Falsafiy kategoriyalar


Butun va bo`lak struktura va element kategoriyalari. Johon taraqqiyotining bir butunligi va O`zbekiston uning targ`ibiy qismi. Taraqqiyotning o`zbek modeli: aloxidalik va umumiylik Dialiktikasi



Yüklə 19,9 Kb.
səhifə5/8
tarix20.04.2023
ölçüsü19,9 Kb.
#101075
1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafiy kategoriyalar-fayllar.org

Butun va bo`lak struktura va element kategoriyalari. Johon taraqqiyotining bir butunligi va O`zbekiston uning targ`ibiy qismi. Taraqqiyotning o`zbek modeli: aloxidalik va umumiylik Dialiktikasi


  • Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o`rtasida uzviy bog`liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog`lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo`lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog`lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – aloxidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o`xshashlik bo`lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida kabo`l qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo`lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targ`ibiy jixatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo`lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko`ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.

Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bo`lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.


  • Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bo`lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.

  • Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ`ibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Хususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko`ra turkumlashtirish, muxim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini o`rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan harakterlanadi.

Yüklə 19,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin