Fizika texnika fakulteti



Yüklə 309,39 Kb.
səhifə1/11
tarix13.06.2023
ölçüsü309,39 Kb.
#129456
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Xudoyberdiyeva Surayyo.21-11 GURUH TALABASI.13.16 (1)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI


FIZIKA - TEXNIKA FAKULTETI


FIZIKA YO’NALISHI 21.11-GURUH TALABASI

XUDOYBERDIYEVA SURAYYONING

“Kompton hodisasi” mavzusida tayyorlagan




KURS ISHI


Bajardi: Xudoyberdiyeva.S
Qabul qildi: G’aynazarova.Q

Mundarija:


I.BOB.KOMPTON HODISASI………………..………………..…………………..
1.1.Kompton hodisasining mohiyati va uning qonunlari……………..………
1.2. Kompton hodisasining nazariyasi……………………………..…………
1.3.Dopler effekti va yorug’lik kvantlari gipotezasi………………………….
II.BOB.YORUG’LIKNING BOSIMI…………………………………..…………..
2.1.Yorug’lik bosimining tajribada o’rganilishi………………………………
2.2.Yorug’lik bosimining fotonlar nazariyasida talqin etilishi…..…………… 2.3.Yorug’lik bosimining ba’zi bir kosmik hodisalardagi ro’li………………
III.BOB.YORUG’LIKNING KIMYOVIY TA’SIRLARI………………………..…
3.1.Muqaddima………………………………………………………………..
3.2.Fotokimyoviy asosiy tushunchalar……………………………………… 3.3.Sensibillashtirilgan fotokimyoviy reaksiyalar…………………………….
3.4.Fotografiya………………………………………………………………..
3.5.Fotografik plastinkalarni sensibillashtirish……………………………….

KIRISH
Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib,
mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar
kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi.

Shavkat Mirziyoyev
Fizika XIX asrning, oxirigacha qanday ko’rinishda ma’lum bo’lsa, shunday
ko’rinishda mumtoz fizika deb atash qabul qilindi. Fandagi revolyutsiyalar hisobiga
XX asrning boshida paydo bo’lgan yangi fizika zamonaviy fizika deb ataladigan
bo’ldi. Kompton 1923-yilda muhum hodisa kash etdi. Bu hodisa bizning fotonlar haqidagi tasavvurlarimizni ancha chuqurlashtirdi. Kompton hodisasi shundan iboratki, Rentgen nurlarini yengil atomlar sochib yuborganda, bu nurlarning to’lqin uzunliklari o’zgaradi. Rentgen nurlarini og’ir atomlar sochib yuborganda ham yuz berishi aniqlandi, biroq bu hodisa murakkabroq bo’lib chiqdi. To’lqin nuqtai nazaridan rentgen nurlarining sochilishi moddada elektronlarning majburiy tebranishlariga aloqador bo’lib, bunda sochilgan yorug’likning chastotasi tushayotgan yorug’likning chastotasiga teng bo’lishi kerak. Kompton o’tkazgan puxta o’lchashlar shuni ko’rsatadiki, sochilgan rentgen nurlari orasida to’lqin uzunligi o’zgarmagan nurlardan tashqari to’lqin uzunligi kattaroq bo’lgan nurlar ham bo’lar ekan. Agar Kompton hodisasini Rentgen fotonlarining modda atomlari bilan to’qnashish posessi deb hisoblansa, unda yuqorida qayd qilib o’tilgan xususiyatlarning barchasini tushuntirish mumkin. Hamma yengil atomlarning Kompton hodisasida o’zini bir hil tutishi sochish prosessi fotonlarning elektronlar bilan to’qnashishidan iborat ekanligidan habar beradi. Haqiqatdan ham, yengil atomlarda elektronlar zaif bog’langan va Rentgen nurlarining ta’sirida o’z atomlaridan oson ajralgan. Shuning uchun birinchi taxminda Kompton prosesi fotonlarini erkin elektronlar sochib yuborishi deb hisoblash mumkin. Fotonning erkin elektron bilan to’qnashishi elastik deb qarab qonuniga bo’ysunadi deb hisoblaylik, u holda to’nashayotgan zarralarning energiyasi va implusi o’zgarmasligi kerak. To’qnashish natijasida biz dastlab tinch turgan deb hisoblagan elektron ma’lim tezlikka, demak, shunga mos energiya va implusga ega bo’ladi: foton esa harkat yo’nalishini o’zgartiradi (sochiladi) va o’z energiyasini kamaytiradi (uning chatostotasi kamaydi, ya’ni to’lqin uzunligi ortadi). Ko’rinuvchan va rentgen nurlarning fotoeffekti hamda Kompton hodisasi haqidagi ma’lumotlarning hammasi fotonlar gipotezasini ishonchli ravishda tasdiqlaydi. Bu gipotezaning unumdorligini ifodalash uchun ham to’lqin nazariya nuqtai nazaridan, ham fotonlar nazariyasi nuqtai nazaridan izohlab berish mumkin bo’lgan ba’zi hodisalarni ko’rib chiqish qiziqarliroqdir. Bunday hodisalar qatoriga Dopler effekti kiradi: bu effek dastlab to’lqin nazariyasi nuqtai nazaridan izohlangan va biz bu hodisani XXI bobda o’sha nuqtai nazardan ko’rib chiqqan edik. Dopler effekti haqiqatdan ham to’lqinga oid hodisa bo’lib, uni fotonlar nazariyasi asosida izohlash biroz qiyin tuyuladi. Lekin, Kompton hodisasini izohlashda yuritilgan mulohazalrga yaqin mulohazalar yuritib, Dopler effektini fotonlar nazariyasi asosida izohlash mumkin.

Yüklə 309,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin