Финансы хозяйствующих субъектов – основа финансового потенциала государства



Yüklə 29,55 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü29,55 Kb.
#200414
1   2   3
Kamron

Adabiyotlar tahlili
Fransuz iqtisodchisi R.Kantilon xo‘jalik yurituvchi subyektlar tadbirkorligining muhim tavsiviy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko‘rsatadi. Uning fikricha: “Tadbirkor voqea-hodisalarni oldindan ko‘ra bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, o‘z zimmasiga barcha mas’uliyatni olib tavakkal qiluvchi, o‘z xatti-harakatlari tufayli daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo‘qotishlarga tayyor bo‘lgan shaxsdir ”.1
O’zbek olimlaridan A.O’lmasov va N.To’xliyevning tadbirkorlikni "daromad keltiradigan yoki naf beradigan xo’jalik faoliyati sohibkorlik- tijorat ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bo’lish” , "...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmaga olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish”, deb ta’riflashgan.2
F.Xayek va L.Mizes kabi iqtisodchilar esa “Tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish va tadqiq qilish” deb qaraydi, shu bilan birga “Faoliyati izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni bo‘lg‘usi tadbirkor”3 deb hisoblashadi.
Tahlil va natijalar
Tahlillarga ko‘ra XYuSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• faoliyatni bozor talablariga yo'naltirish va eng yangi texnologiyalarga investitsiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo'li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshligini ta'minlash;
• XYuS kapitalini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish;
• XYuS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta'minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish imkoniyatlarini qidirib top ish va jalb qilish;
• ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish va mahsulot birligiga to'g'ri keluvchi xarajatiarni kamaytirish asosida ularning daromadlarini o'stirish yo 'Ii bilan XYuSlarning investitsion jozibadorligini oshirish;
• aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor kon'yunkturasini bashoratlash, tovarlar va xizmatlarning to'lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYuS faoliyatini diversifikatsiyalashtirish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog'liq. Zamonaviy o'zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo'shgan holda o'z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab qiladi.
1-rasm:



Xulosa:
Shunday xulosaga kelish mumkinki hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta'minlashda o'ziga xos omil bo'lib ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsiurnlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapitalining real qo'shilishi va ta'sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir bo'lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish miqiyoslari o'sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o'zaro ta'sirchanligi va investitsiyalar o'sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik ko'lamdagi moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda. Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 20 yil vaqt o'tganligiga qaramasdan hamon marnlakatimiz XYuSlarining ma'lum bir qismi o'zgarib rivojlanayotgan bozor munosabatlariga moslashayotganligi yo'q. Ayrim ekspertlarning bahosiga ko'ra, sanoat XYuSlarining 1/4 qisminigina bozor iqtisodiyotining to'laqonli sub'ektlari safiga kiritish mumkin.



Yüklə 29,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin