Estetikaning predmeti va vazifalari. Estetik tafakkur tarixi



Yüklə 58,75 Kb.
səhifə1/5
tarix03.06.2023
ölçüsü58,75 Kb.
#124385
  1   2   3   4   5
Estetikaning predmeti va vazifalari. Estetik tafakkur tarixi


ESTETIKANING PREDMETI VA VAZIFALARI. ESTETIK TAFAKKUR TARIXI.
Mavzu rejasi va bayoni
1. Estetika fanining predmeti. Estetikaning jamiyatda tutgan o’rni.
2. Qadimgi Sharq, Turonzamin o`rta asrlar va uyg`onish davr estetikasi.
3. Antik, Yevropa o`rta asr va yangi davr estetikasi.
4. Ma`rifatchilik va hozirgi zamon estetikasi.
Nafosatshunoslik yohud estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarmicha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag’ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. "Estetika" atamasini birinchi bo’lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ olmon faylasufi Laybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqhan holda munosabat bildirgan edi. Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga aql, ixtiyor, hissiyotga bo’ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o’rganadigan fan mantiq ixtiyorni o’rganuvchi fan esa axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq hissiyotni o’rganadigan fan falsafiy maqomdagi nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u "his qilish", "sezish", "his etiladigan" singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha "oyestetikos" so’zidan "estetika" (olmoncha "estetika" "eshtetik") iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi.
Baumgarten nafosatshunoslikni hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Lekin, ko’p o’tmay, u goh "go’zallik falsafasi", goh "san’at falsafasi" sifatida talqin etila boshlandi. Nafosatshunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Hegel esa o’z ma’ruzalarining kirish hismida yozadi: "Estetika" degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo’llashga urinishlar bo’ldi. So’zning o’z-o’zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz 
Yüklə 58,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin