Elektron hukumatni joriy etish jarayoni uchta bosqichga ajratiladi:
1 bosqich (ommaviylik).
Ushbu bosqichda AKT vositalari kengaytiriladi va tezligi oshiriladi, hukumat organlari statistik axborotlariga fuqarolar, tashkilotlar, korhonalar tomonidan kirish osonlashtiriladi. Bu bosqichni amalga oshirish uchun hukumat organlari o'zlarining Web-saytlarini yaratadilar, bu erda qonuniy va boshqa me'yoriy huquqiy aktlar, kerakli hujjatlar shakllari, statistik va iqtisodiy ma'lumotlar joylashtiriladi. Ushbu bosqichning asosiy elementi axborotlarni operativ yangilash va “yagona oyna” orqali kirishni taqdim etuvchi, davlatning barcha axborot resurslarini integraciyalovchi hukumat portalining mavjudligi.
2 bosqich (on-line-tranzaksiya).
Davlat tuzilishlari dinamik axborotni taklif etadi. Hukumatning elektron nashriyotgan, ma'lumotlar bazasi, qonuniy hujjatlashtirilgan saytlar yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda davlat hizmatlari (ko'chmas mulk va er maydonlarini qayd qilish, soliq dekloratsiyalarini to'ldirish, ruxsat uchun ariza topshirish) on-line rejimda taqdim etiladi. Ushbu bosqichga o'tish byurokratik protseduralarni optimallashtirish va korrupsiya masshtabini qisqartirishga imkon beradi.
Ushbu bosqichga o'tish hukumat organlariga hizmatlarni elektron shaklda (e-services) aholiga va yuridik shahslarga «yagona oyna» orqali 24/7 shaklida taqdim etishga imkon beradi.
3 bosqich (ishtirok).
Uchinchi bosqichda aholi va firmalarning siyosatchilar va amaldorlar bilan interaktiv o'zaro hamkorligini davlat siyosatini ishlab chiqishning barcha sikllari davomida hukumatning barcha sathlarida ta'minlash yo'li bilan jamiyatni davlat boshqaruvida qatnashihsi ta'minlanadi. U normativ va qonuniy aktlar loyihalari muhokama qilinadigan va turli takliflar akkumulyasiya qilinadigan web-forumlar yordamida amalga oshiriladi.