94
BOSHLANG‘ICH TA’LIM DARSLARIDA INOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH USULLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.6567453
Shozoda Qahorovna G‘aporova,
Buxoro viloyati Vobkent tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini
oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish
jumladan Venn diagrammasi,va baliq skeletini dars
mashg‘ulotlarida qo‘llashning samaradorligi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: Venn diagrammasi, baliq skeleti, motiv, innovatsion, svetofor, tanqidiy fikrlash.
Boshlang‘ich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana shu jarayonda
o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e’tibor berish lozim. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisining mas’uliyati cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab
hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradi. Bolalarning o‘qishga
munosabati, aqliy
salohiyati ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi mas`uliyatli
ekanligini ko‘rsatadi.
Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.
Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradi va uni chuqur o‘zlashtiradi. Shu jihatdan qaraganda,
ta’lim jarayonida qo‘llanadigan didaktik o‘yinlaming roli beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar ta’im jarayoni
samaradorligini
oshiradi, ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini, o‘qish motivlarini rivojlan tiradi. O‘qish
motivlari ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o‘rin tutadi.
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra
o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini uyg‘otish asosida
maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqin- lashuvidir.
Boshlang‘ich sinfda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
Chunki motiv o‘quvchilarni ta’lim
jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga
undaydi. Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolaning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik
kerak. Unga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlardan foydalanib dars o‘tish
yaxshi samara
beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash,
bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi
va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda
o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning
fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil
mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish,
ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan
iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan o‘qituvchida chinakam ehtiros bo‘ladi.
Oldindan darsning loyihasi, ya’ni texnologik xaritasi tuziladi. Texnologik xarita tuzish uchun o‘qituvchi
darsning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularda o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning
o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llari, teskari aloqani amalga oshirish, ularga
ajratilgan vaqtni aniq belgilash lozim. Texnologik xaritada albatta tashkiliy qism,
yangi mavzuning
motivatsiyasi, o‘quvchilar bilimini tekshirish, yangi mavzuni o‘rganish va uni mustahkamlash,
erishilgan
natijalarni tahlil qilish va yakun yasash kabi bosqichlari bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining dars
davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich qayd etiladi. Dars texnologik xaritasining mukammal
tuzilishi, maqsad va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish va bosqichlar o‘rtasidagi uzviylikni
ta’minlash, vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi.
“Baliq skeleti” texnologiyasi
Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan
muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladi. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa
qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari
yozib
boriladi. Masalan, yo‘l harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?”
muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq skeletini boyitib boradi.
95
Bu usul orqali o‘quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o‘rganadi. “Venn diagrammasi”
Ushbu texnologiya ona tili, o‘qish darslarida o‘tilayotgan mavzu haqida o‘z fikriga ega bo‘lish, matn
bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlash, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon etish, hamda dars
mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan metodlardan biridir.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion
texnologiyalardan foydalanib, o‘tilgan darsda o‘quvchilar o‘z
qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadi, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘ladi, o‘zgalar
fikrini hurmat qilishni o‘rganadi. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, ta’lim sifatini kafolatlashga xizmat
qiladi.