Fan: Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari Ma’ruzachi: dots. G. M. Davronova


“Musiqa o’qitish metodikasi” fanining asosiy tushunchalari “ta’lim- tarbiya» – «rivojlantirish» va ularning o’zaro bog’liqligidir



Yüklə 91,88 Kb.
səhifə5/6
tarix23.10.2023
ölçüsü91,88 Kb.
#160023
1   2   3   4   5   6
1- mavzu Mus. o\'qitish met. 1- dars slayd

“Musiqa o’qitish metodikasi” fanining asosiy tushunchalari “ta’lim- tarbiya» – «rivojlantirish» va ularning o’zaro bog’liqligidir.

  • “Musiqa o’qitish metodikasi” fanining asosiy tushunchalari “ta’lim- tarbiya» – «rivojlantirish» va ularning o’zaro bog’liqligidir.
  • Ta’lim - bilimlar majmuasini o’zlashtirish jarayonidir. Xususan, musiqiy ta’lim o’quvchilarni turli musiqiy faoliyatlarga o’rgatish, musiqiy tasavvur, bilim, malaka va ko’nikmalar berish va bu bilimlarning o’quvchi-talabalar tomonidan o’zlashtirishi jarayonidir.
  • Tarbiya - pedagogikada tarbiya deganda bolalar, o’smirlar, yoshlarning jismoniy madaniyati, ahloqiy sifatlarini rivojlantirish, ularning dunyoqarashini shakllantirish tushuniladi.
  • Musiqada hayot aks ettirishi, hayot bilan bog’liqligi, uning musiqa ijodkori, ijrochisi va tinglovchisining hayotiy qarashlariga bog’liqligi musiqani tarbiya vositasiga aylantiradi. Musiqiy tarbiya jarayonida o’quvchilarda ahloqiy, aqliy, badiiy estetik jismoniy sifatlar tarkib topadi.
  • Rivojlantirish – eng oddiy, sodda musiqiylik ko’rinishlaridan murakkablariga qarab takomillashish. Boshqacha aytganda, musiqiy qobiliyatlarning o’sishi va shakllanishi jarayoni rivojlanishni hosil qiladi.

Musiqa o’qitish metodikasi fani bo’yicha Talabalar bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablar.
Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini, ilmiy – ijodiy tafakkurga ega kadrlar qilib tayyorlashda, musiqa o’qitish metodikasi fani yuzasidan talabalar bilim, ko’nikma va malakalariga quydagi talablarni qo’yadi:
- Ta’lim va tarbiya talablariga muvofiq maktab o’quvchilarini musiqiy o’qitish va tarbiyalash;
- O’qitishning mazmuni, turli shaklli, tamoyili va metodlari, ta’lim tarixi va nazariyasi, musiqa ta’limining zamonaviy texnologiyalarini bilish;
- Shaxs kamolotini rivojlantirishda musiqani roli, musiqani umumta’lim muassasalarida o’qitish metodikasi, uning maqsad va vazifalari va mazmuni bilish;
- Musiqa o’qitish metodikasi, umumiy innovatsion texnoligiyalar va metodlar orqal musiqa tinglash (idrok) madaniyati, vokal-xor malakalari uslublarini o’quvchilarda shakllantirish;
- Musiqa ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish.
- Musiqa madaniyati darslari turi va tuzilmasi, musiqa madaniyati DTS va dastur asosida maktabda o’quvchilarni musiqaga o’qitish, ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish va tarbiyalash;
- O’quvchilarning sinfdan tashqari musiqiy faoliyati shhakllari va uslublari. O’zbekiston Respublikasida musiqa ta’limi tizimi va musiqa o’qituvchilariga qo’yilgan talablar;
- XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida O’zbekistonda musiqa ta’limi tizimini rivojlanishi.
- Xorijiy mamlakatlar musiqa ta’limi tarbiyasini rivojlanish bosqichlarini bilish.

Yüklə 91,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin