Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi” uslubchisi U. Dadayevaning 2022-yil dekabr oyi davomida olib borgan ishlar yuzasidan hisobot



Yüklə 21,93 Kb.
səhifə1/2
tarix08.04.2023
ölçüsü21,93 Kb.
#94745
  1   2
Far.tum dekabr haftalik hisobot


Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi” uslubchisi U.Dadayevaning 2022-yil dekabr oyi davomida olib borgan ishlar yuzasidan
HISOBOT

28.12.2022 Avval shaharchasi
Farg’ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida joriy yilning 5-dekabr sanasida o‘quvchi-yoshlarni “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garaklariga yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida, Sh.Sattorova tomonidan Avval MFY da targ’ibot iishlari amalga oshirildi. Targ’ibotga Avval MFY yoshlar yetakchisi K.Madaliyeva va Xotin-qizlar maslahatchi M.Xasanovalarga “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garaklari haqida ma’lumotlar berildi hamda Avval MFY da tarmoq to‘garaklari ochish haqida o‘z takliflarini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Konstruktor lego” to‘garagi a’zolari o‘rtasida “Kostitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida to‘garak rahbari N.Zokirova O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashning 11-sesiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilinganligi va uchunligi haqida to‘garak a’zolariga tushuncha berdi.


Joriy yilning 19-dekabr sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida hafta davomida bajarilgan ishlar tahlili qilindi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillash maqsadida, BABM to‘garak a’zolari o‘rtasida “Eng chiroyli archa o‘yinchog‘i” musobaqasini tashkillandi. Musobaqa juda qizaqarli bo‘ldi. Musobaqa hakamlar hay’ati tomonida kuzatib borildi. G‘olib o‘quvchiga maktab ma’muryati tomonidan faxriy yorliq berildi. Shuningdek, 45-maktabda ish faoliyati olib borayotgan Halimova Muattarxon boshchiligidagi “Yosh o‘lkashunos” to‘garagi a’zolari ishtirokida “Zakovat” intelektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 20-dekabr sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida to‘garakda ta’lim olganligi uchun to‘lanadigan ota-onalar badal to‘liovlarini o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilindi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillash maqsadida, BABM to‘garak a’zolari o‘rtasida Yangi yil bayrami uchun maktab binolari hamda archa daraxtiga o‘yinchoqlar yasaldi.Shuningdek, “Kompyuter grafikasi va dizayni” to‘garagi a’zolari tanaffusda to‘garak a’zolari ishtirokida shaxmat musobaqasi o‘ynaldi.


Joriy yilning 21-dekabr sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida yo‘nalish uslubchisi S.Abdulxamidova Vodil tajriba sinov maydonchasida ish faoliyatini olib borayotgan Musayeva O‘g‘iloyxonni dars jarayonini kuzatgani bordi va uslubiy yordam berdi. “O‘zbekiston yoshlari –kelajak sari” aksiyasi doirasida tashkil etiladigan tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Shaxmat-aql charxi” viloyat ko‘rik tanlovining tuman bosqichi 55-maktabda o‘tkazildi. Tadbir davomida hakamlar hay’ati o‘quvchilarni kuzatib borishdi. G‘olib o‘quvchiga maktab ma’muriyati tomonidan diplom topshirildi va viloyat bosqichiga yo‘llanma berildi.
Joriy yilning 22-dekabr sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘z faoliyatini olib bordi. To‘garak mashg‘ulotlarini DTS talablari asosida jadval asosida o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qilish ITJEIBBIB uslubchisi U.Dadayeva 40-maktabda ish faoliyatlarini olib borayotgan M.Abdurahmonova hamda A.Saydaliyevlarni mashg‘ulot jarayonlarini kuzatdi va uslubiy yordam ko‘rsatdi. “Mayda plastika” to‘garak rahbari N.G‘aniyeva to‘garak a’zolari bilan birgalikda “Istiroxat bog‘i” da joylashgan kutubxonaga sayoxat qilishdi.
Joriy yilning 23-dekabr sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘z faoliyatini olib bordi. To‘garak rahbarlarining pedogogik mahoratini oshirish maqsadida, uslubchi Sevara Abdulxamidova tomonidan “Izalyon qog‘ozlardan atirgul gulini yasash” mavzusida mahorat mashg‘uloti tashkillandi. Mahorat darsida to‘garak rahbarlari o‘zlari xoxlagan ranglarda turli xil atirgul gulini yasashdi.
Joriy yilning 24-dekabr sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘z faoliyatini olib bordi. Barcha to‘garak a’zolari o‘rtasida milliy o‘yinlar musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada arqon tortish, besh tosh, kim oladi shu ginani musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqada to‘garak a’zolari faol qatnashdilar. G‘olib to‘garak a’zolariga maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandilar. Musobaqadan maqsad yo‘qolib ketayotgan milliy o‘yinlarimizni, milliy qadryatlarimizini yodda tutish, kelajak avlodga yetkazishdan iborat. Shuningdek, barcha to‘garak a’zolari ishtirokida yangi 2023-yil munosabati bilan ro‘znomalar tanlovi o‘tkazildi.
Joriy yilning 26-dekabr sanasida Farg`ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o`z faoliyatini olib bordi. Hafta davomida bajariladigan ishlar tahlil qilindi. O`quvchilarning qishki ta`til kunlarini maroqli va mazmunli tashkillash maqsadida chora tadbirlar rejasini ishlab chiqildi va qishki ta`til rejalarini tasdiqlatildi. Shuningdek, BABM binosida “Yangi yil shukuhi” mavzusida tadbir tashkillandi. Tadbir davomida, to`garak a`zolari o`zlarining chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud qilishdi. Tadbirimizda qiziqarli o`yinlar, ro`znomalari bilan qatnashishdi
Joriy yilning 27-dekabr sanasida Farg`ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o`z faoliyatini olib bordi. Hafta davomida bajariladigan ishlar tahlil qilindi. O`quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkillash maqsadida, “Tasviriy sa‘at” to’garak a‘zolari o’rtasida “Yangi yil shukuhi” mavzusida rasmlar tanlovi bo’lib o;tdi. G‘olib to’garak a‘zolariga maktab ma‘muriyati tomonidan faxriy yorliq topshirildi. Shuningdek, 47-maktabda ish faoliyatini olib borayotgan “Qo’g‘irchoq teatri” to’garak rahbari Toshboyeva Malikaxon to’garak a‘zolari Farg‘ona Davlat muzeyiga sayohat qilishdi. Sayohatdan maqsad, o’sib kelayotgan yosh avlodga madaniy va ma‘rifiy merosimizni, ajdodlarimiz o’tmishlari haqida bilimga ega bo’lishdan iborat.
Joriy yilning 28-dekabr sanasida Farg`ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o`z faoliyatini olib bordi. Hafta davomida bajariladigan ishlar tahlil qilindi. O`quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkillash maqsadida, Vodil tajriba sinov maydonchasida ish faoliyatlarini olib borayotgan barcha to’garak rahbarlari hamda to’garak a‘zolari ishtirokida “Yangi yil shukuhi” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir davomida, barcha to’garak a‘zolari faol qatnashishdi. Hamda o’zlari tayyorlab kelgan turli xil raqslar, Yangi yil bayramiga aytilgan she‘rlar, sahna ko’rinishlarini tomoshobinlarga tuhfa etishdi. Faol qatnashgan to’garak a‘zolariga Qorbobo tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Tayyorladi: U.Dadayeva




Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi” uslubchisi U.Dadayevaning 2023-yil fevral oyi davomida olib borgan ishlar yuzasidan

Yüklə 21,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin