Falsafa fanining predmeni mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 64,02 Kb.
səhifə2/2
tarix16.12.2022
ölçüsü64,02 Kb.
#75596
1   2
FALSAFA FANINING PREDMENI MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI (1)

    • G‘arb mamlakatlarida esa endilikda falsafaga extiyoj qolmadi, chunki u parchalanib, barcha fanlarga, ayniqsa ijtimoiy va gumanitar fanlarga tarqab ketdi, degan nuqtai nazardan kelib chiqib munosabat belgilash mayli kuchlidir.
    • Falsafa fanining funksiyalarida uning fanlar tizimi va ijtimoiy hayotdagi o‘rni ravshanlashadi. Funksiya (vazifa) deganda harakat uslubi, falsafiy bilimlar tizimi doirasida faolligining namoyon bo‘lishi, bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarning umumiy tip (tur)lari nazarda tutiladi.
  • Falsafa fani funksiyalari xilma-xil. Ular ichida dunyoqarashlilik (ontologiya), olamni bilish (gnoseologiya), qadriyatli ongni shakllantirish, ijtimoiy, amaliyotchilik (praktikologiya), metodologik, insonparvarlik, madaniy-tarbiyaviy funksiyalari individual va ijtimoiy ongga faol ta’sir ko‘rsatib, shu jarayonda u ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy hayot hamda boshqa barcha fanlar va dunyoqarashlar bilan uzviy boglanib ketadi.
  • Falsafa fanining muammolarini ma’nisiz, deb qarovchi oqimlarning da’volari tanqiddan ham tubandir. CHunki har bir elat, millat oldida muayyan tarixiy davrda paydo bo‘ladigan muammolar, falsafiy taxlil, falsafiy qarashlar yo‘li bilan xal etib kelingan va shunday bo‘lib qolaveradi.
  • Falsafa barcha fanlar bilan bog‘liq xolda rivojlanadi va boshqa fanlar kabi uzoq tarixiy taraqqiyot natijasi sifatida mustaqil fanga aylangan; b) Falsafa fani tabiiyotshunoslik, jamiyatshunoslik, insonshunoslik, texnikashunoslik fanlari xulosalarini bir-biriga bog‘lab, insoniyatni ilmiy-falsafiy dunyoqarash egasi qiladi; falsafa fani insonshunoslik fanlari va san’atning rivojiga yo‘l ochadi; g) Falsafa donishmandlik yo‘llarini ravon qiladi, olam sirlarining ich-ichiga kirib borish imkoniyatini yaratish jarayonida mistika bilan bog‘lanadi;
  • Dunyoqarash kishilarning olam xaqidagi ahloqiy, falsafiy, xuquqiy, estetik, ilmiy, diniy va xokazo qarashlari majmuidan iborat. Dunyoqarashda kishilarning muayyan tarixiy davrdagi olam xaqidagi umumlashgan, yaxlit bilimlari aks etadi. Dunyoqarashning asosini insonning olamga munosabati tashkil etadi. Inson butun umri davomida o‘zini o‘rab olgan dunyoning mohiyatini anglashga harakat qiladi. Dunyoqarashning sub’ekti inson (individ), ijtimoiy guruhlar, sinflar, partiyalar, jamiyat a’zolari hisoblanadi. Dunyoqarash kishilarning nafaqat olamga, balki o‘z-o‘zlariga munosabatini ham ifodalaydi. SHu ma’noda dunyoqarashni inson tomonidan olamni va o‘z-o‘zini anglash jarayoni, deb hisoblash o‘rinlidir. 
  •  Dunyoqarash olam va odam haqidagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlardan iborat. 
  • Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjuddir.
  • Uning birinchisini, kishilarning kundalik hayotini amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to‘plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsadi.
  • Ikkinchisi esa ilm-fan tufayli to‘plangan nazariy bilimlar, g‘oyalar yig‘indisi tashkil etadi. 
  • Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
  • Dunyoqarashning uzluksiz o‘zgarib, yangilanib, rivojlanib turuvchi jarayon ekanligini uning tarixiy tiplarining shakllanishi va almashinuvidan ham bilsa bo‘ladi. Dunyoqarashning tarixiy tiplariga mifologik, diniy va ilmiy-falsafiy dunyoqarashlar kiradi.
  • Mifologik (yunoncha – «mifos» - naql, rivoyatlar haqidagi ta’limot demakdir) dunyoqarash jamiyat taraqqiyotining eng boshlang‘ich davriga xos bo‘lib, unda olam hodisalari naqllar, rivoyatlar, afsonalar asosida tushuntiriladi. Mifologik dunyoqarash ilm-fan taraqqiy etmagan vaqtda keng tarqalgan bo‘lib, uning kelib chiqish sababining asosini insonning o‘zini qurshab turgan olamni bilishga intilish yotadi. Mifologik dunyoqarashda jamiyat bilan tabiat, jonli bilan jonsiz narsalar bir xil tarzda ifodalanadi. Unda dunyoning qanday paydo bo‘lganligi, olamning asosida nima yotishi, narsa va xodisalarning o‘zaro aloqadorligi afsonalar, ertaklar misolida ifoda qilinadi.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 64,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin