Forvard shartnomalari bu birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda bazis aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir. Shartnoma shartlari bitimni tuzish paytida kelishib olinadi



Yüklə 30,21 Kb.
səhifə3/3
tarix22.05.2023
ölçüsü30,21 Kb.
#119918
1   2   3
Forvard shartnomalari

F=(S-D)*(1+r*t/365)
bu yerda, t – shartnomani amal qilish davri, r – t davrdagi risksiz foiz stavka.
Yuqorida koʻrib chiqilgan formulalar foizli instrumentlar uchun ham qoʻllanilishi mumkin. Bunday holatda dividend toʻlovi oʻrniga bazis aktivga nisbatan toʻlanuvchi kupon toʻlovlari hisobga olinadi.
Tovarlarning forvard narxi. Agar forvard shartnoma bazis aktivi tovar hisoblansa, u holda uning egasi forvard shartnoma xaridoridan farqli ravishda tovarlarni saqlash, ularni transportda yetkazish va sugʻurtalash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshiradi. Oʻz navbatida tovarning forvard narxi koʻrsatilgan xarajatlar summa-siga mos ravishda oshirilishi lozim. Agar tovarni saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlardan bir dona mahsulotga qancha toʻgʻri kelishi aniq belgilangan boʻlsa, u holda bunday tovarning forvard narxi quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:
F=S*(1+r*t/365)+Z
bu yerda, F– tovarning forvard narxi; S –tovarning spot narxi; Z– tovarni saqlash, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar (bir dona mahsulotga); t– forvard shartnoma muddati (kunlarda).
Agar saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar tovarning qiymatiga bogʻliq holda oʻzgaruvchan boʻlsa (bunday holat kam uchraydi), u holda bunday tovarning forvard narxi quyidagicha hisoblanadi:
F=S*(1+(r+z)*t/365)
bu yerda, z – tovarni saqlash, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar (bir yil hisobida tovar qiymatidan foizda)
Misol. 1 unsiya oltinning spot narxi 1875 dollar. Agar risksiz foiz stavkasi yillik 7%ni tashkil etsa, tovarni saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha quyidagi ikki holatni inobatga olgan holda, oltinning uch oylik forvard narxi qanchaga teng boʻladi?
1) Har bir unsiyaga 15 dollardan xarajat toʻgʻri keladi;
2) Tovar qiymatidan yillik 4% miqdorida toʻgʻri keladi.
Birinchi holatda forvard narxga xarajatlarni qoʻshish lozim.
1875*(1+00.7+91/365)+15=1922.72 $
Ikkinchi holatda esa risksiz foiz stavkaga oltinning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadigan xarajatlar miqdorini qoʻshish orqali tovarning forvard narxini aniqlash lozim.
1875*(1+(00.7+00.4)*91/365)=1926.22 $
Umuman olganda bozor ishtirokchilari tomonidan forvard narxlarni aniqlash orqali bozordagi mavjud forvard shartnomalarining haqiqiy qiymatini baholash hamda arbitraj operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish mumkin. Xuddi mana shu tartibda aktivlarning fyuchers narxlari ham aniqlanadi.
Yüklə 30,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin