Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi


Markaziy asab tizimining asosiy xossalari



Yüklə 351,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix30.01.2022
ölçüsü351,77 Kb.
#51834
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
markaziy asab tizimi (1)

 

Markaziy asab tizimining asosiy xossalari. 

 

Qo’zg’alishni  bir tomonlama o’tkazish.   Nerv tolasining asosiy  xossalaridan 

biri  shuki,  u  qo’zg’alishni  ikki  tomonga  o’tkazadi.  Butun  asab  tizimida  esa, 

qo’zg’alish  hamisha  faqat  muayyan  bir  tomonga  o’tadi:  ba’zi  nervlar  orqali 

periferiyadan  markaziy  asab  tizimiga,  boshqa  nervlar  orqali  markaziy  asab 

tizimidan periferiyaga o’tadi. 

Markaziy asab tizimining qo’zg’alishni shu tariqa faqat bir tomonga o’tkazish 

xususiyati  nerv  hujayralari  tutashgan  joyning,  ya’ni  sinapslarning  xossalaridan 

kelib  chiqadi.  Binobarin,  markaziy  asab  tizimi  qo’zg’alishni  faqat  bir  tomonga  – 

markazga intiluvchi neyrondan markazdan qochuvchi neyronga o’tkazadi. 

Orqa miyaga keladigan markazga intiluvchi nerv tolalaridagi va orqa miyadan 

chiqadigan  markazdan  qochuvchi  nerv  tolalaridagi  harakat  toklarini  yozib  olib, 

markaziy asab tizimining bu xususiyatini isbot etish mumkin. Markazga intiluvchi 

nerv  tolasi  ta’sirlanganda  orqa  miyadan  chiquvchi  –  markazdan  qochuvchi  nerv 

tolasida  harakat  toki  paydo  bo’ladi.  Agar    markazdan  qochuvchi  tola  ta’sirlansa 

markazga  intiluvchi  tolada  harakat  toki  paydo  bo’lmaydi.  Buning  sababi  shuki, 



orqa miya qo’zg’alishni markazdan qochuvchi toladan markazga intiluvchi tolaga 

o’tkazmaydi,  balki  markazga  intiluvchi  toladan  markazdan  qochuvchi  tolaga 

o’tkazadi. Nerv markazlaridan tashqari, harakatlantiruvchi nervlarning uchlari ham 

qo’zg’alishni bir tomonlama o’tkazadi. Buni muskul tolalari ta’sirlanganda ko’rish 

mumkin, muskul tolalari ta’sirlanganda ularda kelib chiquvchi qo’zg’alish nervga 

o’tmaydi. 



Qo’zg’alishning o’tish tezligi. Har bir refleks muayyan vaqt davomida kelib 

chiqadi: ba’zi reflekslar tezroq,ba’zi reflekslar sekinroq voqye bo’ladi. Retseptorlar 

ta’sirlangan  paytdan  boshlab  to  javob  reaksiyasi  boshlanguncha  ketadigan  vaqt 

refleks vaqti deyiladi. Refleks vaqti retseptorlarda qo’zg’alishning vujudga kelishi, 

kelib chiqqan impulsning  markaziy asab tizimiga borishi, so’ngra qo’zg’alishning 

markaziy  asab  tizimidan  o’tishi  va  markazdan  qochuvchi  nervlarga  yoyilishi, 

so’ngra  ishchi  organga  o’tishi  uchun  va  nihoyat,  shu  organning  yashirin 

qo’zg’alish  davri  uchun  ketadigan  vaqtidan  iborat.  Shunday  qilib,  refleks  vaqti 

ko’pgina vaqtlar yig’indisidan iborat ekanligini ko’rib turibmiz. 

Reflektor yoyning turli qismlarida qo’zg’alishning turlicha tezlik bilan o’tishi 

maxsus  tekshirish  va  o’lchashlarda  ma’lum  bo’ldi.  Qo’zg’alish  markaziy  asab 

tizimida  hammadan  sekinroq  o’tadi.  Bu  yerda  qo’zg’alish  bir  neyrondan  ikkinchi 

neyronga o’tadi.  Shu  sababli  markaziy  yoki sinaptik paysal haqida gapirish  rasm 

bo’lib  ketgan.  Markaziy  asab  tizimida  qo’zg’alishning  sekin  o’tishi  paysal  deb 

atalishiga sabab shuki, qo’zg’alish sinapsga yetgach go’yo qandaydir g’ovga duch 

kelib, shu tufayli to’xtab qoladi, degan taassurot tug’iladi. 



Qo’zg’alish ritmining o’zgarishi. Markaziy asab tizimi markazdan qochuvchi 

neyronlar  orqali  periferiyaga  –  ishchi  organga  hech  qachon  bitta  qo’zg’alish 

to’lqinini yubormaydi; markaziy asab tizimidan hamisha bir necha impuls ketma-

ket keladi. 

Markaziy asab tizimi yuboradigan qo’zg’alish ritmi retseptorlarga tushadigan 

ta’sirotning  chastotasiga  ko’p  bog’liq  emas.  Ta’sirot  ritmi  bir  qancha  bo’lganda 

ham,  hatto  juda  siyrak  bo’lganda  ham,  markaziy  asab  tizimi  baribir  bir  qancha 

impulslar  bilan  javob  beradi.  Nerv  markazlaridan  keluvchi  impulslarning  ritmi 

sekundiga 50 dan tortib 200 tagacha bo’ladi. Shuning uchun ham nerv markazlari 

qo’zg’alish ritmini o’zgartira oladi, transformatsiya qila oladi deb hisoblanadi. 

Organizmdagi hamma muskullarning qisqarishi tetanik qisqarish ekanligi ham 

markaziy asab tizimining shu xususiyati bilan izohlanadi. Har qanday muskulning 

juda  tezlik  bilan  va  qisqa  muddatli  qisqarishi  tetanik  qisqarishlar,  chunki  muskul 

hamisha ketma-ket keluvchi bir qancha impulslarni oladi. 




Yüklə 351,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin