Falsafa kategoriyalarining xususiy fanlar tushunchalaridan farqi



Yüklə 16,98 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü16,98 Kb.
#168448
1   2   3   4   5
Falsafa kategoriyalarining xususiy fanlar tushunchalaridan farqi1

Har qanday fanning o’ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo’ladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og’irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko’p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan bog’langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avakadro va hokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl Kausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. Huddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o’rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko’ra, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o’zaro bog’lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini ko’rib o’tdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa tanishaylik.

Kategoriya o’zi nima? Bu so’z qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko’rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo’lib, Arastu ta’riflab bergan. U o’zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o’rin», «vaqt», «xolat», «mavqeyi», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o’z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «xolat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.

Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o’rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko’proq politika va ritorika (notiklik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o’sha davrda qo’shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ammo o’sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali guyoki shakllanmagan fan bilan shug’ullangani va yoshlarni bu ilm yo’liga boshlab, ularning notug’ri tarbiyasiga sabab bo’lganlikda ayblagan ham edilar. Bu xol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo’lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko’targan. O’sha davrdan boshlab falsafa o’z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo’lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.


Yüklə 16,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin