Foydalanishning ahamiyati



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#89440
  1   2   3
boshlang-ich-sinflarda-didaktik-o-yinlardan-foydalanishning-ahamiyati



[299] 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN 
FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
Mirhamidova Mastura Axrolovna
Toshkent viloyati, Qibray tumani
46- umumiy o’rta ta' lim maktabining
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʽich sinf o‘quvchilarining rivojlanish 
jarayonida didaktik oʽyinlardan foydalanish usullari, darsga boʽlgan qiziqishini va dars 
samaradorligini oshirish usullari haqida ma’lumot berilgan. 
 Kalit so’zlar: didaktik oʽyin, aqliy rivojlanish, amaliy faoliyat, qobiliyat, rag‘bat. 
Kichik maktab yoshida bolalar didaktik o‘yinlarni (syujetli, predmetli, musoboqali) 
rohatlanib o‘ynashadi. Ularda faoliyatning quyidagi elementlari mavjud: o‘yinli masala, 
o‘yinli motivlar, masalalarni o‘quv faoliyati bilan bog‘liq yechimlari. Natijada o‘quvchilar 
o‘yin mazmuniga ko‘ra yangi bilimlarga ega bo‘lishadi. O‘quv-biluv masalalarini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilishidan farq qilgan holda, didaktik o‘yinda u bolaning o‘zini
o‘yinli masalasi sifatida nomoyon bo‘ladi. Uni yechish usullari esa o‘quv-biluv 
faoliyatiga tegishli hisoblanadi.
Buni quyidagi misolda qarab chiqamiz. O‘quvchilar “Biz turistlarmiz” nomli 
didaktik o‘yinni o‘ynashadi. Uning ma’nosi shundan iboratki, bolalarni turistlar 
guruhining marshrut yo‘lini kartada belgilashga o‘rgatish. Uni to‘g‘ri belgilagan har bir 
o‘quvchi turist belgisini oladi. O‘quvchilarning o‘z oldilariga qo‘yadigan masala – 
turistlar o‘yinini o‘ynash. O‘yin motivi – turist belgisini olish uchun to‘g‘ri marshrutni 
tanlash. Bunday o‘yin shu bilan tavsiflanadiki, uning faollik shakli kattalar tomonidan 
aniqlanadi va o‘yin qodalari ko‘rinishida bolalar oldiga qo‘yiladi. “Biz turistlarmiz” 
o‘yinining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: “Marshrutni aytayotgan o‘qituvchini 
diqqat bilan eshiting va uni o‘z kartangizda joylashtiring. U kartada ko‘rsatilgandan so‘ng, 
uni namunadagi bilan solishtiring”. 
Shuni qayd etishimiz lozimki, o‘yinda va undan keyin o‘yin motivlarida bilishga 
qarab siljish ro‘y berishi mumkin. Masalan, “Biz turistlarmiz” o‘yinidan keyin o‘quvchilar 
ko‘plab savollar bilan o‘qituvchiga va boshqa katta yoshdagilarga murojaat qila 


[300] 
boshlashdi, kitoblardan mos ma’lumotlarni izlasha boshlashdi, ya’ni ularda o‘yin sifatida 
taqim etilgan masala o‘quv masalasiga aylandi. Bolalar hodisalar doirasidagi ma’lumotlar 
bilan chegaralanib qolmasdan, o‘yin faoliyati bilan bog‘liq yangi tushunchalarni 
egallashga (kompas, topografik belgilar va boshqalarni) faol harakat qilishadi. To‘plangan 
bilimlar tizimlashtirilib, kichik maktab yoshidagi bolalar ta’limga nisbatan o‘z 
faoliyatlarini qayta moslashtirishadi. Endi u nafaqat o‘yinlar nuqtai-nazaridan, balki o‘yin 
davomida paydo bo‘lib, rivojlangan o‘quv-biluv qiziqishlari bilan birgalikda amalga 
oshiriladi. Demak, didaktik o‘yinlar bolalar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish uchun qulay 
bo‘lgan shart-sharoitni paydo qiladi va bilish uchun qiziqishni rivojlanishiga 
ko‘maklashadi.
Eng yaxshi didaktik o‘yinlar mustaqil ta’lim olish prinsipida tuzilgan, ya’ni, 
shunday tuzilganki, ularning o‘zi o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga
qarab yo‘naltiradi. Ma’lumki, ta’lim olish ikkita komponentni o‘zida jamlaydi: kerakli 
ma’lumotni to‘plash va to‘g‘ri yechimni qabul qilish. Bu komponentlar o‘quvchilarda 
didaktik tajribani ta’minlaydi. Lekin, tajribaga ega bo‘lish ko‘p vaqtni talab qiladi. 
O‘quvchilarda “bunday tajribaga ega bo‘lish”ni ko‘paytirish, ularni mustaqil ravishda bu 
ko‘nikmalarga ega bo‘lish mashqlariga o‘rgatishdan iboratdir. Bunga psixologik 
tavsifdagi rivojlantiruvchi o‘yinlarni kiritish mumkin: krossvordlar, viktorinalar, 
boshqotirmalar, rebuslar, kriptogrammalar va boshqalar. 
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda predmetga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, har bir 
o‘quvchini individual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi, bilish faolligini 
tarbiyalaydi. Didaktik o‘yinning muhimligi, u bolalar tomonidan qanday reaksiya qilinishi 
bilan emas, balki u yoki bu masalani yechish har bir o‘quvchi uchun tadbiq qilinishining 
samaraliligi bilan aniqlanadi. 
Didaktik o‘yinlarning natijaviyligi, birinchidan, ulardan tizimli ravishda 
foydalanishga, ikkinchidan, o‘yinlar dasturining oddiy didaktik mashqlar bilan birgalikda 
maqsad sari yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Masalan, bilish faolligini rivojlantirish 
muammosini hal etishda, o‘quvchining mustaqil tafakkurini rivojlantirish asosiy masala 
deb hisoblanishi zarur.


[301] 
Har bir didaktik o'yinni boshlashdan oldin o'quvchilarga o'yinning qoidasi, 
mazmuni, yakuni nimadan iborat ekanini o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O'quvchilar 
uni tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Masalan, “Ishoralar” o’yini
O'yinning maqsadi: Bir amalli masalalarni og'zaki yechish ko'nikmalarini 
rivojlantirish. 
O`yin jihozi: “-“, “+” belgilari.
O'yinning borishi: 
O'qituvchi masalani o'qiydi, o'quvchilar esa masalani qaysi amal bilan yechish kerak 
bo'lsa o'sha "ishora"ni ko'rsatadilar. 
Masala: 
1. Salimning 2 ta qora va 4 ta qizil qalami bor. Hammasi bo'lib nechta qalami 
borligini qaysi amaldan foydalanib topamiz? 
O'quvchilar "+"ni ko'rsatadilar. Masala og'zaki yechiladi. 
2. Nigorada 6 daftar bor edi. 3 tasini ukasiga berdi. Nigorada nechta daftar qoldi? 
Mustahkamlash: O'qituvchi "+", "-" qo'shish, ayirish belgilari qachon qo'yilishini 
so'rab, ularning bilimini mustahkamlaydi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin