Jamiyat bilan bogliq masalalar azaldan ko‘plab mutaxassis-
larning diqqatini tortib keladi. Fan tarixida bu mavzuga doir
turlicha qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar mavjud. Bu masalalar
qadimgi avlodlarimizdan qolgan «Avesto» va « 0 ‘rxun~Yenesey
toshbitiklari»da, Al-Xorazmiy, Al-Buxoriy, Al-Beruniy, Najmid-
din Kubro, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa
allomalarimiz merosida yorqin ifodasini topgan. Sharq siyosat-
shunosligida jamiyat bilan bogliq masalalar Konfutsiy, Kaykovus,
Nizomulmulk, Mirxond, Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi
ko‘plab allomalar ijodidan o‘rin olgan.
Ijtimoiy taraqqiyot davomida jamiyat to‘g‘risidagi qarash
lar, g‘oyalar va ta’limotlar rivojlanib takomillashib borganli-
gini, xususan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-
falsafiy qarashlari tizimida hamda Amir Temur va temuriylar
sulolasining jamiyat rivoji masalalariga oid nazariy va amaliy
jihatdan yondashganligida ko‘rish mumkin. Xususan, «Temur
tuzuklari»da qayd etilgani kabi: «... saltanat qurish, davlat tu-
tish ishlarini bir tuzukka bogladim va saltanatni boshqarish
haqida qollanm a (dasturulamal) yozib qoldirdim, toki far-
zandlarim va avlodimdan bolganlarning har biri unga muvo-
fiq ish yuritsin, mehnatu mashaqqatlar, ko‘p harbiy yurishlar,
urush-talashlar bilan, Tangrining inoyati va hazrati Muham-
madning, unga Tangrining marhamatlari va salomlari bolsin,
tolei baland millatning sharofati, onhazratning ulug'vor avlodi
va qimmatli sahobalariga qilgan muhabbat va do‘stligim orqali
qolga kiritgan saltanatni saqlagaylar»1. Shuningdek, mazkur
mavzuga Ahmad Donish, Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi mu-
tafakkirlarimiz ijodida ham alohida ahamiyat berilgan. Hozirgi
davrda ham ushbu masalaga doir ko‘plab kitoblar, risolalar va
qollanm alar chop etilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, jamiyatning mohiyatini, tuzilishini, qo-
nuniyatlarini bilish, ularga tayangan holda boshqaruv va rahbar-
lik faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning
Yüklə
Dostları ilə paylaş: