Fuqarolarning


“Фукароларнинг узини узи бошкариш органлари тугрисида”ги Узбекистон Республикаси конуни // Узбекистон конун



Yüklə 51,4 Kb.
səhifə3/4
tarix10.04.2023
ölçüsü51,4 Kb.
#95904
1   2   3   4
10 mavzu Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari reja

2Фукароларнинг узини узи бошкариш органлари тугрисида”ги Узбекистон Республикаси конуни // Узбекистон конун хужжатлари туплами. 2013, 17 (569)-сон. -Б. 17.
3 Насруллаев И. Фукаролар узини узи бошкариш органлари тизимини ислох этишнинг истикболлари // Демократлаштириш ва инсон хукуклари. 2012, 3-сон. -Б. 22.
mahallalarda ma’naviy muhit barqarorligini, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona-vatanga va milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirishga ko‘maklashish, fuqarolar yig‘inlaridagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilganligi bilan e’tiborlidir. SHu jumladan, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ta komissiyasi faoliyatiga oid tasdiqlangan namunaviy Nizomlarning amaliyotga tatbiq etilishi mahallalar ishiga keng jamoatchilikni jalb etishga katta turtki beradi.
Ayni paytda, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1992 yilda Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondining tashkil etilganligi va o‘tgan yillar mobaynida uning faoliyatini takomillashtirishga bo‘lgan e’tibor mahallalarda milliy qadriyatlarni e’zozlash va targ‘ib etish, madaniy-ma’rifiy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish, shuningdek, aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida keng ko‘lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlamoqda. Xususan, ushbu jamoat tashkiloti tomonidan fuqarolar yig‘inlariga uslubiy ko‘maklashish maqsadida 2006 — 2013 yillar davomida 30 dan ortiq qo‘llanma va adabiyotlar tayyorlanib, barcha fuqarolar yig‘inlariga etkazib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, birgina 2013 yilning o‘tgan davri mobaynida mahallalarda 245 mingga yaqin ma’rifiy-madaniy tadbirlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishida Fondning hududiy tuzilmalari tomonidan mahallalarga uslubiy-amaliy yordamlar ko‘rsatildi. SHuningdek, bu borada fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik asosida 7 mingga yaqin targ‘ibot guruhlari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi, 6 mingdan ortiq mahallalarda “Ma’naviyat xonalari”, 3400 dan ziyod axborot-resurs markazlari tashkil etildi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi faoliyatini o‘rganish, ularning ilg‘or tajribasini keng ommalashtirish maqsadida “Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari”, “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” kabi ko‘rik-tanlovlarning an’anaviy tarzda har yili o‘tkazilishi va unda qariyb barcha fuqarolar yig‘inlarining ishtiroki ta’minlanmoqda.
SHuningdek, mahalla yoshlari o‘rtasida sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Futbolimiz kelajagi”, “Mahallamiz pahlavonlari”, “Otam, onam va men — sportchilar oilasi” kabi sport musobaqalari muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Birgina joriy yilda 9 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan mazkur sport musobaqalariga qariyb 2 millionga yaqin bolalar va o‘smirlar jalb etildi. Ayni paytda, mahallalarda bolalar maydonchalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida 2013 yilda “Mahalla” fondi hisobidan jami 106 ta bolalar maydonchasi qayta ta’mirlandi, 41 tasi yangi qurildi, 2985 ta bolalar maydonchasi obodonlashtirildi. Bundan tashqari, hududlarda 172 ta minifutbol, voleybol, basketbol maydonchalari qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida Fond hisobidan 2006 - 2013 yillar mobaynida 4936 ta fuqarolar yig‘ini zamonaviy kompyuter jamlanmasi, 5075 tasi mebel jihozlari bilan ta’minlandi. SHuningdek, 724 ta mahalla binolari joriy, 120 tasi kapital ta’mirlandi va 92 tasi rekonstruktsiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 74 ta mahalla guzari qurib, ishga tushirildi.
Fuqarolar yig‘inlari hududida istiqomat qilayotgan ota-onalarning yosh avlodni tarbiyalash
bo‘yicha ularning huquqiy, ma’naviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish maqsadida 8700 dan ortiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida “Ota-onalar universitetlari”ni tashkil etishga ko‘maklashildi. O‘tgan davr mobaynida ushbu jamoatchilik tuzilmalari tomonidan 45 mingdan ortiq tadbirlar o‘tkazildi.
Fond faoliyatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu borada birgina 2011 - 2013 yillar davomida Fond hisobidan 16 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi. 31300 ga yaqin fuqarolarga oziq-ovqat va kiyim-kechaklar, 2600 dan ortiq ehtiyojmand oilalarga bir boshdan qoramol olib berildi. 5 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan, ularga nikoh va to‘y tadbirlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatildi.
Har yili mahallalar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, muqaddas qadamjolarni tartibga keltirish maqsadida umumxalq xayriya hasharlari an’anaviy tarzda tashkil etiladi. Istiqlol yillarida bunyodkorlik va tashabbuskorlik, ezgulik va shijoat timsoliga, ma’naviy hayotimizning uzviy qismi sifatida umummilliy an’anaga aylangan ushbu tadbirda 18 millionga yaqin fuqarolar, shu jumladan, 10 milliondan ortiq yoshlar ishtirok etmoqda. Birgina mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi munosabati bilan joriy yilning 24 — 25 avgust kunlari o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari kunlarida 960 ta ziyoratgoh va 9 mingdan ortiq qabristonlar, 33,3 ming gektar maydon obodonlashtirildi, 40 mingga yaqin oilalarning uy-joylari ta’mirlandi, 566 ta yangi bog‘ tashkil etildi.
Mahallalarda aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish borasida keng qamrovli chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni qo‘llab- quvvatlash maqsadida Fondning hududiy tuzilmalari hamda fuqarolar yig‘inlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 9 mingdan ortiq targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi, mahallalarda 41 mingdan ortiq maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, hududlarda 112 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashildi. Ayni paytda, fuqarolar yig‘inlari hududida tadbirkorlik faoliyatini, jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida maslahat markazlari tashkil etilmoqda. Bu borada manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan 2013 yilning 24 iyunida ushbu markazlarning namunaviy Nizomi qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etildi.
Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi sifatida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri qabul qilindi va 2013 yilning 23 aprel kuni matbuotda e’lon qilindi. Ushbu qonun bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishda, jamoatchilik nazorati sohasida, xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi vakolatlari kengaytirildi.
Aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qonunga fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniqlash, fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish, fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlash haqidagi me’yorlar kiritildi.
Qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berish bilan bir qatorda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kafolatlarini belgilovchi alohida modda kiritildi.
Mahallani xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga aylantirish borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga fuqarolar yig‘ini hududida xususiy tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashish, tegishli maslahat markazlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi. Xususan, fuqarolar yig‘inlari huzuridagi maslahat markazlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar yig‘ini hududida yashovchilar uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etib, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida ma’lumotlar beradi, fuqarolar yig‘ini hududida yashovchilarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashmoqda.
Konsepsiyada “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha oqsoqollar va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta’minlaydigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilgan edi. Konsepsiyadagi ana shu vazifalarning ijrosi doirasida 2013 yil 22 aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham yangi tahrirda qabul qilindi4.
Mazkur Qonunning asosiy maqsadi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash borasidagi fuqarolarning huquqlarini to‘laroq ta’minlashga qaratilgan tegishli huquqiy kafolatlarni yanada kengaytirishdan va bu bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 32-moddasida mustahkamlangan “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi” - kabi me’yorlarni hayotga to‘liq joriy etishdan iborat.
YAngi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar saylov tizimini yanada demokratlashtirish orqali fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashga shart-sharoitlar yaratib saylovlarni samarali o‘tishiga va bularning natijasi sifatida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini eng munosiblarini saylab olishga xizmat qilmoqda.

    1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari

Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozim. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yan ada to‘laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqelarini oshirish darkor. "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" degan siyosiy qurilish dasturining moxiyati ana shunda yaqqol namoyon bo‘ladi. Aynan shunday yondashuv fuqarolarning o‘zlariga o‘z hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarolik jamiyati tamoyillariga to‘la mos keladi5. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish konsepsiyasi nafaqat mamlakatimizdagi islohotlar uchun ilmiy-amaliy asos , balki umuman, davlatchilik taraqqiyotidagi o‘ziga xos ta’limotga aylandi deyilsa, mubolag‘a






Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin