Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə64/72
tarix11.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#96197
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72
Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o\'rtasidagi bog\'liqlik

QOBILIYATLARNING TURLARI

Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo`ladi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo`lganda kishi faoliyatning turli xillari bilan muvaffaqiyatli shug’ullana oladi. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullanish imkoniyatini beradi. Masalan, matematik, texnikaviy, adabiy, musiqiy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar bo`ladi.

Umumiy qobiliyatlarga ko`p hollarda intellekt, tafakkurning kreativligi va shaxsning psixomotor qobiliyatlari kiradi deb hisoblaydilar.

INTELLEKT. Yuqorida ko`rsatib o`tganimizdek odamning aqliy rivojlanish darajasini o`rganishga intilish "intellekt" tushunchasini va nazariyasininng yaratilishiga olib keldi. Ko`rsatib o`tganimizdek intellektini o`lchash va baholash uchun turli testlar qo`llaniladi. Ularning barchasi intellekt testlari degan umumiy nom bilan ataladilar. Biz yuqorida intellektini baholashda ko`p qo`llaniladigan testning mohiyatiga qisqa to`xtalib o`tgan edik. Shuni ta’kidlab o`tish lozimki, ulardagi formulalar bolalar intellektini o`lchashda qo`llaniladi. Katta yoshli kishilar intellektini baholash uchun boshqa mezon, individual natijani biror meyor (ko`pchilikni o`rganish natijasida tajriba yo`li bilan topilgan) bilan taqqoslanadi. Quyida biz shunday jadvallardan birini keltiramiz.

Intellektni baholash jadvali.


Intellekt

koeffitsienti

IQ

Aqliy rivojlanish darajasi

% hisobida taqsimlanganlik ko`rsatgichi


130 va yuqori


Juda yuqori


2,2

120 - 129

Yuqori

6,7

110 - 119


Yaxshi

16,1

90 - 109

O`RTA

50,0

80 - 89

Past

16,1

70 - 79

Chegara ko`rsatgichi

6,7

69 va past

Aqliy zaiflik


2,1


Ko`rinib turibdiki, (jadvalga qarang) yuqori intellektga egalar va aqliy zaiflar 2% ni tashkil qilar ekan. Aqliy rivojlanish darajasini o`lchash ko`proq aqliy zaiflikni, ijtimoiy qarovsizlikni yoki kasbga tanlash maqsadida qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda psixologik tadqiqotlar intellektning o`zgarmasligini inkor qiluvchi, uning juda ko`plab omillarga bog’liq (ijtimoiy muhit, oila, irsiyat, motivatsiya) ekanligini ko`rsatmoqda. Shu sababli intellekt koeffitsienti kishining taqdirini belgilovchi birdan-bir ko`rsatgich sifatida qo`llanilishi mumkin emas.




Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin