Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


CHAPTER 9. PRICE POLICY ..................................................................... 177



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

CHAPTER 9. PRICE POLICY ..................................................................... 177 
9.1. The concept of price, its essence and types of prices................. 177 
9.2. Formation of pricing policy and methods for calculating price 
level.......................................................................................... 180 
9.3. Variability of prices during the "life cycle" of goods................. 184 
Questions for control and discussion........................................ 186 
 
 
TEST 
QUESTIONS 
ON 
THE 
DISCIPLINE 
"MARKETING".................................................................... 187 
 
 
 
GLOSSARY............................................................................ 227 
 
 
 
REFERENCES ...................................................................... 245 



K I R I SH 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport 
qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni 
takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan 
qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy 
marketing usullaridan faol foydalanish...”
1
alohida ko‘rsatib o‘tilgan. 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy – 
iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, 
chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud. 
Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p 
qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi 
juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi.
Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman. Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan 
ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor 
muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash 
yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, 
boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat 
zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “...faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar
texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil 
etish”
2
bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan.
Bugungi kunda korxonalar faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini 
amalga oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va 
kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Маҳаллий экспорт қилувчи 
ташкилотларни янада қўллаб – қувватлаш ва ташқи иқтисодий фаолиятни такомиллаштириш чора – тадбирлари 
тўғрисида”ги қарори Халқ сўзи, 2017 йил 22 июнь, №123 
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон 
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги
ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz. 


10 
etadi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil 
etish, korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab 
chiqish muhim o‘ringa egadir. 
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing haqidagi barcha 
ta’riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste’mol sohasini yaxlit tadqiqot 
qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi sharoitida, 
korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga nisbatan, iste’molchilarni muhtojligini 
qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazo etadi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish 
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli 
echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish
iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga 
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz 
qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘ygandir. «Marketing asoslari» fani korxonalar (firmalar)ni bozorda 
iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni, foyda oladigan bozorlar hissasiga 
erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. 
Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o‘tgan asrning 
oltmishinchi yillari o‘rtalarida paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, u paytdagi barcha maqolalar 
tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan tariqasida o‘rganish XX asrning 
saksoninchi yillari oxirida boshlandi. Bozor hamda tovar-pul munosabatlarini asta-
sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan bu 
yo‘nalishda faol harakat qilishni talab etdi. Shu sababli, iqtisodiyot yo‘nalishlari uchun 
mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari birinchilar qatorida «Marketing 
asoslari» fanini o‘rganishga kirishishdi. 
«Marketing asoslari»ni o‘rganish hamda o‘qitish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish 
bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan, «Marketing asoslari» 
fani rivojlangan mamlakatlarda qay darajada o‘rganilayotgan bo‘lsa, shunday qabul 
etishga urinamiz. Tabiiyki u holda, biz turli to‘siqlarga duch kelamiz. Darhaqiqat, 
iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz hamda sharoitlarimiz hali marketingni u darajada qabul 


11 
ham eta olmaydi. Chunki, O‘zbekistonda bozor munosabatlari so‘nggi davrlarda 
rivojlana boshladi. Shuning uchun ham biz «Marketing asoslari» fani rivojlanishining 
boshlang‘ich bosqichlariga ko‘proq e’tiborni qaratib, uning shunday bosqichlarini 
topishimiz kerakki, ular mamlakatimiz iqtisodiyoti faoliyati darjasiga ko‘proq javob 
bersin.
Yurtdoshlarimiz, shu jumladan, ko‘pgina mutaxassislar marketingdan faqat bozor 
tovarlarga mo‘l-ko‘l bo‘lgandagina unumli foydalanish mumkin, deb hisoblaydilar. 
Tabiiyki u, bozor normal sharoitda bo‘lganda samaralidir. Lekin, «Marketing asoslari» 
fanining bozor munosabatlari endigina rivojlanayotgan paytdagi ahamiyati juda katta.
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassisliklar 
uchun «Marketing» - bozor faoliyatining uslubiy asoslarini o‘rgatadigan asosiy fan. 
Marketing eng avvalo, uni o‘rganuvchilarni bozor faoliyati tizimi sifatida jalb etadi. U 
korxonalarning bozordagi harakati va holatini o‘rganadi. «Marketing asoslari» - bu faol 
assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste’molchilarni o‘rganish, tomonlar 
bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini va raqobatchilarni o‘rganadigan 
fandir. 
Iste’mol qimmatiga ega bo‘lgan tovar yoki xizmatni vujudga keltirish va mijozni 
unga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bugungi kun marketingi nazariyasi hamda 
amaliyotining mohiyatini tashkil etadi. Zamonaviy marketingni maqsadi, mijozlar 
ehtiyojini qondirishdan iborat. 
Marketing – bugungi kunda eng avvalo, iste’molchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va 
ushlab qoluvchi fan hamda san’atdir. 
Hozirgi kunda, oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan yoshlarimizga bozor 
iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni «Marketing» fani orqali 
singdiriladi. 
«Marketing asoslari» fani shu bilan bir qatorda iste’molchi xulqini 
modellashtirish, tovar sifatini, uning raqobatbardoshligini, rag‘batlantirishni, 
reklamani va bozorni chuqur o‘rganadi.
«Marketing asoslari» fani bozorni xo‘jalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, ya’ni 
ularni u erda namoyon bo‘lib, harakat qiladigan joyi sifatida ko‘radi. Shu tufayli 


12 
barchamiz bozorni xo‘jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u 
erda harakat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak. 
Shuni qayd etish lozimki, «Marketing asoslari» bo‘yicha xorijiy tajribani 
korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish juda 
cheklangan. Bizning korxonalarimizda marketing funksiyalarini to‘liq holda, ya’ni 
bizning korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar firmalari faoliyati 
o‘rtasidagi prinsipial farqlar bo‘yicha tatbiq etish mumkin emas. Bu borada masalaga 
milliy iqtisodiyotimizning o‘ziga xos xusiyatlarini, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga 
olgan holda yondashish zarur. 
«Marketing asoslari» fani keng qirradagi oliy ma’lumotli zamonaviy 
raqobatbardosh 
iqtisodchilarni 
(marketologlarni) 
shakllantiradigan 
asosiy 
mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Marketingning bosh vazifasi talabalarga 
marketingni asosiy uslublarini va tamoyillarini o‘rgatishdan iboratdir. 
Mazkur darslik birinchi marta nashr etilmoqda. Ushbu darslik 9 ta bobdan iborat 
bo‘lib, unda marketing tushunchasi va marketing jarayoni, marketing konsepsiyasi
marketing muhiti, iste’molchi va biznes - xaridorlar xulq-atvorini o‘rganish, marketing 
axboroti, tovar va xizmatlar: iste’mol qiymatini oshirish, reklama faoliyati, chakana 
savdo va ulgurji savdo hamda narx siyosati kabi mavzular tubdan takomillashtirilgan. 


13 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin