“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
78
aralashtirgich ishlab turgan holda qoldiqdan dixloretan xaydaladi, so‘ngra ekstraktor qobig‘iga sovuq
suv yuborilib asbob sovutiladi, qoldiq esa chiqarib tashlanadi. Ekstraktor
yangi xom ashyo solish
uchun tayyorlab qo‘yiladi, dixloretan regeneratsiyaga yuboriladi. Dixloretanli aralashmadan sulfat
kislotaning 10 % li eritmasi bilan alkaloidlar ekstraktsiya qilinadi. Dixloretanli ajratmalardan sulfat
kislotaning 10 % li suvli eritmasi bilan qarama-qarshi oqim printsipiga asoslangan holda alkaloidlar
ekstraktsiya qilinadi. Dixloretan regeneratsiyaga yuboriladi, sulfat kislotali ekstrakt keyingi bosqichga
yuboriladi.
Alkaloidlarning texnik yig’indisini olish.
Alkaloidlarning sulfat kislotali ekstrakti aralashtirgichli
(60 ayl/daq), sovituvchi – isituvchi qobiqli reaktorga solinadi, 3 – 4
0
C gacha sovutiladi. Aralashtirib
turgan holda 25% li ammiak eritmasidan rN 9 gacha oz – ozdan quyiladi (fenolftalein bo‘yicha).
Xuddi
shu sharoitda alkaloidlar yig‘indisi cho‘kmaga tushadi. Muhit pH I,9 ga etkazilgandan so‘ng bir soat
davomida reaktordagi massa 8
0
C haroratda alkaloidlar yig‘indisi to‘liq cho‘kmaga tushishi uchun
ushlab turiladi. So‘ngra aralashtirgich ishlab turgan holda suspenziya ikki qavat filtr qog‘oz va bo‘z
bilan jixozlangan nutch – filtr orqali suziladi. Filtrdagi cho‘kma (2–3 marta suv bilan) ammiakni hidi
ketguncha yuviladi. Nutch – filtrdagi alkaloidlar yig‘indisi cho‘kmasi yog‘och taxtalarga yupqa qilib
yoyiladi, 60 – 70
0
C
haroratli quritgich kameralarga qo‘yiladi, vaqti – vaqti bilan aralashtirib turgan
holda 6 soat quritiladi. Quritilgan cho‘kma kukunsimon holga kelguncha
maydalanadi va keyingi
bosqichga uzatiladi. Alkaloidlar cho‘ktirilgandan so‘ng qolgan ekstrakt va yuvindi suvlar
birlashtiriladi va o‘sha reaktorga qaytarilib, alkaloidlar yig‘indisi to‘liq ajralguncha ikki marta ularga
dixloretan bilan ishlov beriladi. Dixloretanli ekstraktlar 10 % li sulfat kislota bilan ishlov berish
bosqichiga yuboriladi. Qoldiq suvlar kanalizatsiyaga yuboriladi.
Platifillinni senetsifillindan ajratish
. Platifillinni senetsifillindan ajratish
uning spirtda har-xil
eruvchanligiga asoslangandir. Senetsifillin spirtda juda yomon eriydi. Quruq maydalangan
alkaloidlarning yig‘indisi isituvchi qobiqli, aralashtirgichli (120 ayl/daq) reaktorga solinadi. Zarur
miqdorda 96 % etanol qo‘shiladi.
Spirtini qaynaguncha qizdirib, 30 daqiqa davomida qaynatiladi.
So‘ngra ikki qavatli filtr qog‘oz va bo‘z bilan jixozlangan nutch-filtrdan platifillini spirtli eritmasidagi
senetsifillin suspenziyasi filtrlanadi. Texnik senetsifillin cho‘kmasi shisha filtrda filtrlanadi, siqiladi,
50-75 mm sim.ust. bosimi ostida 50-60
0
C haroratda vakuum quritkich shkafda quritiladi.
Texnik platifillin gidrotartratni olish
. Platifillin asosining spirtli eritmasi o‘sha reaktorga
qaytariladi, unga hisoblangan miqdorda tartrat kislota solinadi. Reaktordagi
mahsulot aralashtirilgan
holda 80
0
C gacha qizdiriladi. Platifillin gidrotartrat qaynatilganda cho‘ka boshlaydi, ba‘zan esa eritma
xona haroratigacha sovutilganda yuz beradi. Massa 12 soat xona haroratida qoldiriladi. So‘ngra g‘ovak
plastinkali (№ 3) shisha filtrda texnik platifillin gidrotartratni cho‘kmasi filtrlanadi, 50-75 mm sim.ust.
bosimi ostida 50-60
0
C da vakuum quritkichda quritiladi.
Platifillin gidrotartrat oxirgi mahsulotini olish
. Reaktsion qurilmaga texnik platifillin
gidrotartrat, 90 % etil spirti solinadi qurilma qobig‘iga bug‘ yuboriladi. Cho‘kma to‘liq eriguncha 80-
85
0
C haroratgacha 15 daqiqa qizdiriladi. Mahsulot nutch-filtrda ikki qavat filtr qog‘oz va bo‘z orqali
filtrlanadi. Filtr ustidagi ko‘mir cho‘kmasi qaynoq spirt bilan yuviladi va yuvindi ham asosiy filtrga
qo‘shiladi. Nutch-filtrdan eritma
kristallizatorga olinadi, tuzli suv bilan sovutiladi. Harorat 3-5
0
C
gacha etkaziladi va shu haroratda 15 soatga qoldiriladi.
Oxirgi maxsulotning ajralib chiqqan cho‘kmasi g‘ovak plastinkali (№ 3) shisha filtrda suziladi,
filtr ustidagi cho‘kma ikki marta 96 % sovutilgan spirt bilan yuviladi, siqiladi, shisha kristallizatorlarga
joylanadi, 50-100 mm sim.ust. bosimi ostida 50-60
0
C haroratda vakuum quritgich shkafda quritiladi.
Chiqish unumi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: