Eng qadimiy madhiya Gollandiya madhiyasi hisoblanadi. Rasman 1932



Yüklə 17,41 Kb.
tarix19.01.2023
ölçüsü17,41 Kb.
#79673
Milliy madhiya haqida dunyodagi qiziqarli faktlarni e


Eng qadimiy madhiya Gollandiya madhiyasi hisoblanadi. Rasman 1932 yilda qabul qilingan, lekin undan avval ham u jda ham taniqli qo’shiq bo’lgan.

Eng uzun madhiya bu Gretsiya milliy madhiyasidir. U 158 ta kupletdan iborat. E’tibor bering 158 qator emas 158 kuplet. Shuning uchun bo’lsa kerak, bironta ham gretsiyalik madhiyani oxirigacha yoddan bilmaydi.


Fransiya milliy madhiyasida “Qurollaning!”, “Olg’a jangga” kabi so’zlar mavjud. Buning sababi madhiyaning she’ri 1792-1797 yillardagi Fransiya va Avstriya urushi davrida yozilgan.


Shveytsariya madhiyasi ancha hotirjamdir. U hatto bu mamlakatning katolik va evangelist cherkovlarining ibodat kitoblariga kiritilgan.


Ispaniya milliy madhiyasida bironta ham so’z yo’q. Ushbu holat qachonlardir Rossiyada ham kuzatilgan edi.


Turkiya madhiyasi birdaniga ikki mamlakatning madhidir: Turkiyaning o'zi va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi. Muammo shundaki, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi dunyoda faqat bitta mamlakat tomonidan tan olingan. Qaysi mamlakat topingchi? To'g'ri! Turkiya.


Ikkinchi Jahon urushida Germaniya mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, 19-asrning o'rtalaridan boshlab Germaniya madhiyasi bo'lib xizmat qilgan "Nemislar qo'shig'i" taqiqlandi. Ammo 1952 yilda "Qo'shiq" ning uchinchi kupleti Germaniyaning rasmiy madhiyasiga aylandi, ammo so'zsiz ijro etildi.


“Xudoyim Qirolichamizni o’zing asra” ingliz vatanparvarlik qo'shig'i 18 asrdan beri ma'lum. Rasmiy ravishda hech qachon Buyuk Britaniyaning madhiyasi sifatida e'lon qilinmagan. An'anaviy ravishda barcha rasmiy tadbirlarda “Xudoyim Qirolichamizni o’zing asra” ijro etiladi. Aytishimiz mumkinki, britaniyaliklar o'zlarining monarxlarini qonun talabiga binoan emas, balki toza qalb bilan sevadilar.




“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gimni toʻgʻrisida”gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Davlat madhiyasining soʻzi Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.
Yüklə 17,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin