Fitosenologiya


Fitosenologiya haqida tushuncha, fanining predmeti va ob’ekti



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə4/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

Fitosenologiya haqida tushuncha, fanining predmeti va ob’ekti

Fitosenologiya (phyton-o’simlik, senosis-umumiy va logos-fan) Yer yuzidagi o’simliklar jamoasi haqidagi fan. Geobotanika deganda fitotsenologiyaning sinonimi yoki fitotsenologiya bilan botanik geografiyaning majmuasi yoki fitotsenologiya, botanik geografiya va o’simliklar geografiyasi kabi bo’limlarning umumiy majmuasi tushuniladi. Fitotsenologiya termini 1918 yilda Daniyalik olim Gams tomonidan taklif etilgan. Shundan buyon bu so’z geobotanika so’zining sinonimi sifatida ishlatilib kelinmoqda. U botanika va geografiya fanlarining ajralmas bir qismi bo’lib, o’simliklarning yer yuzida tarqalishi va joylashish qonuniyatlarini o’rganadi. Boshqacha qilib aytganda, Yer sharida tarqalgan o’simliklar jamoasi va undagi qavmlar (fitotsenozlar) ning tuzilishi, tarkibi va taraqqiyotini tuproq, iqlim, geologik omillarga bog’lab o’rganuvchi fan tushuniladi va u alohida o’simlik yoki florani emas, o’simliklar guruhini, qoplamini, uyushmasini dunyo floristik oblastlari bo’yicha o’rganadi.

Bu fan umumbiologik fanlar toifasiga kirib, bevosita o’simliklar morfologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi, geografiyasi, ekologiyasi bilan chambarchas bog’liq. Ma’lumki botanika fani yer yuzasida tarqalgan o’simliklar olamini har tomonlama tatqiq qiluvchi fanlar tizimidan iborat. Botanika fani o’rganish manbalari, maqsad va vazifalari, uslublariga ko’ra ikkita bo’limga ya’ni, fitologiya va geobotanikaga bo’linadi.



Fitologiya alohida olingan turlar yoki sistematik guruhlarni har tomonlama o’rganib,ulardan oqilona foydalanish yo’llarini ishlab chiqadi. Fitologiya bir qancha bo’limlarga bo’linadi.

1. O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi.

2. O’simliklar sistematikasi.

3. O’simliklar sitologiyasi.

4. O’simliklar embriologiyasi.

5. O’simliklar fiziologiyasi.

6. Mikrobiologiya.

7. O’simliklar bioximiyasi.

8. O’simliklar ekologiyasi.

9. Paleobotanika.

10. O’simliklar geografiyasi.

Odatda, fitologik fanlarni bilmasdan, floraning o’ziga xos jihatlarini yaxshi o’rganmasdan, geobotanik bo’lish mumkin emas. Sababi shuki, har qanday fitotsenoz va o’simliklar qoplami o’simlik turlaridan tashkil topgan bo’ladi.

Fitosenologiyaning bu fanlar bilan aloqasi o’simliklar qoplamini bir-biridan ajratish, nomlash, jamoaning ekologik, biologik rivojlanishi, geografik joylashuvi, kelib chiqish tarixi sistematik tarkibini bilish uchun zarurdir. Fitosenologiyaning o’ziga xosligi shundaki, u o’simliklar qoplamini va unga ta’sir etadigan omillar majmuasini (iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen, tarixiy geologik) har tomonlama o’rganadi va ular orqali yuzaga keladigan o’zgarishlarning sabablarini ko’rsatib beradi. Shuningdek, o’simliklar qoplamining hosil bo’lish va kelib chiqish qonuniyatlarini o’rganadi.

Fitosenologiya fanining ob’ekti – muayyan xududda tarqalgan o’simliklar jamoasi va uing qavmlari hisoblanadi.

Fanning predmeti bo’lib, morfologiya, fenologiya, ekologiya, sistematika, fiziologiya, biokimyo, geografiya, klassifikatsiyalash kabilar xizmat qiladi.



  1. Yüklə 329,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin