Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


“Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldiring



Yüklə 11,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/63
tarix18.05.2020
ölçüsü11,09 Mb.
#31289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Конференция - физика-PDFга


 

2. “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldiring 

Muammolar 

Muammoli 

vaziyatning 

kelib chiqish sabablari 

Vaziyatdan chiqib 

ketish harakatlari 

1. Insoniyat kelajagiga xavf solayotgan 

energetika muammosi va uning yechimi. 

2. Energetika muammosi keltirib chiqarishi 

mumkin bo’lgan oziq-ovqat muammosi. 

3. Energetika muammosi keltirib chiqarishi 

mumkin bo’lgan ekologiya muammosi. 

 

 

 

 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

13 


 

3. Keys bilan ishlash qoidalari 

Keysda vaziyat tavsifi va axborot ta’minoti har xil hajmda bo’lishi (bir varog’dan bir necha yuz 

varog’gacha),  tahlil  etish  uchun  taklif  etilayotgan  vaziyatlar  tavsifida  detallashtirish  darajasi  ham 

turlicha bo’lishi, axborot ko’pligi darajasi ham o’zgarishi mumkin bo’lgan-tahlilga aloqasi bo’lmagan 

ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin. Amaliy vaziyatni tahlil qilish vaqtida: 

 taklif etilayotgan axborotlarni ko’rib chiqishda adashmang, ular orasida eng zarurini belgilang; 

vaziyatni tor istiqbolda ko’rib chiqmang: muammo birdaniga kichiklashib yoki umuman g’oyib 

bo’lishi mumkin; 



harakatlar  rejasini  vaziyatning  tahlili  tugallangan  va  muammo  aniqlangandan  so’ng 

shakllantiring 



4. Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari  

Auditoriyadan tashqarida bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko’rsatkichlari 

Talabalar 

ro’yxati 

Asosiy 

muammo 


ajratib olinib, tadqiqot 

ob’ekti aniq-langan 

mak.1.5 b. 

Muammoli 

vaziyatning 

kelib 


chiqish 

sabablari 

aniq ko’rsatilgan 

mak.1.0 b. 

Vaziyatdan 

chiqib 


ketish 

harakatlari 

aniq 

ko’rsatilgan 



mak.2.5 b 

Jami 


 

 

 



mak. 5 b 

 



 

 

 

Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko’rsatkichlari 

Guruhlar ro’yxati 

Guruh faol 

 

 



mak. 1 b 

Ma’lumotlar 

ko’rgazmali  taqdim 

etildi 


mak.2 b 

Javoblar  to’liq  va 

aniq berildi 

 

mak.3 b 



Jami 

 

 



mak. 5 b 

 



 

 

 



Adabiyotlar 

1.  И.A.Каримов.“Жаҳон  молиявий-иқтисодий  инқирози,  Ўзбекистон  шароитида  уни 

бартараф этишнинг йўллари ва чоралари” "Ўзбекистoн" 2009 й, 48-бет 

2.  Л.В.Голиш,  Д.М.Файзуллаева.  «Педагогик  технологияларни  лойихалаштириш  ва 

режалаштириш». Т. 2010 й, 149-бет 

 

FIZIKA O’QITISHDA ZAMONAVIY O’ZBEK MILLIY MODELI “DASTPANJA” 



USULIDAN FOYDALANISH 

 

Baxtiyor Mislidinov,Namangan muhandislik qurilish instituti 



 

Fizika  o’qitishda  ta’lim  sifatini  oshirish  uchun  ma’ruza,  laboratoriya  va  amaliy  dars 

jarayonlariga  pedagogik  texnologiyani  qo’llash  muhimdir.  Pedagogik  texnologiyani  qo’llash  orqali 

talabalarni  fanga  bo’lgan  qiziqishini  yanada  oshirish  va  ularda  ijodkorlik  qobiliyatlarini 

shakllantirishdan iborat.Buning uchun o’qituvchi tomonidan har bir darsga kreativ(ijodiy) yondashish 

talab etiladi. Bunda o’qituvchi talabalarni ijodiy faolligini oshirish uchun dars jarayonlariga mavzuga 

mos keladigan pedagogik texnologiyalarni qo’llash talab etiladi.  

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo’llash bo’yicha respublikamizning 

ko’zga  ko’ringan  olimlari  tomonidan  rivojlangan  mamlakatlarda  muvaffaqiyat  bilan  qo’llanib 

kelinayotgan  pedagogik  texnologiyalarni  ilmiy  asosda  qiyosiy  tahlil  qilib,  xalqimizning  milliy 

pedagogika  an’analaridan  hamda  ta’lim  sohasining  shu  kundagi  holatidan  kelib  chiqqan  holda 

O’zbekistonning milliy pedagogik texnologiyasini yaratishga harakat qilinmoqda va bu sohada ko’zga 

ko’rinarli ishlar amalga oshirildi. 

Ta’lim  tizimida  faoliyat  olib  borayotgan  professor-o’qituvchilarimizning  bugungi  kundagi 

asosiy  vazifasi  bu  texnologiyani  chuqur  o’rganib,  o’zining  kundalik  pedagogik  amaliyotida 

qo’llashdir.  O’quv  mashg’ulotlarini  pedagogik  texnologiya  yordamida  amalga  oshirishda  ularda 



“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

14 


 

ishtirok  etadigan  elementlarni  o’zaro  funksional  bog’liqlikda  ekanligini  ko’rsatuvchi  ramziy 

ko’rinishni ,,dastpanja’’ deb atadik.(1-rasm)  

Ko’rib  turganingizdek,  «dastpanja»ning  butunlik  holati  muayyan  bir  fanning  bitta  o’quv 

mashg’uloti, ya’ni bitta darsni, PT tili bilan aytganda, bitta o’rta modulini ifoda etgan. Uning birinchi 

raqamli elementida, ya’ni «dastpanja»ning kaftida, shu mashg’ulotda beriladigan materiallarni, hajmi 

va mazmuniga qarab, kichik modullarga ajratib, ularning maqsadlari va ularga ajratilgan vaqt aniqlab 

olinishi ko’rsatilgan. Ikkinchi raqamli elementi orqali,ya’ni «dastpanja»ning «boshmaldog’i»da, har 

bir  kichik  modulda  beriladigan  bilimlar  tizimi  ichidan  tayanch  tushunchalar  ajratib  olinib,  shu 

tushunchalar asosida nazorat savollari va bu savollar asosida test yoki boshqa nazorat shakllari tuzilishi 

lozimligi ko’rinib turibdi. 

 

1-rasm. Pedagogik texnologiyaning o‘zbek milliy «Dastpanja» modeli. 



Uchunchi  raqamli  elementidan,har  bir  kichik  modulida  qo’llaniladigan  dars  turi  va  tipining 

belgilanishi ko’rinib turibdi. To’rtinchi elementi, «dastpanja»ning «o’rta terak» barmog’ida, har bir 

kichik modulida qo’llaniladigan pedagogik uslublar ko’rsatiladi. Beshinchi raqamli elementi, «kichik 

terak»da,  har  bir  kichik  modulida  foydalaniladigan  axborot  texnologiyalari  ifoda  etiladi.  Oltinchi 

raqamli elementi, «dastpanja»ning «jimjilog’i»da, har bir kichik modulida foydalaniladigan didaktik 

materiallarning turi va joylari ko’rsatilishi ifodalangan.«Dastpanja»ning yettinchi raqamli elementi, 

ya’ni  «bilagi»da,  pedagogik  texnologiyaning  boshqa  beshta  elementida  rejalashtirilgan  harakatlar 

«kaft»,  ya’ni  maqsadlar  orqali  birikib,ularda  ko’rsatilgan  narsalarni,  ya’ni  muayyan  o’quv 

mashg’ulotida  beriladigan  materiallarni,  qaysi  kichik  modullarda,  qaysi  tayanch  tushunchalarni 

qanday  dars  turi  va  tipi  yordamida,  qanday  uslublar  qo’llab  turib,  qaysi  axborot  texnologiyalar  va 

didaktik  materiallardan  qanday  qilib  foydalanish  yo’llari  yozilgan  dars  ssenariysi  ifodalangan 

bo’ladi.Bunda,o’quv  jarayonida  ishtirok  etadigan  barcha  kuch  va  vositalar  o’zaro  sintezlashib  bir 

butunlikni, ya’ni dars degan majmuni tashkil qiladi. 

Fizika  o`qitishga  ham  ushbu  usulni  qo`llash  mumkin.Masalan  elektrodinamika  asoslari 

bo’limidan «Elektrolitlarda elektr toki. Elektrolitik dissotsiatsiya Elektroliz» mavzusini oqitishda: 

1.  DTS,  o’quv  rejava  fan  dasturi  hamda  integralashgan  ta’lim  texnologiyalari,Integralashgan 

kursni  tashkillashtirish  va  amalga  oshirish  yo’llari.  Pedagogik  texnologiyaning  o‘zbek  milliy 

«Dastpanja» modeli usuli. 

2.  Elektrolitlarda  elektr  toki,  elektrolitik  dissotsiatsiya,  dissotsiatsiyalanish  darajasi,  kation  va 

anionlar,  elektr  tokining  zichligi,  elektrolitning  solishtirma  qarshiligi,  elektroliz,  Faradeyning  1-

qonuni,  1-qonunining  fizik  ma’nosi,  Faradeyning  2-qonuni,  elektr  okimyoviy  ekvivalent.  1. 

Elektrolitlar  deb  nimaga  aytiladi?  2.  Elektrolitik  dissotsiatsiya  deb  nimaga  aytiladi?  3. 

Dissotsiatsiyalanish darajasi deb nimaga aytiladi? 4. Kationlar va anionlar nimalar? 5. Elektr tokining 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

15 


 

zichligi  nima?  6.  Elektrolitning  solishtirma  qarshiligi  temperaturaga  bog’liqmi?  7.  Elektroliz  deb 

qanday  jarayonga  aytiladi  ?  8.  Faradeyning  1-qonuni  nima?  9.  1-qonunining  fizik  ma’nosi.  10. 

Faradeyning  2-qonuni.  11.Elektrokimyoviy  ekvivalent  nimani  ko’rsatadi?  3.Integrallashgan  ta’lim 

texnologiyalari,  modulli  ta’lim,  qiyosiy  tahlil,  guruhiy,  yakka  tartibda,  juftlikda  4.  Og’zaki  bayon 

qilish,  muammo  qo’yish,  muammoni  yechish  usullari,  suhbat,  debat  turi,  aqliy  hujum,  BBB, 

chalkashgan mantiqiy zanjir, Venn diagrammasi, FSMU, keys-stadi, klaster, 

5.  Mavzuning  nomi,  maqsad  kutilayotgan  natijalar  e’lon  qilinadi,  mashg’ulot  modulli  ta’lim 

texnologiyasi asosida o’tkazilishini tushuntiriladi. Talabalarning mustaqil faoliyatini kuzatib boriladi. 

Videoproyektor, kompyuter yoki kodoskop, animatsion materiallar. 

6. Mavzuga oid test, masala, nazorat savollari, tarqatma materiallar, muammoli savollar, rolikli 

savollar.  

7. Tahsil oluvchilarga taqdim etiladigan materiallar; tahsil oluvchilarga mustaqil bajarish uchun 

beriladigan vazifalar; tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan ma’lumot o’z aksini topadi. 

Ta’lim mazmuni ilmiylik va amaliy ahamiyat talablarini to’ldirishi, o’quv jarayoniga ajratilgan 

vaqtga muvofiq tashkil etilishi,ta’lim mazmuni va uning ta’hsil oluvchilar tomonidan qabul qilinish 

darajasining o’zaro mosligi inobatga olinadi. 

Ushbu  modelni  fizika  o’qitishda  qo’llash  davomida  darsda  barcha  talabalar  faol 

qatnashadi,ularda  fanga  ijodiy  yondashish  shakllanadi,  muammolarni  fan  nuqtai  nazaridan  yechish 

ko’nikmalari  va  mustaqil  fikrini  bayon  qilish  shakllanadi.  O’qituvchi  dars  jarayonlarida  nazariy 

bilimlarni  bugungi  kun  muammolari  va  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan  bog’lash  muhimdir.  Bunda 

o’qituvchi  dunyoning  rivojlangan  davlatlar  kompaniyalarining  ishlab  chiqarish  korxonalaridagi 

jarayonlarni  qisqa  ko’rinishdagi  roliklarini  talabalarga  taqdim  etishi  kerak.  Bu  esa  talabalarda 

fizikadan nazariy tushunchalar va amaliy ko’nikmalarni shaklanishiga olib keladi. 

Foydalanilgan adabiyotlar. 

1. M.Tojiyev, B.Ziyamuxamedov, M.O’ralova. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanining 

o’quv mashg’ulotlarini loyihalash (o’quv qo’llanma) –T.: «Tafakkur- Bo’stoni», 2012. 

2.  A.G.G’aniyev,  A.K.Avliyoqulov,  G.A.Almardonova.Fizika(1-qism)-T.:  «O’qituvchi  nashriyot  -

matbaa iojodiy uyi », 2006. 

 

Ядро емирилиш конуниятларини ўқитишда 



 умумлаштириш методидан фойдаланиш 

 

А.К. Кутбеддинов



1

, А.М. Музафаров

2

, М.Т. Турсунов.



1

 

НДПИ



1

, НДКИ


 

Ядро физика фанини ўқитишда ядро емирилиш конуниятлари радиоактивлик мавзусини 



тушунишда  энг  мухим  тушунча  булиб  хисобланади.  Чунки  табиий  емирилиш  занжиридаги 

жараёнлар  -  элементлар  хосил  булиши  ва  радиоактивлик  натижасида  бир-бирига  айланиши 

ходисасини  илмий  тушуниш  имкониятини  яратади.  Табиатдаги  мавжуд  барча  табиий 

радиоактив  элементлар  оилалари  α  ва  β  -  емирилиш  асосида  қўрғошиннинг  стабиль 

изотопларига айланади.  

Табиий  радиоактив  элементлар  оилаларидан  бири  хисобланган  -  уран  оиласи  уз 

емирилиши  натижасида  15  та  радинуклид  хосил  килиши  илмий  манбаларда  келтирилган. 

Лекин  бу  радионуклидлар  хосил  булиши  жараёнида  радиоактив  мувозанат  булиши  етарли 

даражада тадкик килинмаган.(1-2)  

Радиоактив  мувозанатнинг  уран  радионуклидлари  ўртасида  бузилиш  сабабларини 

тушуниш ядро-физикаси, радиацион физика, радиоэкология, аналитик кимё ва бир қатор ядро-

физик  жараёнларнинг  илмий  моҳиятини  очиб  беради.  Юқорида  келтирилган  фикрларни 

долзарблигини  ҳисобга  олиб  уран  радионуклидлари  ва  улар  ўртасидаги  радиоактив 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

16 


 

мувозанатнинг бузилиш сабабларини тадқиқ қилишни ядро физикаси бўлимини ўқитишда ядро 

емирилиш қонунларини умумлаштиришни методидан фойдаланишни мақсад қилдик.  

Юкоридаги  мақсадни  амалга  ошириш  учун  аналитик  формулалар  ва  экспериментал 

тажриба асосида олинган натижалар ёрдамида гистограмма ясалди. Бу гистограмма 1-расмда 

келтирилган. 

 

1-расм. 


234

U изопи миқдорининг йил давомида ўзгариши 

- Ураннинг ер ости сувидан олинган наъмунадаги микдори, 

 - 


234

U нинг (доимий) 

мувозанатлашган миқдори,   - 

234


U нинг (норматив) талаб қилинадиган миқдори. 

Шундай  қилиб  табиий  фанларни  ўқитишда  ядро  емирилиш  конуниятларини 

умумийлаштириш  асосида  бир  канча  тушунчалар  илмий  мохияти  очилди  ва  уларни  фанлар 

интерациясидаги урни белгиланди.  

Ядро емирилиш конуниятлари асосида радиоактив элементлар хосил булиш механизми, 

уларнинг  бир-бирига  айланиши,  емирилишда  тепки  энергия  олиш,  бу  энергия  натижасида 

кристалл панжарадаги радинуклидлар химиявий боганишининг узгариши, аллоген ва аутоген 

жараёнлар илмий жихатдан тушунтирилди. 

Бу тушунчаларни биз таклиф килган усулда умумлаштирилиб укитилиши эса талабаларга 

бир канча кулайлик яратади ва уларни инновацион фикларлашга ундайди.  

Фойдаланилган адабиётлар 

1. Бекман И. Радиоактивность, радионуклиды и радиация. – М.: PALMARIUM, 2014. – 498 

с. 

2. Пивоваров Ю.П., Михалев В.П. Радиационная экология. – М.: Академия, 2004. – 240 с. 



 

FIZIKA VA ASTRANOMIYANI O’QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION 

TEXNOLOGIYA “PHET SIMULATIONS” DASTURIDAN FOYDALANIB VIRTUAL 

LABORATORIYALAR YARATISH. 

 

assistent S.S.Xalilov

1

, yetakchi o’qituvchi G.R.Xasanova



2

, yetakchi o’qituvchi R.I.Boltaboyeva

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasiga qarashli 



Toshkent “Temurbeklar maktabi”. 

 

Ma’lumki,  fan  va  texnika  ja’dal  sur’atlar  bilan  rivojlanayotgan  bugungi  kunda  ko’plab  ilmiy 

bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning 

yangi soha va bo’limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differentsiallashuvini ta’minlayotgan bo’lsa, 

ikkinchi  tomondan,  fanlar  orasida  integratsiya  jarayonini  vujudga  keltirmoqda.  Bunday  sharoitda, 

yuqori  malakali  pedagoglarga  bo’lgan  talablar  ortib  borib,  barkamol  avlodni  asrlar  davomida 

shakllanib  kelgan  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash  layoqatiga  ega,  fanning 

fundamental  asoslarini,  pedagogika  va  psixologiya  metodlarini  mukammal  egallagan,  kasbiy 

tayyorgarligi  yuksak  darajada  bo’lgan  hamda  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

17 


 

doimiy o’quv xonasida qo’lda bajarildigan laboratoriya mashg’ulotini emas, zamonaviy innovatsion 

virtual  labaratoriya  mashg’ulotini  qo’shimcha  qilib  (Masalan  “PHET  simulations”  dasturidan) 

amaliyotda qo’llash talabalar uchun qulay hamda qiziqarli bo’ladi. Davlat ta’lim standartlari doirasida 

fizika  fanini  o’qitish  jarayonida  zamonaviy  innovatsion  texnologiyalardan  foydalanib,  darsni 

kutaringki ruhda va mazmunli o’tishini yanada takomillashtirish hozirda dolzarb hisoblanadi. Fizika 

fanida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan (elektron darslik,o’quv filmi, virtual laboratoriya 

ishlari) foydalanish dars samaradorligini oshishiga zamin yaratadi. O’quv filmlari ko’gazmaliligi bilan 

ajralib  turadi.  Unda  auditoriyada  ko’rsatishning  iloji  bo’lmagan  fizik  va  astranomik  hodisa  va 

jarayonlarni  fizik  va  astranomik  qonunlar  asosida  yaratilgan  hayolan  tasavurimizdagi  planitalarni 

Quyosh atrofida yoki har bir planitani o’z oqi atrofidagi harakatlarini namoyish etish imkoniyatiga ega 

bo’la oladi. 

“Fizika  va  astranomiyani  o’qitishda  zamonaviy  innovatsion  texnologiya  “Phet  simulations” 

dasturidan  foydalanib  virtual  laboratoriyalar  yaratish”  mavzusini  o’qitishda  innovatsion 

texnologiyalardan  foydalanishda  astranomiya  faning  planitalar  aro  buladigan  jarayonlarni  tajribada 

namoyishini ko’rib chiqamiz.  

 

 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

18 


 

 

 



Demak, innovatsion texnologiyalardan  foydalanib fizika va astranomiya fanlarini laboratoriya 

mashg’ulotlarini olib boorish, virtual laboratoriya eng samarali natijalarni beradi. Talaba ko’rish va 

tushunish orqali amaliy bilimga ega bo’ladi. Bu albatta o’qituvchi va talabalarni noananaviy o’qitish 

metodiga juda qo’l keladi. 

 

Foydalngan adabiyotlar: 



1. 

https://phet.simulation/bending-light

  

2. 


https://phet.colorado.edu/en/simulation/bending-light

 

 



 

 

 



 

 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

19 


 

ФИЗИКА ТАЪЛИМИ МАЗМУНИНИ НОАНЪАНАВИЙ 

ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ДИДАКТИК ОМИЛЛАРИ 

 

Хушвақтов Бекмурод Нормуродович  

НавДПИ физика ва астрономия ўқитиш методикаси кафедраси катта ўқитувчиси 

 

Олий  таълим  тизимида  сезиларли  ривожланиш,  ўзгариш,  янгиланишлар 



кузатилаётган бир вақтда, бу тизимдаги ўқитиш усулларини янгилаш, анъанавий усуллар 

ўрнига, ноанъанавий таълимни жорий этиш муаммоси долзарб бўлиб тўрибди.  

Таълим  жараёнида  ноанъанавий  таълимга  асосланган  ижодий  фаолиятни  ташкил 

этиш учун ахборотли маҳсулотларни тайёрлаш ва улардан фойдаланиш муҳим аҳамиятга 

эга.  Мазкур  жараёнда  моделлаштириш  ёки  мантиқий  физика  моделидан  унумли 

фойдаланиш  мумкин.  Билимларни  моделлаштириш  турли  илмий  йўналишлар,  турли 

мақсадларда  амалга  оширилади.  Ўқув  муҳитида  ўқитувчи  ҳам  жисмоний,  ҳам  виртуал 

эксперт  модел  сифатида  намоён  бўлади.  Аниқ  бир  мавзу  мазмунини  ноанъанавий 

такомиллаштириш янги билимларни ўзлаштириш муҳим аҳамият касб этади. Бунда:  

1) талабаларни аниқ илмий,  амалий муаммоларни ечишга жалб этиш, бу жараёнда 

уларда муайян қизиқишларни ҳосил қилиш; 

2)  талабаларнинг  ижодий,  креатив  қобилиятларини  ривожлантирувчи  ностандарт 

топшириқларни бажариш ва уларнинг ечимларини текшириш имкониятини яратиш; 

3)  қўлга  киритилган  натижаларни  аксарият  ҳолларда  баҳолаш  мезонларини 

ифодалаш.  

Бунинг  натижасида  талабаларда  мавзуга  оид  мотивация  дастлабки  кўникмалар 

таркиб  топади.  Шунда  ҳар  бир  талабада  ўзлари  учун  зарур  бўлган  ҳоҳиш,  истаклар 

базасини  яратишга  бўлган  интилиш  вужудга  келади.  Бу  жараёнда  гуруҳ  аъзолари 

биргаликда ҳаракат қила бошлайдилар. Ҳар бир талаба ўз билим заҳирасини гуруҳдошлари 

эгаллаган билимлар ёрдамида бойитиш имкониятини қўлга киритади. Бунда уларга янги 

билимлар  билан  бойитилган  ўқув  материаллари  яқиндан  ёрдам  беради.  Бунинг  учун, 

ўқитувчи интеллектуал характердаги ўқув топшириқларидан кенгроқ фойдаланган ҳолда 

ҳамкорликка асосланган ўқув муҳитини вужудга келтиришга муваффақ бўлади.  

Таълим-тарбия тизимига бундай ёдашувни тадбиқ қилиш натижасида олий таълим 

тизимида  таълим  мазмунини  ноанъанавий  такомиллаштириш  ўзида  қуйидагиларни 

мужассамлаштириши  керак:  1)  физиканинг  маълум  бир  дарс  мавзусини  ноанъанавий 

такомиллашган  натижани  қўлга  киритишга  асосланган  гуруҳ  меҳнатини  ташкил  этиш 

технологияси;  2)  вертуал  лабораторияга  ва  технологияларга  асосланган  ахборотларга 

ишлов бериш усулларини; 3)ноанъанавий такомиллашган таълим методикасини. 

Бундай ёндашув натижасида талабаларда билимлар тўрт кўринишда намоён бўлади:  

1)  фундаментал  билимларнинг  вужудга  келишига  асос  бўладиган,  умумий 

қарашлар,  илмий  дунёқараш  асоси,  ғоялар,  тамойиллар,  тимсоллар,  тасаввурлар 

тизимидан иборат мотивацион парадигма;  

2)  номунтазамлик,  очиқлик,  ўтиш  характеридаги,  жараёнларнинг  тенгсизлигига 

асосланган ғоя атрофида бирлашадиган муайян ноанъанавий хусусий қарашлар;  

3)  ноанъанавий  методик  тизимларнинг  ўз-ўзини  ташкил  этиш  ёки  ўтиш 

жараёнларига оид умумий ёндашувлар;  

4)  барқарор  тафаккурнинг  шаклланиши,  ўтиш  характеридаги  далилий  шакллар  ва 

образлар, янгича дунёқараш асосини ташкил қилади.  


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

20 


 

Бугунги  кунда  физикани  ўқитишни  такомиллаштириш  билан  боғлиқ  бўлган 

масалалар  Е.В.Конрад  Е.В.,  И.А.Веселов

1

,  Б.Б.Кадомцев,  Е.Н.Князева



2

,  И.Стенгерс

3

 

ишларида  ўз  ифодасини  топган.  Мазкур  ишларда  таркиблашмаган  ва  муайян  тартибга 



солинмаган  муносабатларнинг  мавжуд  эмаслиги  таъкидланади.  Муайян  ҳолатларда 

тасодифийлик  ҳам  яратувчилик  характерига  эга  бўлиши  педагогик  нуқтаи  назардан 

асосланган.  

Физиканинг бирор бир мавзу мазмунини ноанъанавий такомиллаштиришнинг назарий ва 

амалий  асосларини  ёритишдан  олдин  «ноанъанавий  такомиллаштириш»  тушунчасини 

қискача изохлашни мақсадга мувофиқ деб ҳисоблаймиз. 

Бизнинг  фикримизча  ноанъанавий  такомиллаштириш-  бу  ўқув  жараёни  билан 

боғлиқ фаолият бўлиб, шахснинг индивидуал-психологик хусусиятлари, мотивациясини, 

интеллектуал  ривожланиш  ва  қобилиятлари,  гуруҳ  ва  ўқув  муассасасидаги  педагогик - 

психологик муҳитни яратиш омилидир. 

Тадқиқот доирасида ноанъанавий такомиллаштириш методикасини ишлаб чиқишга 

ҳаракат қилдик: 

1. Талабаларнинг 

индивидуал-психологик 

хусусиятлари, 

мотивациясини, 

интеллектуал  ривожланиш    ва  қобилиятлари,  гуруҳ  ва  ўқув  муассасасидаги  педагогик - 

психологик муҳитни атрофлича ўрганиш; 

2. Фаннинг  наъмунавий  фан  дастурини  чуқур  таҳлил  этиш  ва  улардан  татбиқий 

тизим ишлаб чиқиш; 

3. Физиканинг 

оптика 


бўлими 

мавзулари 

мазмунини 

ноанъанавий 

такомиллаштириш мазмуни, шакли, восита ва методларини яратиш; 

4. Таълим 

мазмунини  ноанъанавий  такомиллаштиришни  тадқиқ  қилишга 

йўналтирилган  топшириқлар,  илмий-методик  тавсиялар  ишлаб  чиқиш,  дидактикани 

бойитувчи материаллар такдим этиш ва улар асосида методик мажмуалар тайёрлаш ҳамда 

методиканинг самарадорлик даражасини аниқлаш. 

Тадқиқот  мобайнида  таълим  мазмунини  ноанъанавий  такомиллаштиришга  имкон 

берувчи асосий омил – бу дидактик омиллар эканлиги аниқланди(1-расм.) 

                                                           

1

 



Стенгерс  И.  Мониторинг  эффективности  инновационной  экспериментальной  деятельности/ 

Стенгерс И. // Педдиагностика, 2007. –  №2. –  С.140-160. 

 

2

 Кадомцев Б.Б., Князева Е.Н. Методика преподавания физики. Учебное пособие для учителя. –  М.: 



Знание, 2007. -124 б. 

 

3



 

Стенгерс  И.  Мониторинг  эффективности  инновационной  экспериментальной  деятельности/ 

Стенгерс И. // Педдиагностика, 2007. –  №2. –  С.140-160. 

 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

21 


 

 

1-расм. Таълим мазмунини ноанъанавий такомиллаштиришга таъсир этувчи дидактик 



омиллар. 

Тадқиқ  қилиш  натижалари,  назарий  қоидалар,  хулосалар,  умумлашмалар,  уларга  мос 

равишда  талабаларнинг  ўқув  ишлари  усуллари  физика  ўқув  предметини  ўқитишнинг 

мазмунини  ўзида  акс  эттиради.  Талабаларнинг  физикавий  билимларни  эгаллаш  жараёни 

фикрлаш, тасаввур ва бошқа билиш жараёнлари, мотивацион-иродавий ва ҳиссий (эмоционал) 

фаолият соҳаларининг ривожланганлик даражаси билан боғлиқ ҳолда қаралади. Физика ўқув 

предметини ўқитишнинг шакл, метод, методик усул ва воситаларини танлаш асосида таълим 

мазмунини  ноанъанавий  такомиллаштириш  таълим  мақсадларидан  келиб  чиққан  ҳолда 

белгиланади. Демак, физика дарслари мазмунини ноанъанавий такомиллаштириш – физик 

ҳодиса,  қонун  ва  формулаларнинг  ўзаро  муносабати  ва  алоқадорлиги  моҳиятини 

умумлаштириш йўли билан борлиқ жараёнларини талабалар онгида ҳаётий акс эттиришнинг 

олий шакли сифатида дидактик омиллар орқали билим, малака ва кўникмани ривожлантиришга 

қаратилган фаолият ҳисобланади. 

 


Yüklə 11,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin