Evolutsion ta'limot


Lamark muhit ta'siriga javob reaksiyasiga qarab, barcha organizm-larni uch guruhga ajratgan



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə7/25
tarix28.03.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#90850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Evolutsion ta\'limotning o`simliklar va hayvonlar fiziologiyasini tadbiq etilishi.

Lamark muhit ta'siriga javob reaksiyasiga qarab, barcha organizm-larni uch guruhga ajratgan.
Birinchi guruhga o'simliklar kiritilib, ular ta'sirlanish va harakatlanish xususiyatiga ega emasligi qayd qilinadi. Ikkinchi guruhga tashqi ta'siri natijasida harakatlana oladi-gan sodda hayvonlar (infuzoriyalar, poliplar, chuvalchanglar) kiritilgan. Uchinchi guruhga nerv sistemasi yuksak darajada rivojlangan, takomillashgan sezgi organlari tashqi muhit ta'sirida o'z xohishi bilan harakatlana oladigan hayvonlar kiritilgan.
Tashqi muhit birinchi va ikkinchi guruh organizmlarga bilvosita va bevosita ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ayiqtovon o'simligining suv orasidagi yoki suv yuzasidagi bargla-rining har xil ko'rinishda bo'lishi tashqi muhitning bevosita ta'siriga misoldir (8-rasra)-
Nerv sistemasi murakkab hayvonlarga esa tashqi muhit bilvosita ta'sir ko'rsatadi. Muhitning uzoq davom etgan ta'siri bunday hayvonlarning awalo talabini o'zgartira-di. Bu talabni qondirish maqsadida hayvonning harakatlari o'zgaradi. Harakatning o'zgarishi hayvonning xulq-atvorini o'zgarishiga olib keladi. Bu o'z navbatida ba'zi organlarning mashq qilishiga, boshqalari esa mashq qilmasligiga sabab bo'ladi. Mashq qilgan organlar kuchayib, mashq qilmagan organlar esa kuchsizlana boradi (9-rasm).
Lamarkning odam paydo bo'lishi haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Uning fikricha, odam tabiatning bir qismi bo'lib, u boshqa tirik mavjudotlarga o'xshab tabi-at qonunlariga bo'ysunadi. Lining tana tuzilishi boshqa sutemizuvchi hayvoniamikiga o'xshash, deydi. Odam, ayniqsa, gavda tuzilishi, fe'1-atvori bilan maymunlarga yaqin.
Lamark bir vaqtlar maymunlarning murakkab vakillaridan ularning daraxtdan*yerga tushib, ikki oyoqlab yurishga o'tganlaridan odam ajdodlari paydo bo'lgan, degan fikrni quwatlagan.
Shunday qilib, Lamark tabiatda o'zgarishlar asta-sekinlik bilan ro'y beradi, deb turlarning tabiatda mavjudligini tan olmadi hamda organik olam evolutsiyasi haqidagi ta'limotga asos soldi, lekin evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini tushuntirib bera olmadi.



Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin