Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
HZTF javoblari.

Sodda hayvonlar- Protozoa

Tip 1: Chlorophyta –Yashil suvo’tlar

Tip 2: Retortamonada -Retortamonadlar

Sinf: Retortotamonadea

Sinf: Diplomonadea

Tip 3: Axostylata - Aksostillilar

Sinf: Oxymonadea

Sinf: Parabasalea

Tip 4: Euglenozoa -Evglenasimonlar

Keja tip: Euglenida

Sinf: Euglenoidea

Keja tip: Kinetoplasta

Sinf: Trypanosomatidae

Tip 5: Apicomplexa (Sporozoa) –Sporalilar

Sinf: Gregarinea

Sinf: Coccidia

Tip 6: Ciliophora- Infuzoriyalar

Tip 7: Dioflagellata

Nemis olimlari V.Vestxayde va R.Riger (Zoologiya bespozvonochnыx. Pod. red. V.Vestxayde R.Riger. Perevod s nemesskogo,2008 g.) sistemasi bo’yicha bir hujayrali hayvonlarning tasnifi quyidagicha ko’rinishga ega:




T/r

Tip

Sinf

T/r

Tip

Sinf

1

Microspora

Rudimicrosporea

Microsporea



9

Chromista


9.1. Prymnesiomonada

9.2. Cryptomonada

9.3. Heterokonta (= Stramenopilata)


2

Archamoebaea




10

Alveolata


10.1. Dinoflagellata

10.2. Apicomplexa

10.3. Ciliophora


3

Tetramastigota

3.1.Retortamonada

3. 2. Axostylata



11

Chlorophyta


11.1. Phytomonadea (Volvocida)

11.2. Prasinomonadea



4

Euglenozoa

4. 1. Euglenata

4.2. Kinetoplasta

4.3. Pseudociliata


12

Choanoflagellata




5

Heterolobosa


5.1.Schizopyrenidea

5.2. Acrasea




13

Sistematik o’rni noaniq polifiletik bir hujayrali eukariotlar.

13.1. Amoebozoa

13.2. Granuloreticulosea

13.3. Actinopodea


6

Dictyostela




14

Ascetospora


14.1. Haplosporea

14.2. Paramyxea



7

Protostela




15

Myxozoa




8

Myxogastra















  1. Halqali chuvalchanglar tasnifi va filogeniyasi. T.I.: Haqali chuvalchanglarning xilma-xilligi, asosiy taksonlari, Polychaeta va Clitellata larning asosiy belgilari, asosiy taksonlarning filogenetik munosabatlari.

3 javob

Halqali chuvalchanglarning 12000 atrofida turlari mavjud bo’lib, asosan 3 ta taksonga Polychaeta, Oligochaeta va Hirudinomorpha (Hirudinae) taksonlariga mansub. Bu taksonlar Linney sistemasi bo’yicha sinf hisoblanadi. Polychaeta lar xilma-xilligi yuqoriroq guruh bo’lib, 8000 atrofidagi turlarni birlashtiradi va asosan, dengizlarda tarqalgan. Oligochaeta (kam tuklilar, 3500 tur) va Hirudinomorpha (zuluklar, 500 tur) guruhlari chuchuk suvlarda va quruqlikda tarqalgan, ba’zi turlari dengizlarda ham uchraydi.

Hozirgi zamon filogenetik tahlillari natijalari asosida xalqali chuvalchanglarning sistemasida bir oz o’zgartirishlar kiritilmoqda. Xalqali chuvalchanglar an’anaviy sisitemaga ko’ra 3 ta sinfga -Polychaeta, Oligochaeta va Hirudinomorpha (Hirudinae) ajratiladi. Hozirgi vaqtda Annelida taksoni ikkita teng toifadagi monofiletik opa-uka taksonga: Polychaeta va Clitellata (belbog’lilar) ga ajratiladi. Polychaeta lar parapodiylarga va hidlov organlariga ega, Clitellata vakillarida esa bu organlar yo’q, lekin germofrotidlik va sariqlikning ko’pligi bilan bog’liq yuqori ixtisoslashgan reproduktiv tuzilmalarga (belbog’ va pilla) ega. Clitellata ichidagi Hirudinomorpha taksoni monofiletik takson hisoblanadi, Oligochaeta esa, ba’zi zoologlarning (P.Aksa) fikricha, parafiletik takson deb qaralmoqda, chunki bu taksonga ham xalqali chuvalchanglarning primitiv umumiy xossalarini saqlagan formalar, ham belbog’lilarga xos belgilarni saqlagan formalar kiritilgan. Ayrim sistematiklar (Brinkxerst R.O.) fikricha, faqat kam tuklilarga xos bo’lgan halqumning devoridagi muskulli o’simtalar bu guruhning autopomorfiysi hisoblanadi. Shu sababli bu guruhni monofiletik takson deb qarash kerak. E.E.Ruppert ushbu fikrni tasdiqlaydi va Oligochaeta larni monofiletik takson hisoblab, uni Hirudinomorpha ga opa-uka takson deb qaraydi.






  1. Yüklə 0,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin