2.To`lov balansi taxlili. To`lov balansini tuzish tamoyillariga ko`ra u doimo balanslashgan bo`ladi. Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina to`lov balansining aloxida qismlariga ta`luqli. SHu bilan birga to`lov balansi koldigining milliy iqtisodiyotga ta`siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy siyosat maksadlaridant kelib chikib to`lov balansining musbat koldigi xam, manfiy koldigi xam ijobiy yoki salbiy deb baxolanishi mumkin.
To`lov balansi xolatiga baxo berishda savdo balansi koldigi, joriy operatsiyalar balansi koldigi, kapital xarakati va moliya balansi koldigi xamda rasmiy xisob kitoblar balansi koldigi aloxida taxlil etiladi.
Savdo balansi koldigi o`zgarishiga baxo berishda bu o`zgarishlar qaysi omillar ta`sirida ro`y berganligi e`tiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq eksportning kiskarishi xisobiga ro`y bergan bo`lsa, bu xolat milliy iqtisodiyotning rakobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va negativ xodisa deb karalishi mumkin. Lekin bu xolat mamlakatga to`gridan-to`gri investitsiyalar oqimi ko`payishi xisobiga importning o`sishi natijasida ro`y bergan bo`lsa miliy iqtisodiyotning zaiflashidan dalolat deb qaralmaydidi.
Joriy operatsiyalar xisobi balansi, odatda, to`lov balansining ma`lumot beruvchi koldigi deb karaladi. Chunki bu koldi bilan birga ichki iqtisodiy siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil xisoblanishi bilan birga mamlakatning moliyalashtirishga extiyojini belgilaydi. Joriy operatsiyalar xisobi balansining musbat qoldigi mamlakat boshka davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan dalolat beradi, va aksincha manfiy koldigi ( ya`ni joriy operatsiyalar xisobi balansining takchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning nettoimporti uchun to`lovlarni amalga oshirishga va transfert to`lovlarini moliyalashtirishga majbur bo`lgan sof karzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy to`lov balansining musbat koldigiga ega mamlakat milliy jamgarmalarning bir kismini kapitalni ichki jamgarishga yo`naltirish o`rniga mamlakat tashkarisiga investitsiyalaydi.
Kapital xarakati va moliya balansi koldigi joriy operatsiyalar balansi xolatining oynadagi aksi xisoblanadi, chunki real resurslar okimini ko`rsatadi. Shuningdek joriy operatsiyalar balansi xolati kisman «Sof xatolar va chetda koldirishlar» moddasiga to`gri keladi.
Rasmiy xisob kitoblar balansi koldigi to`lov balansi umumiy (yakuniy) qoldigining kengrok tarkalgan nomlanishi bo`lib norezidentlarning mamlakatga nisbatan likvidli talablarning ko`payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli aktivlardagi mamlakat rasmiy zaxiralarning ko`payishidan ( kamayishidan) dalolat beradi. Bu qoldiq «Zaxira aktivlari» moddasidan boshka barcha moddalarni kamrab oladi.
Qayd kiligngan valyuta kurslari sharoitida (1979 yilga kadar) rasmiy xisob kitoblar xolatiga katta axamiyat berilar edi, chunki uning takchilligi mamlakatning boshka davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zaxiralarining kamayganligini) anglatgani xolda valyuta kursining barkarorligiga taxdid solar edi. Suzib yuruvchi valyuta kursining kiritilishi bilan umumiy to`lov balansi tushunchasini yo`kka chikardi, rasmiy zaxiralar dinamikasi esa nafaqat rasmiy xisob kitoblar koldigining okibati, balki to`lov balansining boshka bo`limlarida xisobga olingan oqimlaridagi o`zgarishlarning sababchisi xam bo`lib qoldi.