Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz


I BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.M MIRZIYOYEVNING “ERKIN VA FAROVON DEMOKRATIK O’ZBEKISTON DAVLATINI BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ” ASARI



Yüklə 65,62 Kb.
səhifə2/6
tarix02.12.2023
ölçüsü65,62 Kb.
#171399
1   2   3   4   5   6
Аввало

I BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.M MIRZIYOYEVNING “ERKIN VA FAROVON DEMOKRATIK O’ZBEKISTON DAVLATINI BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ” ASARI
O‘zbekistonimizning ko‘p asrlik tarixi va keyingi 25 yillik rivojlanish davri, o‘z davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan taraqqiyoti
bu haqiqatni yana bir bor yaqqol tasdiqlab berdi. Ana shu bunyodkorlik jarayonining qudratli va hal qiluvchi kuchi, hech shubhasiz, ko‘pmillatli xalqimizdir.
O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan yengib o‘tishga qodir, deb baralla aytishga to‘la asos beradi. Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag‘ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz. Men bugun Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlari, butun xalkimizning sa’y-harakatlarini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenta, barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘anievich Karimov bizga vasiyat qilib qoldirgan yagona maqsad yo‘lida birlashtirishga da’vat etaman. Bu olijanob maqsad - izchil va barqaror rivojlanayotgan, erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etishdan iboratdir.Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rni va mavqeiga ega. Biz dunyodagi barcha davlatlar bilan yaqindan hamkorlik qilish va amaliy muloqot uchun ochiqmiz. Bo‘lib o‘tgan demokratik saylov jarayoni buning yana bir ishonchli va yaqqol tasdig‘i bo‘ldi. Saylovni kuzatish uchun dunyodagi 5 ta nufuzli xalqaro tashkilot hamda 46 ta davlatdan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi qatnashgani sizlarga yaxshi ma’lum. Ayniqsa, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining to‘laqonli missiyasi birinchi marta yurtimizga tashrif buyurdi. Ya’ni, ushbu xalqaro tuzilmaning 32 ta mamlakatdan kelgan 200 nafarga yaqin vakili - bu albatta kichkina gai emas - aynan demokratik tamoyillar talablari asosida saylov jarayonini sinchiklab kuzatib bordi. Saylovda xalqimiz o‘zining xohish-irodasini, yuksak siyosiy ongi va faol fuqarolik pozitsiyasini yorqin namoyon etdi. Bu, o‘z navbatida, el-yurtimizning o‘z takdiri va kelajagiga qanday katta ishonch va mas’uliyat bilan qarayotganini yaqqol ifoda etadi.
Saylov natijalarini biz avvalo vatandoshlarimizning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olingan strategik taraqqiyot dasturimizga bergan xolis va haqqoniy bahosi, deb qabul qilamiz. Saylov siyosiy iartiyalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va kurash, milliy qonunchiligimiz talablariga, saylov bo‘yicha umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga to‘la mos holda, erkinlik va ochiqlik ruhida o‘tganini barcha chet ellik kuzatuvchilar ochiq va baralla ta’kidladilar. Kuni kecha Markaziy saylov komissiyasi ham o‘zining saylov natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarida shuhaqiqatni yana bir bor qayd etdi.
Hech shubhasiz, bunday yuksak e’tirof, bunday yuksak baho barchamizni quvontiradi. Muhtaram do‘stlar! Bugun men O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta vazifasini bajarishga kirishar ekanman, buyuk davlat va siyosat arbobi, aziz ustozimiz Islom Karimovning ishlarini davom ettirgan holda, 32 millionlik katta xalq, katta mamlakatni boshqarish qanchalik mas’uliyatli va murakkab ekanini, davlat rahbari sifatida zimmamdagi juda ulkan javobgarlikni har tomonlama chuqur his qilib, anglab turibman. Birinchi Prezidentimiz o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixi da o‘chmas va yorqin iz qoldirdi. Buyuk Yurtboshimiz nafaqat Uzbekistonda, balki butun jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxe va arbob sifatida tanilgan edi. Shuning uchun ham ustozimizning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha minglab yurtdoshlarimizdan ko‘plab taklif va tavsiyalar kelib tushmoqda. Ularning barchasi ayni paytda atroflicha o‘rganilmoqda va bu borada alohida qaror qabul qilinadi. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Bugun dunyodagi shiddatli globallashuv sharoitida, xalqaro maydonda turli manfaatlar to‘qnashuvi kuchayib borayotgan, jahon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi davom etayotgan keskin bir vaziyatda O‘zbekistonga rahbarlik qilishdek ulkan mas’uliyatni zimmamga olayotgan ekanman, men avvalo ko‘pni ko‘rgan, donishmand xalqimizga, siz, azizlarning yordam va ko‘magingizga tayanaman va ishonaman. Barchangiz xabardorsiz, saylov arafasida men saylovchilar hamda aholining turli qatlamlari vakillari bilan ko‘plab uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdim. Ana shunday ochiq muloqotlarda bildirilgan amaliy takliflar, qonuniy talablar, ularni amalga oshirish uchun ko‘rilgan aniq chora-tadbirlar, ochig‘ini aytaman, men uchun yana bir katta hayotiy maktab bo‘ldi. Ana shu uchrashuv va suhbatlarning yakuniy xulosalari mamlakat Prezidenti lavozimidagi o‘ta muhim va mas’uliyatli faoliyatimda men uchun dasturiy qo‘llanma xizmat qiladi. Bugun zamonning o‘zi barchamizning oldimizga, birinchi navbatda, O‘zbekiston Prezidenti sifatida mening oldimga yangi va g‘oyat mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqsa. Ana shu asosiy vazifalar haqida bugun ushbu yigilishimizda qisqacha axborot berishni o‘rinli, deb hisoblayman. Birinchidan, biz muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abduganievich Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz. Bu yo‘l - erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir. Men mamlakat Prezidenti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini qat’iy va so‘zsiz bajarish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquk va erkinliklarini ta’minlaydigan ichki va tashki siyosatni amalga oshirishni o‘zimning eng asosiy burchim va vazifam, deb hisoblayman. Ana shu fundamental tamoyillarni ro‘yobga chiqarishga doir amaliy sa’y-harakatlar to‘g‘risida men Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzamda o‘z fikrlarimni bayon qilganimdan albatta barchangiz xabardorsiz, deb o‘ylayman. Shu munosabat bilan Qonunchilik palatasi Spikeri va deputatlar, Senat Raisi va senatorlardan Prezidentning Davlat maslahatchilari xizmatlari hamda Hukumat bilan birgalikda mamlakatimizda kelajakda amalga oshiriladigan islohot va o‘zgarishlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishni so‘rayman. Ikkinchidan, mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini ko‘z qorachig‘idek saqlash hamda mustahkamlashni o‘zimning ustuvor vazifam, deb hisoblayman. Ma’lumki, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag‘rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda. Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari o‘zaro hamjihat yashamoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda.
Jamiyatimizda hukm surayotgan o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e’tiqodga mansubligidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta’minlash e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Ularning o‘rtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal g‘oyalarni tarqatishga O‘zbekistonda mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor bo‘lishni talab etmoqda. Shu borada O‘zbekiston chegaralarining xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hech qanday balo-qazoni yaqin keltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha diqqatimiz markazida bo‘ladi. Bugun prinsipial jihatdan g‘oyat muhim bo‘lgan bir fikrni yana ta’kidlab aytishni zarur deb bilaman: O‘zbekiston va uning bag‘rikeng xalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozitsiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. Lekin, zarur bo‘lsa, biz mamlakatimiz suvereniteta va mustakilligiga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz. Shuning uchun men, xalqimizga murojaat qilib, shuni aytmoqchimanki, bu masalada hech kimda hech qanday ikkilanish va shubha bo‘lmasligi lozim. Bunga bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham yetarli. Fursatdan foydalanib, Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik xizmati, chegara va ichki qo‘shinlarning askar va serjantlari, ofitser va generallariga, barcha harbiy xizmatchilarimizga o‘zining harbiy kasamyodi va muqaddas burchiga sadoqati uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Ishonchim komilki, sizlar bundan buyon ham yuksak professional mahorat, mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatib, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash bo‘yicha o‘z vatanparvarlik burchingizga sodiq bo‘lib qolasiz. Xavfsizlik kengashidan Mudofaa vazirligi va boshqa tuzilmalar rahbariyati bilan birgalikda Qurolli Kuchlarimizning 25 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib nishonlashga doir chora-tadbirlar kompleksini yaqin kunlarda taqdim etishni so‘rayman. Bu borada munosib harbiy xizmatchilarni nafaqat yaqinda ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari bilan, balki yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha ham takliflar kiritish maqsadga muvofiqsir. Uchinchidan, xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz, deb hisoblaymiz. Bu borada buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizning: «Adolat har bir ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin!» degan chuqur ma’noli so‘zlari har birimiz uchun hayotiy e’tiqodga aylanishi zarur. Bu masala, eng avvalo, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, butun sud tizimi, prokuratura, ichki ishlar, nazorat organlari rahbarlari va xodimlarining, shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquklari bo‘yicha vakilining bevosita vazifasidir. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. 10 Deputatlar va senatorlar, keng jamoatchilik, butun xalqimiz huquqiy demokratik davlat qurishning ana shu muhim sohasidagi davlatimizning sa’y-harakatlarini albatta qo‘llab-quvvatlaydilar, deb o‘ylayman va bunga ishonaman. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishda biz, ilgarigidek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari - mahallalar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin va xolis ommaviy axborot vositalari faol o‘rin egallaydi, deb ishonamiz. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» degan muhim tamoyilni amalga oshirishda biz avvalo ana shu ijtimoiy institutlarning kuch va imkoniyatlariga tayanamiz Shu munosabat bilan xalq hokimiyatining eng muhim poydevori sifatida jamoatchilik nazorati institutini kuchaytirish bo‘yicha mamlakatimiz Konstitutsiyasining 32-moddasida, shuningdek, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida», «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqa hujjatlarda muhrlab qo‘yilgan talablarning ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz. Bu muhim ishda biz barcha fuqarolarimiz, eng avvalo, yoshi ulug, ulkan hayotiy tajribaga ega nuroniy oqsoqollarimiz, katta avlod vakillarining maslahatlari va faol ko‘magiga umid qilamiz va tayanamiz. Aynan shu avlodning fidokorona mehnati tufayli o‘z paytida mamlakatimizdagi yirik industriya komplekslari barpo etildi va modernizatsiya qilindi. Ularning aql-zakovati va sa’y-harakatlari bilan sanoatning yangi, yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlari tashkil etildi, noyob infratuzilma ob’ektlari qurildi, fermerlik harakati shakllantirildi, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tubdan o‘zgardi. Aynan ana shunday tabarruk insonlarning Vatanimizga bo‘lgan buyuk mehr-muhabbati va jonkuyarligi tufayli mustaqil O‘zbekiston davlatining mustahkam zamini yaratildi. Bugungi imkoniyatdan foydalanib, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun muxtaram nuroniylarimizga, qadrli mehnat faxriylariga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni bildirishga, ularning barchasiga uzok umr, mustahkam sog‘lik, baxtu saodat va farovonlik tilashga ruxsat bergaysizlar. Shu borada bir fikrga alohida urg‘u berib ta’kidlamoqchiman: yoshi ulug‘ insonlar, katta avlod vakillariga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning pensiyalarini oshirish, tibbiy xizmat va ijtimoiy-maishiy ta’minotini yaxshilash bundan buyon ham Prezident uchun, Hukumatimiz va barcha hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
Shu maqsadda missionerlar, yolg‘iz qariya va nogironlarga davlat ko‘magini kuchaytirish bo‘yicha ayni paytda keng qamrovli chora-tadbirlar komileksi ishlab chiqildi va ular so‘zsiz amalga oshiriladi. «Nuroniy» va «Mahalla» jamgarmalarining xodimlar shtatlarini ko‘paytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jamiyatimiz hayotida ularning o‘rni va mavqeini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha zarur choralar ko‘riladi. Yaratganning bebaho mo‘jizasi bo‘lgan aziz ayollarimiz, qadrli onalarimiz, mehribon rafikalarimiz, munis opa-singillarimiz, sevimli kizlarimiz va nabiralarimiz hayotda bizga barcha to‘siqlarni yengib o‘tish, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishish yo‘lida doimo gamxo‘rlik qilib, hamisha cheksiz ishonch, kuch va madad beradilar. Sizlarning onalik mehringiz va saxovatingiz, ayollik tarovatingiz va mehr-oqibatingiz uchun biz sizlardan umrbod qarzdormiz. Shu sababli onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ayollarning turmush sharoitlarini hisobga olgan holda, ish bilan ta’minlash, opa-singillarimizning ogirini yengil qilish uchun har tomonlama imkoniyat 12 yaratish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha davlat siyosatini faol davom ettirishni biz o‘zimizning eng muhim vazifamiz, deb bilamiz. Barchamizga ayonki, Uzbekistan boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iktisodiy va insoniy salohiyatga ega. Biroq bizning eng katta boyligimiz - bu xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatidir. Bu salohiyatni yaratish va yanada ko‘paytirishda hurmatli ziyolilarimiz - ilm-fan va texnika namoyandalari, birinchi navbatda qadrli va hurmatli akademiklarimiz, madaniyat, adabiyot va san’at, sport sohalarining vakillari butun vujudini berib, fidokorona mehnat qilayotganlarini biz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Ana shu zahmatkash insonlarning ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni biz o‘zimizning birlamchi vazifamiz sifatida ko‘rishimiz darkor. Shu maqsadda hukumatimiz tomonidan anik chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bugungi kunda «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!» degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning xal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga gurur va iftixor bagishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantikiy yakuniga yetkazishimiz zarur. Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga doyr davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. To‘rtinchndan, iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashdek muhim tamoyil va ustuvor vazifani amalga oshirish, davlat rahbari sifatida men uchun strategik vazifa bo‘lib qoladi. Biz avvalo iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz kerak.Tarmoqlar va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim. Buning uchun xorijiy sarmoyalar va ilgor texnologiyalarni hamda axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol jalb etishimiz zarur bo‘ladi.

Yüklə 65,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin