Elektronika va avtomatika



Yüklə 194,51 Kb.
səhifə1/2
tarix25.03.2023
ölçüsü194,51 Kb.
#89891
  1   2
Metrologiya bo’yicha asosoiy tushunchalar va ta’riflarni o’rgani


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA” FAKULTETI “ELEKTRONIKA VA ASBOBSOZLIK “ YO’NALISHI 144-20EA GURUH TALABASI AXMURODOV SHAHZODNING METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH FANIDAN MUSTAQIL ISHI

Metrologiya bo’yicha asosoiy tushunchalar va ta’riflarni o’rganish
Metrologiya (yunoncha: metron — oʻlchov va oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy logos — taʼlimot) — muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d) oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; ye) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash vositalari va oʻlchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash vositalariga oʻtkazish usullari.
Dastlab, M. turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sigʻim va boshqalar), shuningdek, turli mamlakatlarda koʻllaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975 yil 20 mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining hukumatlararo darajada taʼsis etilishi M.ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
M. yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obʼyektlari xossalarining miqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi.
M.da oʻlchanadigan kattalik obʼyekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, yaʼni xususiyat sifatida kator obʼyektlar uchun umumiy va u bir obʼyekt uchun boshkasiga Karaganda maʼlum son marta katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va boshqa (obʼyektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir obʼyekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va boshqa ga ega; obʼyekt uchun kattalik tushunchasi aniq boʻladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va boshqalar). Faqat aniq kattaliklarni oʻlchash mumkin. Katallikka obʼyektiv (miqdoriy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv boʻyicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil oʻlchamli (mas, temperatura shkalasi, Brinel boʻyicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi.
Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy M. oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi.
Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan. M. etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, birliklar oʻlchamlarini oʻtkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham oʻrganadi.
Qonunlashtiruvchi M. — davlat tomonidan aniq belgilanishi va tekshirilishi talab qilinadigan, oʻlchashlar va oʻlchash vositalarining bir xilligigaerishish bilan bogʻliq masalalarni koʻradi. Davlatlarda oʻlchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada taʼminlash va saqlab turish uchun M. boʻyicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi.
Metrologik faoliyatda qo‘llanadigan tushunchalar O‘zR “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 2 moddasi bilan belgilangan:

  • «metrologiya» -o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish xaqidagi fan;

  • «yagona o‘lchov birililigi» – o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birlikda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;

  • «o‘lchov vositasi» – o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normallangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;

  • «birlik etaloni» – fizik o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;

  • «davlat etaloni» – vakolat berilgan milliy organning arori bilan O‘zbekiston Respublikasi xududida o‘lchov birligi o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;

  • «metrologik xizmati» – davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;

  • «davlat metrologiya nazorati» – metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;

  • «o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» -o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;

  • «o‘lchov vositalarini kalibrlash» – metrologik jihatlarning xaqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;

  • «o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish«– yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;

  • «metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish» – o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;


  • Yüklə 194,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin