlari kiradi. Bu tugunlardagi neyronlar qorin
bo‗shlig‗i a‘zolarining simpatik innervasiyalanishini ta‘minlaydi. Deyarli barcha a‘zo
va to‗qimalar simpatik innervasiyalanishga ega. Bularga qon tomirlar, kovak a‘zolar,
terining silliq shakllari, teri va hazm bezlari, o‗pka, jigar, yog‗ to‗qimasi hujayralari,
skelet mushaklari va markaziy asab tizimi kiradi.
Efferent tolalardan tashqari, simpatik asab tizimi o‗zining sezgir yo‗llariga ham
ega. Sezuvchi neyronlarning somalari umurtqadan oldingi tugunlarda joylashgan
bo‗lib, ularning uzun o‗simtalaridan biri periferiyaga yo‗l olsa,
ikkinchisi orqa
miyaga o‗tadi. Boshqa bir neyronlarning uzun o‗sig‗i ichki a‘zoga borsa, kaltalari
tugunning o‗zida tarqalib, oraliq neyronlar orqali effektor neyronlar bilan bog‗lanadi
va shu yerning o‗zida mahalliy reflektor yoy hosil qiladi.
3.2. Parasimpatik asab tizimi
Umumiy tuzilishi jihatidan parasimpatik asab tizimi
va simpatik asab tizimi
deyarli o‗xshashdir. Parasimpatik asab tizimining ham markaziy va tashqi tuzilmalari
mavjud, qo‗zg‗alishni bajaruvchi a‘zoga ikki neyronli yo‗l orqali yetib boradi:
ganglionaroldi neyron miyaning kulrang moddasida joylashgan, ganglionarketi
neyron esa periferiyaga chiqarilgan. Ammo, parasimpatik asab tizimining o‗ziga xos
xususiyatlari ham mavjud. Birinchidan, bu tizimning markazlari bosh va orqa miyada
bir–biridan va simpatik markazdan uzoqdagi sohalarda joylashgan.
Ikkinchidan,
tanada parasimpatik tizim ta‘sir o‗tkazadigan doira ancha tor, ba‘zi a‘zo va
to‗qimalar, masalan, bachadon,
markaziy asab tizimi, qon tomirlarining deyarli
hammasi parasimpatik innervasiyaga ega emas.
Parasimpatik asab tizimining markaziy tuzilmalari o‗rta, uzunchoq va orqa
miyalarda joylashgan (38-rasm). O‗rta miya (mezensefal)
qismining yadrosi Silviy
suv o‗tkazgich tubida bo‗lib, ko‗z mushaklariga, so‗lak va ko‗z yoshi bezlariga uch
101
juft bosh asablar tarkibida preganglionar tolalar yo‗llaydi. Bu tolalar ko‗zni
harakatlantiruvchi, yuz va til–halqum asablar tarkibida kipriksimon, quloq, til osti va
tanglay tugunlariga yetib keladi va ganglionarketi neyronlarning tana va dendritlarida
sinapslar hosil qiladi. Uzunchoq miyadagi (bulbar) markazdan chiqqan
ganglionaroldi tolalar bo‗yin, ko‗krak va qorin bo‗shliqlaridagi a‘zolarga sayyor asab
tarkibida o‗tadi. Parasimpatik asab tizimining dumg‗aza bo‗limi, orqa miyaning uch
dumg‗aza segmenti yon shoxlarida joylashgan. Bu yerdan,
tolalar chanoq asabi
tarkibida chanoq a‘zolariga yo‗l oladi.
Parasimpatik asab tizimi sezgir yo‗llarining bosh kollektori – sayyor asab
hisoblanadi. Mushukning bo‗yin qismidagi tolalarning umumiy soni 30 ming bo‗lsa,
ularning 80–90 % afferent tolalardan iborat. Bundan tahminan 20 % mielinli tolalar
qismiga, qolganlari esa ingichka mielinsiz qismiga to‗g‗ri keladi.
Bu tolalarga
aloqador hazm, ko‗krak va qorin bo‗shlig‗i a‘zolaridagi reseptorlar mexanik, harorat
va og‗riq paydo qiluvchi ta‘sirotlarni sezadi, pH va elektrolitlar tarkibi o‗zgarganda
qo‗zg‗aladi. Qon bosimi barqarorligini saqlashda parasimpatik markazlar bilan
bog‗langan aorta ravog‗idagi va karotid koptokchasidagi reseptorlarning ahamiyati
juda katta (3-jadval).
Dostları ilə paylaş: