Xalq og’zaki ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir.
ERTAK – hayot haqiqatiga asoslangan, hayolot va fantastika xususiyatlari bilan yo’g’rilgan, odamlarga ibrat-o’git beruvchi og’zaki hikoyalar hisoblanadi. O’zbeklar o’rtasida ertaklar varsoq, cho’pchak, masal kabi atamalar bilan yuritiladi.
Ertaklarning o’ziga xos janr xususiyatlari quyidagilar:
1.Og’zaki hikoyaga asoslangan qiziqarli syujetga ega bo’lishi;
2.Voqealarning ongli tarzda hayoliy uydirmalar orqali aks ettirilishi;
4.O’ziga xos badiiy shakily qolip hamda tilga ega bo’lishi (ertaklar bir bor ekan, bir yo’q ekan… kabi maxsus boshlamalar bilan boshlanib, murod maqsadiga yetibdi, birga turib, birga yashabdilar, soqoli ko’ksiga yetibdi kabi maxsus tugallanmalar bilan yakunlanadi.)