Fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


BANKNING TASHKIL ETILISHI VA FAOLIYATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI O’RGANISH



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/15
tarix26.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#135203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
sample report 2023

1. BANKNING TASHKIL ETILISHI VA FAOLIYATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI O’RGANISH
Hozirgi kunda bank tizimi rivojlanib borar ekan, banklar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, hisob-kitoblarni o‘tkazish mexanizmini takomillashtirish talab etiladi. Bu o‘z navbatida yosh kadrlarni bank faoliyatini mukammal o‘rganishni talab qiladi.
Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yo‘l transporti, aloqa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish loyihalari va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa ko‘plab loyihalardir.
Chet el kapitali ishtrokidagi “Hamkorbank” ATB O`zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirda bank 199 ta xizmat ko`rsatish shaxobchalariga ega bo`lib,42 ta filial,157 ta mini bank shular jumlasidandir.Shuningdek 5 ta shuba kompaniyasini tashkil etdi.
50 dan ortiq bank maxsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan bank mijozlarning keng doirasiga xizmat ko`rsatmoqda.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi Bank tarixida aks etgan. “Hamkorbank”ATB mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi beto‘xtov o‘sib borayotgani, xorijiy kredit yo‘nalishlari keng ko‘lamda jalb etilayotgani “Hamkorbank”ATB O‘zbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi.
Xususan 2016-yil
 Hamkorbank tashkil topganiga 25 yil to'lishi munosabati bilan o'z Yubileyini nishonladi Bankning 25 yillik yubileyiga bag'ishlangan “Hamkorbank –
25 yil moliya bozorida” deb nomlangan kitobni nashrdan chiqardi

  • Hamkorbank iFin-2016 “Elektron moliyaviy xizmatlar va texnologiyalar” xalqaro forumida ishtirok etdi;

  • Hamkor Mobile to'lov tizimida “Byudjetga to'lovlar” va “Kontraktsiz kartadan kartaga pul o'tkazish” xizmatlari joriy etildi

  • “BANKEXPO 2016” ko'rgazmasi natijalariga ko'ra, Hamkorbank “Viloyatlarda “Sog'lom ona va bola” davlat dasturini faol amalga oshirgan bank” nominatsiyasi g'olibi deb tan olindi

  • Moody's xalqaro reyting agentligi “Hamkorbank” ATB ning reytinglarini tasdiqladi. Barcha ko'rsatkichlar bo'yicha barqaror prognozlarga ega bo'ldi

  • “TFPAward 2016” taqdirlash natijalariga ko'ra Hamkorbank Osiyo Taraqqiyot Bankining O'zbekistondagi etakchi bank-hamkori deb tan olindi

  • “Hamkorbank” ATB Boshqaruv Raisining virtual qabulxonasi ishga

tushdi

  • Inxa Universiteti va Hamkorbank o'rtasida O'zbekistonda internetbanking dasturlarini rivojlantirish bo'yicha kelishuv imzolandi.

2019-yil

  • Biznes kreditlar uchun onlayn ariza ishga tushirildi

  • Moody's xalqaro reyting agentligi Hamkorbank reytingini oshirdi

  • "Hamkorbank" Humo tizimi kartalarini emissiya qilishni boshladi

  • “Hamkorbank” 3D Secure Visa xalqaro kartalarini himoya qilish

xizmatini joriy etdi

  • "Hamkorbank" Uzcard UnionPay kobeydj tizimi kartalarini emissiya qilishni boshladi

  • Yuridik shaxslar uchun Internet-banking tizimida chet el valyutasini sotib

olish va sotish funktsiyasi qo'shildi

  • "Hamkorbank" yangi "Garant" xizmatini joriy etdi

  • “Hamkorbank" Visa payWave kobeydj tizimi kartalarini emissiya qilishni boshladi

  • Hamkor Mobile ilovasiga “Zolotaya korona” pul o’tkazmalarini

Hamkorbank xalqaro kartalariga kirim qilish funktsiyasi qo’shildi

  • Hamkorbank tadbirkorlik sub'yektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha eng yaxshi bank deb e’tirof etildi

  • "Hamkorbank" O'zbekistonda birinchi bo'lib Hamkor Mobile ilovasida Humo virtual kartasini rasmiylashtirishni taklif etdi

  • Hamkorbank filiallari umumiy soni 43 taga yetdi, Qashqadaryo

mintaqaviy filiali ish boshladi

  • Hamkorbank amaliyot o’tash uchun eng yaxshi kompaniya deb tan olindi  “S&P Global Ratings” reyting agentligi Hamkorbank reytinglarini yangiladi. Reytinglar bo'yicha prognoz – “ijobiy”.

  • Hamkor Mobile ilovasiga Yandex. Dengi elektron hamyonini barcha bank so’m kartalaridan to’ldirish funktsiyasi qo’shildi

  • Hamkorbank yangi xizmat turini, O’zbekiston bo’ylab pul o’tkazmalarini

joriy etdi

  • “Hamkorbank" Visa Gold kobeydj tizimi kartalarini emissiya qilishni boshladi

2020-yil

  • Filiallar tarmog’i joriy yilda 3 taga yangi filiallar hisobiga kengaydi - Kattaqo’rg’on, Shahrisabz, Nurafshon.

  • SWIFT GPI – yangi joriy qilingan xizmat turi

  • «Золотая Корона» tizimi orqali kelib tushgan pul mablag‘larini Hamkor Mobile ilovasi orqali istalgan bankning Uzcard yoki Humo kartasiga milliy valyutada kirim qilish imkoniyati joriy etildi.

  • Hamkor Mobile ilovasida tadbirkorlar va tashkilotlar hisob raqamlariga

“bir marotabalik” to’lovlar funksiyasi yordamida pul o’tkazish imkoniyati yaratildi.

  • FMO (Niderlandiya taraqqiyot banki) kichik biznesni moliyalashtirish maqsadida Hamkorbankga 40 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyani taqdim etdi.

  • «Hamkorbank» xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z faoliyatini boshladi. «Hamkorbank» ATB Bank of New York Mellon (AQSh) bilan to‘g‘ridanto‘g‘ri korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatdi

  • «Сбербанк Онлайн» ilovasi orqali barcha Hamkorbank kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o’kazmalarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

  • Hamkorbank va “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ o‘rtasida ipoteka kreditini ajratish bo‘yicha Bosh kelishuv imzolandi

“Hamkorbank”ATB o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning qurilish sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Hamkorbank” ATB ning umumiy ma’lumotlar

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin