44
uchlari) orqali qabul qilinadi. Periferik o‗simtalar qo‗shimcha hosilalarga ega
bo‗lmagan erkin va inkapsulali bo‗lishi mumkin, ya‘ni
sezuvchan neyron uchlari
qo‗zg‗atuvchi energiyasini birlamchi qayta ishlashni amalga oshiruvchi alohida
hosilalar tarkibida bo‗ladi. Ikkilamchi – sensor reseptorlarda qo‗zg‗atuvchining
ta‘sirining chiqishi asab hujayrasi bo‗lgan ixtisoslashgan
reseptorlovchi hujayra
tomonidan qabul qilinadi. Reseptorlovchi hujayrada paydo bo‗lgan qo‗zg‗alish sinaps
orqali sezuvchan neyronga o‗tkaziladi.
Reseptorlar joylashishi bo‗yicha eksteroreseptorlarga, interoreseptorlarga,
proprioreseptorlarga bo‗linadi. Eksteroreseptorlar ta‘sirlarni tashqi muhitdan (ko‗z
to‗ri,
teri reseptori, hid bilish a‘zolari, ta'm bilish a‘zolari orqali) qabul qiladi.
Interoreseptorlar ta‘sirlarni organizmning (ichki a‘zolar bo‗lmish yurak, jigar,
buyraklar, qon tomirlar va boshqalarning to‗qimalarida joylashgan) ichki muhitidan
qabul qilinadi. Proprioreseptorlar – tayanch-harakat tizimining (mushaklarda
joylashgan va mushaklarning qisqarishi hamda cho‗zilishini qabul qiladi)
ixtisoslashgan reseptorlari hisoblanadi.
Qabul qilayotgan qo‗zg‗atuvchilarning xilma-xilligi bo‗yicha monomodal
(faqat bitta turdagi qo‗zg‗atuvchini qabul qiluvchi); polimodal (turli
xildagi
qo‗zg‗atuvchilarni qabul qilishga moslashgan) reseptorlar mavjud.
Modalligi bo‗yicha xemoreseptorlar (kimyoviy moddalar ta‘sirini qabul
qiluvchi), fotoreseptorlar, mexanoreseptorlar (bosimni, vibrasiyani, bir joydan boshqa
joyga o‗tish, cho‗zilish darajasini qabul qiluvchi), termoreseptorlar (haroratning
o‗zgarishini sezuvchi), nosireseptorlar (og‗riqni qo‗zg‗atuvchilarni qabul qiluvchi)
farqlanadi.
Reseptorlarning xususiyatlari:
1)
o‗ziga xosligi;
2)
sezuvchanlik;
3)
adaptasiya.
Dostları ilə paylaş: