Феъл сыз туркуми


II. O'TIMLI VA O'TIMSIZ FE'LLAR



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Феъл сыз туркуми

II. O'TIMLI VA O'TIMSIZ FE'LLAR. 
Fe'lda anglashilgan predmetga (to'ldiruchi) munosabati fe'ldagi o'timlilik va 
o'timsizlikni tashkil qiladi.
Ol, o'qi, saqla kabilar o'timli fe'llardir. Bor, kel, o'tir, uxla kabilar o'timsiz 
fe'llardir.
Harakatning tushum kelishigidagi ot bilan ifodalangan predmetga 
o'tganligini (vositasiz to'ldiruvchiga), ta'sir qilishini bildiradigan fe'llar o'timli fe'l 
deyiladi. Masalan: Erta ko'klamda zovur va ariqlarni tozalab qo'ydik.  
Biron predmetga bevosita o'tmaydigan harakatni anglatadigan fe'llar 
o'timsiz fe'l deyiladi. Masalan: Do'stim kecha qishloqqa ketdi. Fe'llardagi 
o'timli-o'timsizlik 2 xil ifodalanadi.
1. Leksik - semantik usul masalan: ol, ko'r, kuy, ich, saqla, so'ra, och, 
yech.
Odatda, quvnamoq, sevinmoq, erinmoq, uxlamoq kabi holatni 
anglatadigan fe'llar, yugurmoq, yurmoq, yetmoq kabi harakatni anglatadigan 
fe'llar o'timsiz bo'ladi.
2. Morfologik usul. O'timli-o'timsizlikning morfologik usul bilan 
ifodalanishida fe'l nisbatini yasaydigan qo'shimchalar xizmat qiladi.
a) orttirma nisbat yasovchi qo'shimchalar o'timsiz fe'lni o'timli fe'lga 
aylantiradi: yurgiz, keltir, ishlat, oqiz.  
b) o'zlik va majhullik nisbatidagi fe'llarni yasaydigan qo'shimchalar esa 
o'timli fe'lni o'timsiz fe'lga aylantiradi: ochil, ko'rin, yechin, saqlan kabi.
Fe'l ko'p ma'noli bo'lganda, u bir ma'nosiga ko'ra o'timli, boshqa ma'nosiga 
ko'ra o'timsiz bo'lishi mumkin. Masalan: kitob o'qiydi - o'timli, maktabda 
o'qiydi - o'timsiz.
III. FE'L NISBATLARI. 
Fe'l orqali ifodalangan ish – harakat va holat bilan shaxs orasidagi 
munosabat turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, o'qidim, ishladi kabi fe'llar o'zida 
ishlovchi shaxsni ham ko'rsatib turibdi. Agar qaror o'qildi, topshiriq bajarildi 
desak, ish-haraktning o'zi haqida xabar bor, lekin uni bajaruvchi shaxsni mazkur 
fe'llar anglatmaydi. Ish-harakatning bajaruvchisi (sub'yekti) bilan predmeti 



(ob'yekti) orasidagi yoki bir necha bajaruvchi sub'yektlar orasidagi 
munosabatlarning ifodalanishi fe'l nisbati deyiladi. Masalan, Nazira kitob sotib 
oldi; gapida sotib oldi – harakatning bajaruvchisi (sub'yekti) Nazira bo'lib, u ega 
orqali harakatning predmeti (ob'yekt)i, kitob esa vositasiz to'ldiruvchi orqali 
ifodalangan. Bunda harakatning asosiy bajaruvchisi kitobdir, ya'ni to'ldiruvchidir. 
Nazira – ega esa harakat bajarilishida vosita bo'lgan bajaruvchi shaxs.
Fe'l nisbati maxsus forma yasovcha qo'shimchalar yordami bilan yasaladi 
(aniq nisbat bundan mustasno). Bu qo'shimchalar fe'lning ma'nosini tamomila 
o'zgartirmaydi, balki unga qo'shimcha ma'no qo'shadi. Ana shu qo'shimcha 
ma'nolar gap ko'rinishining qanday bo'lishini bildirib turadi. Ega va 
to'ldiruvchining qanday forma va ma'noda birikishi fe'l nisbatining ma'nosi bilan 
bog'lanadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin