Ergashev rustambekning qurulishni tashkil etish va rejalashtirish fanidan nazorat ishi


I BOB Mulkchilik shakllari bo’yicha qurulish ishlari



Yüklə 394,59 Kb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü394,59 Kb.
#165138
1   2   3   4   5   6
ERGASHEV RUSTAMBEK

I BOB Mulkchilik shakllari bo’yicha qurulish ishlari
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Mulk haqidagi» qonuniga binoan, mamlakatda mulkchilikning ikkita turi – ya’ni davlat mulki va xususiy mulk farqlanadi.
Davlat mulki – turli darajadagi, ya’ni, respublika miqyosidagi, respublika va mahalliy sub’yektlar darajasidagi hokimiyat organlariga oid muassasalar, tashkilotlarga tegishli bo‘lib, ular tomonidan boshqariladi. Bu ko‘rinishdagi korxonalarga tegishli mol–mulk davlatga tegishli hisoblanib, bu hol korxona Nizomida tasdiqlanadi. Korxona rahbariyatiga ushbu mulkni xo‘jalik maqsadlarida tasarruf etish va tezkor tavsifdagi mustaqillik bilan egalik huquqi taqdim etiladi. Rahbariyat o‘z mohiyatiga ko‘ra yollanma xizmatchi hisoblanib, mulk egasi hisoblangan – davlat oldida o‘z harakatlari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Xususiy mulk qurilish sohasida quyidagi ko‘rsatilgan tashkiliy – huquqiy shakllarga ega hisoblanadi: o Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyatlari:
 Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari (OAJ);
 Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari (YoAJ); o Aksiyadorlikka asoslanmagan qurilish tashkilotlari:
 Javobgarlik chegaralanishi bilan tavsiflananadigan sherikchiliklar (shirkatlar) (MChJ, MChJ);
 To‘liq javobgarlik asosidagi sherikchiliklar (to‘liq shirkatlar);
 Aralash sherikchilik. o Kooperativlar. o Yakka tartibdagi xususiy korxonalar.
Hozirgi vaqtda mamlakatda qurilish tashkilotlari bo‘yicha muayyan atamashunoslik qaror topmagan. Tavsiflari quyida keltirilgan, xo‘jalik sub’yektlarining yangi nomlanishlari bilan bir qatorda, garchi ularning tashkiliy, xo‘jalik va huquqiy mazmun–mohiyati tubdan o‘zgartirilgan bo‘lsada, qurilish korxonalarining oldingi nomanishlaridan (QB, trest, bosh boshqarma va h.k.) ham foydalanish qayd qilinadi.
Ushbu o‘rinda mavjud joriy amaliyotni hisobga olgan holda va bayon qilishni qulaylashtirish uchun zaruriy izohlar bilan birga turli atamalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, xorijiy amaliyot tajribasi asosida firma va kompaniya kabi atamalar hayotimizga kirib keldi. Firma va kompaniya tushunchalariga oid bir nechta ta’rif va izohlardan kelib chiqib, keyingi o‘rinlarda firma tushunchasi xususiy korxonaning har qanday shaklini ifodalaydigan universal atama sifatida qabul qilingan.

Aksiyadorlik jamiyati (AJ) –daromad olish maqsadida bir nechta jismoniy (fuqarolar) yoki yuridik shaxslarning birgalikda faoliyat olib borishi maqsadida birlashishi hisoblanadi. Ushbu mulkchilik shaklining asosini aksiya tushunchasi tashkil qiladi. Aksiya – bu uning egasining (aksiyador) aksiyadorlik jamiyati sarmoyasida ishtirok etishidan dalolat berib, ushbu jamiyatning daromadining bir qismini dividend ko‘rinishida olish huquqini beradigan qimmatbaho qog‘oz hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati (AJ) ma’lum bir aniq vositalarning (pul mablag‘lari, mol– mulk va boshqalar) umumiy yig‘indisi to‘planishi yo‘li bilan vujudga keltirilib, bunda to‘plangan mablag‘ qiymati O‘zbekiston qonuniga (???) binoan oy davomida mehnatga to‘lanadigan minimal haq qiymatining 1000 baravaridan kam bo‘lmasligi belgilanadi. Bu qiymat Nizomda ko‘rsatilgan sarmoya tarkibinitashkil qilib, nominal (belgilangan) qiymatga teng ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lib chiqiladi va aksiyador o‘z hissalari (aksiyalar paketi) doirasida huquqqa va o‘z navbatida, tegishli javobgarlikka ega bo‘lishlari qayd etiladi. Aksiyadorlik jamiyatida quyidagi uch boshqaruv organi mavjud:
 Aksiyadorlik yig‘ini – aksiyadorlik jamiyatining oliy organi;
 Direktorlar Kengashi – xo‘jalik va kadrlarga oid qarorlar asosida qabul qilinadi;
 Boshqaruv Raisi (prezident va h.k.) va uning apparati – ijro organi hisoblanadi.
Ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro farq aksiyalarga egalik qilish uslublari asosida belgilanadi. Yopiq aksiyadorlik jamiyatida aksiyalar uning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlansa, ochiq aksiyadorlik jamiyatida–aksiyalar oshkoralik asosida obuna tartibida sotiladi. Yopiq aksiyadorlik jamiyatlari rivojlanishi davomida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilishi mumkin bo‘lib, bunda qo‘shimcha aksiyalar erkin sotuvga qo‘yiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyatida aksiyalar moliya birjalarida muomalaga (kotirovka) qo‘yiladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) daromad olish maqsadida jismoniy shaxslarning birgalikda xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun birlashishlari asosida tashkil qilinadi.


Yüklə 394,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin