Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
II 
Bu shavq dostonining «alif»lari sarvqadlar boʻyidek sanubarvash va «lom»lari binafsha zulflar 
turrasi yangligʻ dilkash erkoniga bois fehrastida Haq otidin tugʻro va debochasi Qayyumi Mutlaq 
sifoti bila
(1)
 
Bu rangin safha, balkim dard bogʻi,  
Ayon har lolasida ishq dogʻi.  
Tahayyur oʻti har bargi gul anda,  
Tahassur dudi har bir sunbul anda.  
Qushining nagʻmasi hijron surudi,  
Oqar suv barcha seli ashk rudi.  
Shamoligʻa samumi hajr hamroh,  
Samumi hajr yoʻqkim, shu’lai oh.  
Butub gulbunlaridin gʻunchai dard,  
Chiqib ul gʻunchalardin otashin vard  
Ki, boʻlmish bu baliyatlargʻa mansub,  
Ulus koʻngligʻa andin keldi margʻub  
Ki, boʻldi safhasining ibtidosi,  
Tazarru’ birla ul Xoliq sanosi  
Ki, inson koʻnglin etti gulshani ishq,  
Bu gulshanning harimin maxzani ishq.  
Ne maxzan, har duri sham’i farogʻi,  
Ne dur, ne sham’, durri shabcharogʻi.  
Va lekin husn oʻtin aylab jahonsoʻz,  
Bularni andin etti olamafroʻz.  
Demay oʻt onikim, barqi duraxshon,  
Demay barqi duraxshon, mehri raxshon.  
Tulu’ etti chu ul raxshanda xurshid,  
Adam shomigʻa boʻldi sham’i jovid.  
Aning nuri chu rartav qildi zohir,  
Bori zarrot boʻldilar mazohir.  
Quyosh ma’shuqu har zot oʻldi oshiq,  
Dema har zot, zarrot oʻldi oshiq.  
Chu raydo boʻldi bu ahbobu mahbub,  
Jahon bozori ichra tushti oshub.  
Bular borini raydo aylagan ishq,  
Birin ul birga shaydo aylagan ishq.  
Nedin oshiqni oʻrtar shayni ma’shuq,  
Chu oshiq munda keldi ayni ma’shuq.  
Ikisi balki ayni ishq, fafham! 
(2)
  
Tugondi borcha soʻz, vallohu a’lam! 
(3)
  
Ajab suratki bir naqqoshi mohir,  
Boʻlur yuz nav’ surat birla zohir.  
Oʻzi naqshu oʻzi manqushu naqqosh,  
Kishi bu sirni mendek qilmadi fosh.  
Netay asroridin devona boʻldum,  
Dedim, chun hushdin begona boʻldum.  
Navoiy, telbalikni bartaraf qil,  
Yana bir lahza soʻz boshigʻa kelgil.  
Taolallo, ne Hayyu Qodiri pok,  
Ki, Aqli Kull anga deb: «Mo arafnok». 
(4)
  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin