BAYYONNOMASI
12.11.2022 y Farg`ona shahar.
Mavzu: Mustaqillik bizning borligimiz shonu-shuxratimiz erkin va farovonlik kelajagimiz garovidir
Ishtrokchilar: gurux o`quvchilari.
Soni: ____ta
Ma’ruzachilar: amaliyotchi M. Soloxiddinov.
Mazmuni: Vatan hissi muqaddas tuyg‘u. Bir qalam axli sifatida o‘zbek xalqini ozmi ko‘pmi bilamiz va uning fazilatini bo‘rttirishga ham moyil emas, lekin iymonimiz komil va ishonamizki, anashu halq ro‘yi zaminning ma’naviy olamiga o‘ziga xos va teran, jumlai jaxon uchun muhim bo‘lgan muayyan narsalarni bergani aniq.
Bu go‘zal Vatan osmondan tayyor holda o‘zicha erga tushib qolmagan. U tinimsiz mexnat ila, xalq daxosi ila bunyod etilgan.
Berilgan savollar va muloxozalar:
Vatan atamasi aslida qanday mano beradi.
Vatan tuyg‘usi musulmon dunyosida qanday e’tirof etiladi.
Imom al-Buxoriy talimotini axamiyati.
Xulosa: Vatan tushunchasi keng ma’noda va tor ma’noda ham qo‘llaniladi. O‘shbu to‘shunchaga xar xil fikir mo‘loxozalar bildirilishi aniq .Gurux o`quvchilarining bildirib o‘tgan fikirlaridan shunga amin bo‘ldimki o`quvchilar Vatan to‘shunchasini to‘liq anglab etganlar.
Tadbirga oid materiallar va olingan rasimlar bayyonnomaga ilova qilinadi.
Amalyyotchi M. Soloxiddinov
“Tasdiqlayman”
ma’naviy-ma’rifiy ishlari
bo‘yichadirektor o‘rinbosari
__________________
«____ »__________2023-y.
Mavzu: Qomusimiz – kelajagimiz poydevori
Mustaqillikga erishgan yillarimiz jamiyatda huquqiy oqsoqlikni oldini olshi mqsadida “Mustaqillik dekloratsiyasi” qabul qilindi. 1992-yil 8-dekabar kunidan buyon mamdakatimizda Konstitutsiya kuni sifatida keng nishonlash katta anana va odatga aylandi. Sababi bu kun O‘zbekiton Respublikasi Konstitutsiyasininng qabul qilingan kunidir.
Barchamiz bir xaqiqatni anglab, tshunib bormoqdamiz – bugun jamiyatimizda qanday yutuq va maralarga erishilayotgan bo‘lsa bularning poydevorida Konstitutsiyamiz buyuk hayt Komusimiz turibdi. SHu bilan birga, yana bir tshuncha xayotimizga kirib borimoqda. Biz jamiyatimizda chindan xam adolat va haqiqit xukumronligini o‘rnatmoqchi ekanmiz, yurtimizda eski tuzumdan qolgan noinsoflik, poraxo‘rlik, ta’xmagirlik, korrupsiya, zo‘ravonlik, mahalliychilike, urug‘-aymoqchilik kabi barcha nomunosib illatlardan halos bo‘lmoqchi ekanmiz, avvalo, Konstitutsiyamiz va Qonunlarimizga itoat etish, qonun ustuvorligini xayotimizda ta’minlash zarurligini xammamiz yaxshi anglab olmoqdamiz.
Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlarimizni hayotimizga tatbiq etish, amalga oshirish xaqida gapirar ekanmiz, yana bir masalaga e’tiborimizni jalb qilish zarur bo‘ladi. Demokratik andoza va talablarga javob berish, uning oldingi Konstitutsiyalardan mutlaqo farq qilishi xaqida so‘z berar ekan, biz avvalo unda inson huquqi, uni himoyalashga qaratilgan barcha kafolatlar alohida o‘rintutganini, asosiy Komusimiz inson manfaatini davlat manfaatidan ustun turishini muxirlab qo‘ygani haqida aytib o‘tishimiz zarur. Lo‘nda qilib aytganda, eski zamondan qolgan ongimizga, shuurimizga o‘rnashgan asoratlardan voz kechib, bir tushunchani aniq anglab olishimiz darkor. YA’ni davlatimiz va jamiyatimiz, kurashishi va yangilanishi yo‘lidap olib borilayotgan isloxatlarimizning pirovard maqsadi – avvalo inson manfaatiga, insonga va xalqqa xizmat qilishdir. SHunday ekan, Konstitutsiyamiz va tegishli qonunlar bilan mustahkamlangan huqu va kafolatlar, halqimizning manfaatlariga bevosita daxildor bo‘lgan masala va muammolarning qayday xal etilayotganini tahlil qilish, uning natijalarini keng jamoatchilikka butun xalqimizga etkazishi ham xaqiqiy demokratiya va adolat xukumronligining tasdig‘i deb aytsa bo‘ladi.
YUridik adabiyotlarda qonunchilik deganda vakolatli davlat organlari va mansabdorlarning (referendum orqali butun xalqning) huquq normalarini o‘rnatish, o‘zgartirish, takomillashtirish va bekor qilishga yo‘naltirilgan maxsus fa’oliyati nazarda tutiladi. Bu vakolatli organlar ichida parlament alohida o‘rin egallaydi.
Shu o‘rinda O‘zbekistonda konstitutsiyaviy institut sanalgan prokuratura to‘g‘risidagi qonunga qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Ma’lumki, prokuraturaning tashkiliy, huquqiy shakli, asosiy vazifalari Konstitutsiyamizning P8-121-moddalarida belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, prokuratura faoliyati yangi taxrirdagi «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Sud-huquq isloxatlari sharoitida «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Prokuratura organlarining huquqiy maqomini takomillashtirish, maqsad va vazifalarini qaytadan ko‘rib chiqish va albatta, xuquqni himoyalash funksiyalarini kuchaytirishni vaqtning o‘zi taqozo etdi. Eng muximi. Konstitutsiyaning 118-moddasida mustaxkamlab qo‘yilgan «O‘zbekiston hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi», degan vakolat yangi qonunda yanada rivojlantirildi va mazmuman boyitildi. Endilikda prokuraturayaing jinoiy javobgarlikni ta’qib etuvchi funksiyalari o‘zgarib, asosan, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya etuvchi organga aylandi.
Qonunga binoan, prokuratura organlarining huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish xamda profilaktika qilish borasidagi faoliyatiga e’tibor kuchaydi. SHuningdek. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishi qatoriga soliq intizomini mustahkamlash, soliq sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurash, shuningdek, davlatga etkazilgan iqtisodiy zararlar o‘rnini qoplashga qaratilgan qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifasi kiritildi.
Qonunda prokuratura organlari xodimlarining mas’uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan qator yangi normalar ham o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlari ham Konstitutsiyaning «Prokuratura» to‘g‘risidagi 24-bobida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, respublika Qurolli Kuchlarining jangovar shayligini oshirish va ularda qonuniylikni ta’minlash, xarbiy xizmatchilarning hayoti va sog‘ligi xamda ularning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan qonunlar, Prezident Farmonlari va boshqa hujjatlarning tegishli vazirliklarda, qo‘mita va qo‘shinlarda shuningdek, barcha harbiy qism va muassasalarda to‘liq ijro etilishini nazorat qilish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirib kelmoqda.
Respublika Harbiy prokuraturasi organlari tomonidan amalga oshirilgan amaliy ishlar natijasida, keyingi yillarda Qurolli Kuchlarda jinoyatchilik va huuqbuzarliklarning keskin kamayishiga erishish bilan bir qatorda harbiy xizmatchilarning huquqiy madaniyati darajasini yanada yuksaltirish, Qurolli Kuchlarda qonun usguvorligini ta’minlashga erishildi.
Mashg‘ulot rahbari. __________________
Turg’unov Jahongirning 2022 – 2023 o‘quv yilida o`quvchilar bilan o‘tkazilgan manaviy – ma’rifiy tadbirlar
Dostları ilə paylaş: |