Farg’ona davlat universiteti mavzu: Tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish



Yüklə 422,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix06.02.2023
ölçüsü422,02 Kb.
#83211
  1   2   3   4
BarnoAlisherQizi



FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
 
Mavzu: Tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tayyorladi: Barnoxon Alisher qizi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O'quv reja 
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviyish (sirtqi 
2019-2020) 
Semestr 
8-semestr 
Fanlar 
Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi 
Topshiriq 
nomi 
Mustaqil ish 
Muddat 
28.02.2023 
 


 
 
 
 
1. 
Taqrizchilik paydo bo`lish tarixi. 
2. 
Badiiy asarlarga taqriz yozish. 
3. 
Taqriz janrining vazifalari. 
Taqriz so`zi arabcha so‘z bo`lib, «bayon qilish, so‘zlash, tasdiqlash»
ma’nolarini beradi. 
Taqriz - adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar 
tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda 
koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, 
adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning 
asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar 
ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab 
olishga koʻmaklashadi. Ichki Taqriz ham boʻladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy, 
tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki Taqrizga beriladi, birok, bu taqriz matbuotda 
eʼlon qilinmaydi. 
Rus tanqidchiligi tarixida Taqrizning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. 
U Taqrizni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki 
maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini 
koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning 
estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga 
koʻra xilmaxil boʻladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi Taqrizda asar 
haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa 
Taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr 
yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, 
asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. 


Nihoyat, muallif oʻz asariga ham Taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda 
muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan 
munozaraga 
kirishadi. 
Oʻzbek adabiyotida Taqriz 20-asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana 
boshlagan. Endilikda Taqriz oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim 
janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi 
yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, 
H.Yoqubov, 
M. 
Qoʻshjonov, 
Ozod 
Sharafiddinov, 
U.Normatov, 
N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur 
iz qoldirgan Taqrizlar yaratdilar. 
Adabiy jarayonda paydo boʻlgan yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan 
hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga 
tushunarli tarzda oʻz ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili 
orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. 
Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini toʻgʻri yorita 
olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday boʻlishi haqida tasavvur bera oladi. 
Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik maʼlum darajada rivojlanib 
bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va 
nuqsonlarga yoʻl qoʻyilmoqda degan savollar tugʻilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–
2009 yillar oraligʻida “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosilgan ayrim 
taqrizlarni koʻzdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar 
koʻpincha “Kitobingizni oʻqidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Vaʼda” ruknlari, 
baʼzan esa toʻgʻridan toʻgʻri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni 
kuzatganda, “Nigoh” va “Vaʼda” ruknlari kam koʻrinadi. “Doimiy hamroh” 
ruknida esa taqrizdan koʻra, yangi kitob haqida maʼlumotnomalar berilmoqda. 
“Kitobingizni oʻqidim” ruknida bosilayotgan taqrizlar rang-barangligi bilan 
eʼtiborni tortadi. “Tuygʻular musavviri” deb nomlangan taqriz (2008, №41) shoir 
Tursun Alining “Oy yaprogʻi” toʻplamiga bagʻishlangan. U oʻquvchi diqqatini 
tortadigan soʻzlar bilan boshlanadi: “Sokin kuz oqshomida oyning koʻkdan ming 
bir hayoda anhorga inganini va suv betida iymanibgina yuzaganini koʻrganmisiz?”. 


Taqrizchi Sh. Subhon modern sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatida oʻz oʻrniga ega 
shoirning sheʼrlaridagi oʻziga xoslikni ochib bera olgan, tahlillardan oʻquvchi 
qoniqadi. Shu bilan birga, toʻplamning kamchiliklari ham koʻrsatilgan. Ijodkor 
keyingi sheʼrlarida bu nuqsonlarni takrorlamaslikka harakat qiladi, deb oʻylaymiz. 
Haqiqatan ham samimiy dil izhorlaridan iborat taqriz oʻquvchini “dilkashu 
dardkash shoir bilan suhbat”ga chorlay oladi. Uni oʻqigan oʻquvchi shoir 
sheʼrlariga xolislik bilan berilgan bahodan shunday xulosa chiqaradi. 
A. Koʻchimovning “Koʻzlarimning qarogʻidasan” sheʼriy toʻplamiga 
adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006, №49).”Sermavj tuygʻular” 
deb atalgan taqrizda shoir sheʼrlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. Shuning 
uchun shoirning bu toʻplami oʻquvchida qiziqish uygʻota oladi, ammo toʻplamning 
kamchiliklari haqida fikr yuritilmagan. 
Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning 
adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi oʻrnini aniqlash, yutuq va kamchiligini 
koʻrsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi boʻlib 
baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga 
tushunarli tarzda oʻz ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar 
aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali 
adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni koʻrsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan 
oʻrnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “Soʻz 
yoʻli” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yogʻdu ichra 
gullagan soʻz” deb nomlangan taqrizida buni koʻrish mumkin. Taqrizchi, eng 
avvalo, sheʼrdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani 
izohlash bilan boshlanadi: “Yogʻdu ichra gullagan soʻz – sheʼr boʻladi. Bunday 
sheʼrning mazasi dardingga malham boʻladi… Sheʼrdagi otash – soʻzdagi otash. 
Ochiq koʻz bilan otashga oʻzini otgan odam – shoir boʻladi”. Sheʼrdan taʼsirlangan 
bunday qalb izhorlarini oʻqigan kitobxon beixtiyor shoir sheʼrlariga qiziqib 
qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida soʻz yuritilmaydi, 
balki S. Sayyid sheʼrlari oʻziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali 
baholanadi. Shoir uslubining oʻziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin 


siylagan soʻzlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon soʻzi izohlanadi – Sh. 
A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan 
keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil bilan oqlab 

Yüklə 422,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin