Ergashev rustambekning qurulishni tashkil etish va rejalashtirish fanidan nazorat ishi


II BOB Xususiy mulkchilikning tashkiliy shakllari



Yüklə 394,59 Kb.
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü394,59 Kb.
#165138
1   2   3   4   5   6
ERGASHEV RUSTAMBEK

II BOB Xususiy mulkchilikning tashkiliy shakllari
Mulkchilikning nodavlat shaklidagi qurilish tashkilotlari tomonidan 771,1 mlrd. so’mlik qurilish montaj ishlari bajarilgan bo’lib, jami qurilish ishlari hajmining 99,0 foizini tashkil qildi va ushbu ko’rsatkich o’tgan yilning o’sish sur’atiga nisbatan 0,2 bandga oshdi. Mulkchilikning davlat shaklidagi qurilish tashkilotlari tomonidan 7,5 mlrd. so’mlik qurilish montaj ishlari bajarilgan bo’lib, jami qurilish montaj ishlari hajmining 1,0 foizini tashkil qildi.

2018 yilning yanvar – aprel oyida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha bajarilgan qurilish ishlarida nodavlat mulkchilikda bino va inshootlar qurilishining ulushi 632,4 mlrd. so’mni tashkil qilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 1,8 bandga kamayib, 98,2 foizni tashkil qildi. Davlat mulkchiligidagi ulush esa, 0,03 mlrd. so’mni tashkil qilib, bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 99,8 bandga kamayib, 0,2 foizni tashkil qildi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha bajarilgan qurilish ishlarida nodavlat mulkchilikdagi fuqarolik qurilish ob’yektlarining ulushi 93,0 mlrd. so’mni tashkil qilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 92,6 foizni, davlat mulkchiligidagi ulush esa, 7,2 mlrd. so’mni tashkil qilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 55,8 foizni tashkil qildi. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining ulushi 45,7 mlrd. so’mni tashkil qilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 138,5 foizni, davlat mulkchiligidagi ulush esa, 0,3 mlrd. so’mni tashkil qilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 23,1 foizni tashkil qildi.
Jami qurilish ishlarining hajmidan kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish montaj ishlari hajmi qurilish ishlarining 54,2 foizini tashkil etdi. Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalar asosan sotish uchun mo’ljallangan uy-joylarni qurish, avtomobil yo’llarini ta’mirlash, yangi qurilish, rekonstruksiya, ijtimoiy soha ob’yektlari (maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari), namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan va arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishida o’z faoliyatlarini amalga oshirmoqda.

Yüklə 394,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin