“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
46
Dori shakli: 0.002gr li tabletka holida va 1 ml 0.01%li eritmasi ampulada chiqariladi.
Lanatozid A ning fermentativ parchalash.
Buning uchun selanidni avval hovonchada
maydalab
olib songra tozalangan suv yordamida suspenziya holatga keltiramiz.
Oynasimon yuza hosil
bolgandan so‘ng esa magnitli aralashtirgichga qo‘yamiz. So‘ngra termostat boksiga 25-28
haroratda qoldiramiz. Bunda u suv bilan maksimal darajada aralashadi. So‘ngra hosil bo‘lgan
suspenziyamizga β-amilaza fermenti eritmasidan quyamiz va 48 soatga qoldiramiz. Bu vaqt
ichida
β-amilaza selanidning molekulasidan qand qismni ya‘ni lanatozida A ni ajratib chiqaradi. Lanatozid
A chiqishi tugagandan so‘ng gidrolizatimizni xona haroratigacha sovutamiz
va ajralib chiqqan
glikozidimizni xloroform va etanol (3:1 xajm nisbatda) eritmamiz bilan 7-9 martagacha yuvamiz.
Bunda har bir ekstraksiyamizdan so‘ng gidrolizatimizga 1:10 xajmiy nisbat bo‘lguncha eritmamizdan
quyib turamiz. So‘ngra ajralib chiqqan glikozidimizga Legal sifat reaksiyasini o‘tkazamiz. Natijalar
qoniqarli bo‘lsa ushbu suvli qoldiqni Byunxer va qog‘oz filtr orqali filtrlab olamiz. So‘ngra
xloroform-etanol yanada chiqib ketishi uchun suv hammomida 50
da bug‘latamiz (100-150
mm.sim.ust.).
Dostları ilə paylaş: