Bizga quyidagi sillogizm berilgan bolsin:
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Bu o‘quvchi matematikani biladi.
Bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Endi bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz:
1. Bu o‘quvchi matematikani bilgani uchun, masalaning javo
bini to‘g‘ri topadi (katta asos tushirib qoldirildi).
2. Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topa
di, shuning uchun bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi
(kichik asos tushirib qoldirildi).
3. Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri to
padi, jumladan bu o‘quvchi ham (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik
san’atida keng qollaniladi.
Induktiv xulosa chiqarish.
Yakka mulohazalarni umumlashtirib
xulosa chiqarish kundalik hayotda, ilmiy bilishda ko‘p qollaniladi.
Inson hayotiy tajriba natijalarini, kuzatishlarini umumlashtirib,
aynan shu usul asosida xulosa chiqaradi. Fikrning yakkalikdan
umumiylikka qarab harakatlanishini ifodalovchi bunday xulosa
chiqarish turi induksiya (lot. «inductio» — yagona asosga keltirish)
deb ataladi. Induktiv xulosa chiqarishda kuzatish va tajriba nati-
jalari muhim ahamiyatga ega. Induktiv xulosa chiqarish bavosita
xulosa hisoblanadi. Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va
undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan boladi. Ular, odatda,
yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi.
Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlaming barcha-
siga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: