mavjudotlarnikiga nisbatan nihoyatda murakkab va yuksak darajada
takomillashgandir. Ma‘lumki, inson organizmining rivojlanishida uning
yashash uchun kurashi, o‗ziga sharoit yaratishi, bir-biri bilan munosabat
zarurati muhim ahamiyat kasb etgan. Binobarin, odam bir necha evalyusion
rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan biologik va ijtimoiy o‗zgarishlar
mahsulidir. Odam organizmining barcha to‗qima va a‘zolari bir-biri bilan
chambarchas bog‗liqdir. SHuningdek, ular tevarak-atrof muhiti bilan xam
doimiy aloqadadir. Bu ikkala bog‗lanish asab va endokrin tizimlari orqali
boshqariladi.
Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan kursi bo‗yicha farmatsevtika
institutining talabalari umumiy biologik qonuniyatlarini va tizimlarini
anatomik va gistologik tuzilishi, sog‗lom organizmdagi fiziologik
jarayonlarini mukammal o‗rganadi.
Farmatsevtika institutida odam fiziologiyasi va odam anatomiyasi
asoslari fanini o‗qitishda anatomiya, gistologik va morfologik ma‘lumotlarni
a‘zo va tizimlarning funksiyalari bilan bog‗liq, holda tushuncha berish
maqsadga muvofiqdir. Bunday tushuntirish usuli fiziologik qonuniyatlarini
chuqurroq o‗rganishda, ayniqsa a‘zo funksiyalari uning tuzilishi bilan yaqqol
bog‗liqligi morfologik ma‘lumotlarni talabalar uchun qiziqarli qilib, ularning
o‗zlashtirishini osonlashtiradi.
.
Dostları ilə paylaş: