Maktabgacha ta’lim asoslari fanining tamoyillari
Ta`lim tamoyillari deb,
umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga
oshirishga qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi, o`quvchilar
tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirishlari, bilim, ko`nikma va malakalar hosil
qilishning asosiy qonun qoidalarining yig`indisiga aytiladi.
O`qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan
to`g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi
..
Ta’lim prinsiplari o’quv-tarbiya jarayoniga qo’yiladigan
ijtimoiy talablar:
Ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qilinadigan qoidalar
sifatida amal qiladi. Ta’lim prinsiplari haqida tasavvurlar ikki xil yo’l
bilan izohlanadi:
1) tasvir shaklida. Masalan, ilmiylik prinsipi fan va o’quv predmeti
o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Bu yerda ilmiylik prinsipi tasvir
orqali bayon qilingan;
2) qoida shaklida. Masalan, ta’limda oddiydan murakkabga qarab
boriladi. Bu jumlada tushunarlilik prinsipi qoidaga solingan, ya’ni
normallashtirilgan. Ta’lim prinsiplari qoida shaklini ollevergan sari,
ulardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari ham kengayaveradi
Maktabgacha
ta’lim sohasidagi meyoriy hujjatlar
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk
voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga
qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni maktabgacha ta’lim tiziming
asosiy huquqiy asoslaridan biridir. Qonun
O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining Qonunchilik palatasi
tomonidan 2019 yil 22 oktabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda
ma’qullangan va
Prezident tomonidan 2016 yil 16 dekabrda imzolangan.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga
oshirish nbo‘yicha «Yo‘l xaritasi» , 2019 — 2024 yillarda O‘zbekiston
Respublikasi
maktabgacha
ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli
ko‘rsatkichlari, 2025 - 2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha
ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi
.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Dostları ilə paylaş: |