Mavzu: Etalonlar va ularning qo`llanilish sohalari Reja



Yüklə 37,85 Kb.
tarix08.04.2023
ölçüsü37,85 Kb.
#94761
Mavzu Etalonlar va ularning qo`llanilish sohalari Reja


Mavzu: Etalonlar va ularning qo`llanilish sohalari
Reja:

  1. Etalon haqida tushuncha.

  2. O‘zbekiston Respublikasining Milliy etalonlar bazasi va qo`llanilishi.

  3. O`zbekistonning milliy boshlang`ich etalonlarini organish.

Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi Etalonga solishtiriladi. Etalon birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat Etalonlari, Etalon guvoh, solishtirma Etalon, ishchi Etalon, Etalon nusxalarga boʻlinadi.
Birlamchi Etalon mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa ETALONga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi Etalon qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus Etalon alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi Etalon vazifasini oʻtaydi. Davlat ETALONlari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus ETALONdan iborat. ETALONguvoh davlat ETALONining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi ETALONdan iborat. Solishtirma ETALON biror sababga koʻra bir-biriga solishtirish mumkin boʻlmagan ETALONni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi ETALON Ishchi ETALON birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. ETALONnusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi ETALONga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchiETALONdan iborat.
Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli ETALONlari xalqaro va milliy ETALON hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen ETALONlari xalqaro ETALON bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov ETALONlardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda ETALON larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi.
Hammamizga ma’lumki hech qanday mahsulot, u mashinasozlik sohasida bo’ladimi, yengil sanoati mahsulotimi, oziq-ovqat mahsulotlari bo’ladimi, tibbiyot, inson xavfsizligi yoki biror xizmat ko’rsatish sohasi bo’ladimi o’lchashsiz yaratilmaydi va bajarilmaydi.
Ma’lumotlarga tayanib shuni aytish mumkinki har bir sekundda jahonda milliardlab o’lchashlar bajariladi va ularning natijasiga qarab qarorlar qabul qilinadi.
Hech bir soha yo’qki o’lchashsiz va o’lchash ma’lumotlarisiz faoliyat ko’rsata olsa. O’lchashni bajarishga, uni to’g‘ri va ishonchli bo’lishini ta’minlashga bir necha million kishi xizmat qiladi va katta mablag‘ sarf qilinadi. Jamiyatni taxminan 15% ish kuchi o’lchashni bajarishga sarf qilinadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kerakli sifatini, texnikani, jumladan transportlarning, havfsiz va avariyasiz ishlashini hamda ishonchli tibbiy va ekologik diagnozlarni ta’minlashning asoslaridan biri bu ishonchli o‘lchash ma’lumoti hisoblanadi. Ishonchli o‘lchash ma’lumoti – har qanday boshqarish, tahlil qilish, oldindan aytib berish (prognoz), rejalashtirish yoki nazoratning asosi hisoblanadi. Tabiiyki, faqatgina juda aniq va kafolatli aniqlikdagi o’lchash natijalari to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi va natijada kerakli sifatdagi mahsulot (xizmat) yaratiladi.
Har qanday o’lchashni bajarish albatta o’lchash vositalari, ya’ni o’lchash asboblari, o’lchovlar, o’lchash o’zgartkichlari, o’lchash uskunalariyu o’lchash tizimlari yordamida bajariladi. Ular albatta o’lchashga yaroqli va aniqligi kafolatlangan bo’lishi shart.
Respublikamiz bo‘yicha ishlab chiqarishda, sertifikatlash sinovlarida, savdo sotiqda, xavfsizlikni ta’minlashda, sog‘liqni saqlashda, gaz, suv, elektr energiyasini sarfini hisoblashda va shunga o’xshash qator sohalarda foydalaniladigan o‘lchash va sinash asboblarining to’g‘ri ishlashini ta’minlash, ularni attestatlash, sertifikat berish, ularni o’z vaqtida (masalan bir yoki ikki yilda bir marta) tekshirib (qiyoslab) turish ishlari «O‘zstandart» agentligi tarkibidagi «Metrologiya xizmatlari kursatish markazi» DK, «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi»DK va uning tarkibiga kiruvchi xududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlar tomonidan olib boriladi.
Bu Markazlar respublikamizdagi barcha o‘lchash va sinash asboblarini o‘zining aniq asboblari bilan solishtirib (taqqoslab, qiyoslab) ko’rib ularni to’g‘riligi, sinovga va o‘lchashlarga yaroqli ekanligini aniqlab shu to’g‘risida sertifikat beradilar.
Markazlarni va unga o’xshash boshqa tashkilotlarning aniq (namunaviy) o‘lchash asboblarini to’g‘ri ishlashini tekshirib turish O’zbekiston Respublikasining Milliy etalonlar Markazi (O’z MEM)ga yuklatilgan. Etalonlar markazi bu ishni o’zining, yanada aniqroq bo‘lgan o’lchash asboblari, ya’ni etalonlari yordamida amalga oshiradi.
Etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 09.02.96 yildagi «O’zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini shakllantirish va metrologik ta’minotni takomillashtirish tug‘risida» gi 53-son Qarori asosida tashkil qilingan. Markaz 2001 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi.
Hozirgi kunda Etalonlar markazida chastota va vaqt, massa, elektr toki kuchlanishi, bosim, elektr sig‘imi, suv miqdori va sarfi, induktivlik, va ammiak, sinil kislotasi, azot dioksidi, oltingugirt dioksidi va xlorning havodagi massaviy ulushi birliklari etalonlari mavjud.
Kupchilikga ma’lumki etalonlar bu juda aniq o’lchovchi qurilmalar. Shuning uchun ham ular tashqi muhitga, ya’ni laboratoriyadagi haroratni, havo namligini, atmosfera bosimini o’zgarishiga, har xil tulqinlarga, vibratsiyaga, elektrik, magnit va elektromagnit maydonlariga va shunga o’xshash ta’sir etuvchi omillarga sezgir. Shu sababdan tashqi muhitni etalonlarga ta’sirini iloji boricha kamaytirish maqsadida Etalon markazining binosi o’ziga xos uslubda qurilgan maxsus xonalarga ega.
Jumladan etalonlar joylashgan laboratoriyalardagi havo haroratini o’zgarishi 0,1-0,05 gradus (…oS) dan oshmasligini ta’minlash uchun laboratoriya xonalari antiqa usulda termoizolyatsiyalangan. Buning uchun etalon saqlanadigan xona xuddi shu shakldagi, faqat o’lchami kattaroq xona ichiga joylashtirilgan. Bundan tashqari xonalarga quyosh nuri tushib haroratni o’zgarishiga sabab bulmasligi uchun laboratoriya xonalari derazasiz qurilgan. Xona va karidor harorati konditsioner yordamida 20 gradusda ushlab turiladi.
O’lchash asboblaridan keng tarqalganlaridan biri bu – tarozi va uning toshlari. Bu o’lchash asboblarini to’g‘ri ishlashiga va kafolatligiga katta talab quyiladi. Sababi ular ishlab chiqarishda, ma’lum texnologiyani ta’minlashda, savdo – tijoratda, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o’tkazishda va boshqa maqsadlarda keng qo’llaniladi. To’g‘ri ishlashi va kafolatli bo’lishini ta’minlash maqsadida, ular vaqt-vaqti bilan massa etalonlari bilan qiyoslanib turiladi. Etalonlar markazida 1 milligramm (mg) dan 30 kilogramm (kg) gacha bulgan etalon tarozi toshlari va etalon tarozi-komparatorlar mavjud. Etalon tarozilarimiz aniqligi 0,1 mikrogramm (mkg) dan 5 mg gacha. Masalan 1kg gacha o’lchovchi etalon tarozimiz atigi 1mikrogrammga xato qiladi-ya’ni etalon tarozida o’lchash bajarilayotganida etalon toshga biror dona chang g‘uborlari tushsa uni etalon tarozi sezadi va ko’rsatishi o’zgaradi. Shuning uchun ham etalon tarozilar va tarozilar toshlarini saqlash sharoitiga, yuqorida aytib o’tilgandek, juda qattiq talablar qo’yiladi.
Bitta maqola hajmida hamma etalonlarimiz tug‘risida batafsil ma’lumot berish albatta qiyin. Hozircha qolgan etalonlarning tashqi kurinishi va metrologik xarakteristikalari bilan kifoyalanib qolamiz. (1-3 rasm)
Etalonlar markazining hozirga kundagi asosiy yo‘nalishlari:
• etalon bazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash;
• etalonlarini saqlash;
• etalonlarini qo’llash (etalonlardan foydalanib o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrovkalashni bajarish);
• eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarini yaratish bo’yicha ilmiy-tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlarini bajarish;
• yuqori va eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarining yagona nusxalarini tayyorlash;
• etalonlarning mintaqaviy, davlatlararo va halqaro solishtirilishini tashkil qilish va o’tkazish;
• kattaliklar birliklarining o’lchamlarini qayta tiklash, saqlash va uzatish sohasida halqaro xamkorlik bo’yicha ishlar bajarish;
Etalonlar markazi respublikamizdagi yirik korxonalardan hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari, «Uztransgaz», OAO Navoiazot, «AGMK», «NGMK» va shunga o’xshash 30 dan ortiq korxonalar bilan uzluksiz aloqada bo‘lib, o’larning namunaviy o’lchash asboblarini o’zini etalonlariga taqqoslab, foydalanishga yaroqliligini tekshirib kelmoqda. Bundan tashqari yuqorida aytganimizdek «O‘zstandart» agentligi tarkibidagi «Metrologiya xizmatlari kursatish markazi», Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning tarkibiga kiruvchi har bir viloyatning Sinov va Sertifikatlashtirish Markazlarining o’lchash vositalarini qiyoslab bermoqda. Bu tashkilotlar o’z navbatida o’zlarining aniq va namunaviy o’lchash vositalari yordamida tegishli tashkilotlar va korxonalarning o’lchash asboblari yaroqliligini tekshiradilar. Demak respublikamizda biror-bir o’lchashda foydalaniladigan o’lchash asboblari yuq-ki bevosita yo bilvosita O’zbekiston Milliy boshlang‘ich etalonlari yordamida tekshirib turilmasa.
Markazdagi etalonlarning o’z navbatida metrologik jihatdan yaroqliligini tasdiqlab turish va ular yordamida bajarilgan sinov o‘lchashlari natijasida beriladigan metrologik attestatlash yoki kalibrovka sertifikatlari boshqa davlatlar uchun ham yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun, etalonlarimiz doimiy ravishda (ko‘pincha yilda bir marta) metrologiya bo‘yicha mintaqaviy tashkilotlar tamonidan tashkil qilinadigan milliy etalonlarni o‘zaro taqqoslashlarda qatnashishi lozim.
Bunday taqqoslashlarda faqat o‘sha mintaqaviy metrologik tashkilotlarga a’zo davlatlarning etalonlari qatnashishi mumkin. Buni hisobga olgan holda «O‘zstandart» agentligi Yevro-Osiyo metrologik muassasalarning xamkorligi (KOOMET)ga 2004 yilning Bolgariyaning Albena shahrida KOOMET tashkilotining Hamkorlik Memorandumini imzoladi va shu kundan «O‘zstandart» agentligi KOOMETni haqiqiy a’zosi bo’ldi va bu sohada ham katta ahamiyatga ega ishlar olib borilmoqda.
«O‘zstandart» agentligi 2001 yildan Metrologiya bo‘yicha Qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM)ga a’zo.
Etalonlar markazi xodimlari metrologiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayorlash va malakasini oshirishda ham o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Bu maqsadda ular Toshkent davlat texnika universitetining «Metrologiya va o’lchash texnikasi» kafedrasi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining Malaka oshirish markazi xodimlari bilan birgalikda faoliyat kursatmoqda.
Etalonlar – har bir davlatning katta boyligi va iftixoridir. Etalonlar nihoyatda qimmat boylik. Shuning uchun bo’lsa kerak Qadimgi Misrda, vafot etgan firavnlarni u dunyoga kuzatayotganda qabrga boshqa qimmatbaho buyumlar bilan bir qatorda uzunlik o‘lchovi (etaloni) nusxasini – «muqaddas tirsak»ni qo‘yganlar. Etalonlar o’lchash aniqligini oshirishda katta ahamiyatga ega. O‘lchashlar aniqligining oshishi esa, ko‘pgina ijobiy natijalarga olib keladi. Jumladan, tibbiyotda kasalga aniq, to‘g‘ri va ishonchli tashxis qo‘yishga, sanoatda mahsulotning sifatli bo‘lishiga, insonlarning xavfsizligini ta’minlashga, fanda kashfiyotga olib keladi.
Aksincha o‘lchashlardagi xatolik, ularning darajalarini pastligi ko‘pgina baxtsizliklarga va katta iqtisodiy zararlarga olib keladi.
Mamlakat etalon bazasining darajasi oxir oqibatda shu davlat mahsulotlarining dunyo bozorida raqobatbardoshligini, fan rivojini va hattoki davlat mavqeini belgilashini inobatga olib, davlatimiz bu sohada beqiyos kattadan-katta ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Natijada yuqorida nomlari tilga olingan Etalonlar juda katta mablag‘ evaziga xarid qilindi va hozirgi kunda O’zbekiston etalonlar bazasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borilyapti.
Etalonni qaytariluvchanligi uni tayyorlash jarayonida xatoliklarini cheklash bilan, etalonni tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarini uni ekspluatasiya jarayonida va tuzatma kiritishda kelib chiqadigan xatoliklarini aniqlash maqsadida uning xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish bilan ta‘minlanadi.
Etalonning solishtiriluvchanligi deganda - etalonni boshqa o‘lchash vositalari bilan solishtirish jarayonini yuqori aniqlikda ta‘minlash imkoniyati tushuniladi. Bu xususiyat etalonning tuzilishi va ishlashi solisht irish natijalariga hech qanday chetlanish kiritmasligini ta‘kidlaydi. Solishtirish jarayonida etalonning xususiyatlari o‘zgarishlarga bardoshli bo‘lishi kerak va etalonlarni o‘zi u bilan solishtiriladigan o‘lchash vositasining parametrlariga ta‘sir etmasligi kerak. Sanab o‘tilgan talablarni bajarish uchun etalonli qurilmalarda birlikni qayta tiklash, qoida bo‘yicha, har xil davlatlar orasida kelishilgan alohida qattiq reglamentlangan maxsus (spesifik) yo‘l bilan o‘tkaziladi. Etalonlarning metrologik tasniflanishi Etalonlar konstruktiv ishlanishiga va tarkibiga qarab quyidagilarga bo‘linadi. Etalon kompleks, yakka etalon, guruhli etalon, etalon to‘plami. Etalon kompleks - fizikaviy kattalik birligi o‘lchamini qayta tiklash, saqlash va uni uzatish uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarining va yordamchi qurilmalarining majmuidan tarkib topgan etalon. Etalon kompleksiga vaqt etaloni va chastota etaloni misol bo‘ladi. Bu etalonlar seziyli generatorlardan (vaqt va chastota birliklarini qayta tiklash uchun mo‘ljallangan), vodorodli generatorlardan (ularning uzluksiz ishlashida vaqt shkalasini saqlash funksiyasini bajaradigan vaqt va chastota birliklarini saqlash uchun qo‘llaniladigan), kvantmexanik soatlar guruhidan (vaqt shkalasini saqlash uchun mo‘ljallangan) iborat bo‘ladi. Etalon-kompleks tarkibiga yana chastotani va yalpi kompleksni funksiyasini ta‘minlaydigan vositalarni ichki va tashqi solishtirish uchun mo‘ljallangan apparaturalar kiradi. Yakka etalon - birlikni qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun tarkibida bitta o‘lchash vositasi (o‘lchov, o‘lchash asbobi, etalon uskuna) bor bo‘lgan etalon. Yakka etalonga massa birligi etaloni-kilogramm misol bo‘ladi (platinoiridiyli toshlar ko‘rinishida amalga oshiriladigan, ba‘zi etalonlarda - po‘lat toshlar). Guruhli etalon - birlikni qayta tiklash aniqligini oshirish yoki uni saqlash uchun birgalikda qo‘llaniladigan, bir xilli o‘lchash vositalarining majmuidan tarkib topgan etalon. Bir xil o‘lchash vositalari yoki etalon uskunalar bilan o‘lchash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati odatda o‘lchashlar natijasi sifatida qabul qilinadi. Guruhli etalonlarga 20 ta bir xil EYuK o‘lchovlarining guruhidan iborat - normal elementlardan (Veston elementlaridan) tashkil topgan elektr kuchlanishi birligining etaloni misol bo‘la oladi.Guruhli etalonlar doimiy (o‘zgarmas) yoki o‘zgaruvchan tarkibli guruhli etalonlarga bo‘linadi. Doimiy tarkibli etalonlarda o‘n yillab o‘lchash vositalarining bir xil nusxasi ishlatiladi. Masalan, elektr qarshiligi birligining etaloni - Om, elektr qarshiligining 10 ta manganinli germetik elektr qarshiligining o‘lchash g‘altaklaridan iborat bo‘ladi. O‘zgaruvchan tarkibli guruhli etalonlarga muntazam ravishda yangilari bilan almashtiriladigan o‘lchash vositalari kiradi. Bunday etalonlarga elektr kuchlanishi va o‘zgarmas tok elektr yurituvchi kuchi birligining guruhli etaloni misol bo‘ladi. Etalon to‘plami - o‘lchash vositalari diapazonlarining birlashmasidan iborat bo‘lgan diapazonda birlikni qayta tiklash va (yoki) saqlashga imkon beruvchi, ko‘rsatilgan shu o‘lchash vositalarining majmuidan tashkil topgan etalon. Misol - etalon mayda qadoq toshlar (etalon qadoq toshlar to‘plami), areometrlarning etalon to‘plami. Etalon to‘plamlari ham xuddi guruhli etalonlar kabi doimiy va o‘zgaruvchan tarkibli etalonlarg a bo‘linadi. Kattalik birligini qayta tiklanadigan klassi bo‘yicha asosiy va hosilaviy birliklarni qayta tiklash etalonlariga ajratiladi.
Umuman, o‘lchashlar birliligini ta‘minlash uchun etalonlar yordamida faqat asosiy birliklarni markazlashtirilgan tarzda kayta tiklash etarli.Hosilaviy birliklarning o‘lchamlari esa maxsus talablarga qattiq rioya qilingan holda bilvosita o‘lchashlar yo‘li bilan olinishi mumkin. Lekin, o‘lchash aniqligining umumiy darajasini ko‘tarish uchun zamonaviy texnologiyalar uchun zarur va birlik o‘lchamlarini uzatish operativligini (tezkorligini) ko‘tarish uchun etalonlar yordamida hosilaviy birliklarni ham qayta tiklash keng qo‘llaniladi. Birlikni qayta tiklash aniqligining darajasi bo‘yicha va metrologik tobeligi bo‘yicha etalonlar birlamchi, ikkilamchi va ishchi etalonlarga bo‘linadi. Birlamchi etalon - birlikni mamlakatda (shu birlikning boshqa etalonlarga nisbatan) eng yuqori aniqliq bilan qayta tiklashini ta‘minlaydigan etalon. Asosiy birliklarning birlamchi etalonlari birliklarni ularning ta‘rifiga muvofiq qayta tiklaydi. Birlamchi etalonga misol qilib, uzunlik birligining etaloni metr misol bo‘ladiki, u o‘lchash vositalarining kompleksidan iborat bo‘lib, yorug‘lik to‘lqinining vakuumdagi 1/299792458 s ga teng bo‘lgan vaqt intervalida o‘tgan yo‘lining birligini qayta tiklanishini keltirish mumkin. O‘lchanadigan kattalikning butun diapazoniga (ko‘lamiga) bitta birlamchi etalon bilan xizmat ko‘rsatish texnik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda, butun ko‘lamning qamrab olinishini ta‘minlaydigan shu diapazonning (ko‘lamning) qismlariga xizmat ko‘rsatadigan bir nechta birlamchi etalonlar yaratilgan.Bu holda «qo‘shni» birlamchi etalonlar bilan qayta tiklanadigan birliklarning o‘lchamlari o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Etalonlarning bunday «zanjiri» ga termodinamik harorat birligining o‘zaro muvofiqlashtirilgan etalonlari misol bo‘ladi, ularning har biri haroratni berilgan intervaldagi qiymatlari birligini qayta tiklaydi. Birlamchi etalonlarning yana bir turi maxsus etalon hisoblanadi.
Maxsus etalon - birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini ta‘minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan etalon. Maxsus etalonga 0,1-300 MGs chastota diapazonidagi 0,04-300 A li o‘zgaruvchan elektr toki kuchining etaloni misol bo‘ladi.
Maxsus etalonlar birlikni alohida sharoitlarda qayta tiklanishi uchun yaratiladi (o‘ta past, yuqori, va o‘ta yuqori chastotalar, energiya, xaroratlar, bosim, moddaning alohida xolati, o‘lchashlar diapazonining chekka uchastkalari va shunga o‘xshashlar). Bunday xollarda birlik o‘lchamini mavjud birlamchi etalonlardan to‘g‘ri uzatish texnik jihatdan talab etiladigan aniqlikda amalga oshirilmaydi.
Ikkilamchi etalon - birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon. Ikkilamchi etalonlar qiyoslash ishlarini rasional tashkil etish zarur bo‘lganida va birlamchi etalonni eng kam eyilishini va saqlanganligini ta‘minlash hollarida yaratiladi.
Metrologik vazifasi bo‘yicha ikkilamchi etalonlar nusxa-etalon, taqqoslash etaloni, guvoh etaloniga bo‘linadi.
Nusxa-etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon.Nusxa-etalonlar, odatda, birlamchi yoki maxsus etalonni barvaqt eyilishidan saqlash maqsadida, qiyoslash ishlari ko‘p bo‘lgan hollarda yaratiladi. Nusxa-etalon zarur bo‘lganda, davlat etaloni o‘rnida ishlatilishi mumkin. Taqqoslash etaloni – biror sababga ko‘ra bir-biri bilan bevosita solishtirib bo‘lmaydigan etalonlarni solishtirish uchun qo‘llaniladigan etalon. Taqqoslash etaloniga turli mamlakatlarda elektr kuchlanishi birligi etalonlarining bir-biri bilan o‘zaro solishtirish uchun ishlatiladigan o‘zgarmas tokdagi elektr kuchlanishining yuqori stabilli elektron o‘lchovi misol bo‘la oladi. Guvoh etalon - davlat etalonining butliligini va o‘zgarmaganligini tekshirish va buzilgan yoki yo‘qolgan xollarda uni almashtirish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon. Hozir, Xalqaro birliklar tizimining asosiy birliklarini etalonlaridan faqat massa birligining etaloni - kilogrammning guvoh etaloni bor. Ishchi etalon - birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon. Ishchi etalon birligining o‘lchami ikkilamchi nusxa etalon bo‘yicha yoki ba‘zi hollarda, to‘g‘ridan -to‘g‘ri birlamchi etalon bo‘yicha qo‘yiladi. Etalonlarning tarkibiga na faqat kattalik birligini qayta tiklaydigan va saqlashni amalga oshiradigan eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari etalonlar kiritiladi, balki birlik o‘lchamini etalondan boshqa o‘lchash vositalariga uzatish, o‘lchash sharoitini nazorat qilish va etalonda saqlanadigan kattalik birligi o‘lchamini o‘zgarmasligini kuzatish uchun zarur bo‘lgan boshqa o‘lchash vositalari ham kiritiladi. Zarur bo‘lganda, etalonlar tarkibiga ularning ishini ta‘minlaydigan boshqa texnikaviy vositalar (masalan, informasion-hisoblash komplekslari, maxsus platformalar, inshootlar va boshqalar) kiritiladi. Ishchi etalonlar zarur bo‘lganda, namunaviy o‘lchash vositalari (NO‘V) uchun qabul qilinganidek, 1,2,...n - razryadlarga ajratiladi. Bu xolda birlikning o‘lchami razryadlari bo‘yicha bir-biriga tobe ishchietalonlar tizimi orqali uzatiladi va birlikning o‘lchami bu tizimdagi oxirgi ishchi etalondan ishchi o‘lchash vositasiga uzatiladi.
Etalonlar soni doimiy bo‘lmaydi, balki mamlakat xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. O‘lchash ishchi vositalarining doimiy rivojlanishi va o‘lchash vositalari parkini kengayib borishi sababli vaqt o‘tishi bilan etalonlar sonini oshib borishi kuzatiladi. Jahon hamjihatligi mamlakatlari iqtisodining globallashtirilishi va iqtisodiy, savdo va texnologik integrasiyaning keng miqyosda rivojlanishi o‘lchashlar birliligini ta‘minlash bo‘yicha ishlarni global masshtabda o‘tkazish zarurligini anglatadi. Chunki ishonarli o‘lchash informasiyasi sinov natijalarining o‘zaro tan olinishini tasdiqlaydigan va mahsulot va xizmatlarning muvofiqligini tasdiqlash va jami baholash infrastrukturasini asosi bo‘ladi. Bu o‘z navbatida, kattalik birliklarini turli mamlakatlar etalonlari bilan qayta tiklanadigan o‘lchamlarini doimiyligi va majburiy kelishishligiga qattiq talablar qo‘yadi. Bu talablarni ta‘minlash uchun milliy etalonlar xalqaro va (yoki) davlatlararo etalonlar bilan solishtirilishi kerak bo‘ladi va agar bu boshqa mamlakat milliy etalonlari bilan zarur bo‘lsa. Etalonlarning solishtirilishi - kattalikni yoki uning hosilaviy o‘lchamlarini ishtirokchi-davlat solishtirish etalonlar yordamida qayta tiklash natijasida aniqlangan o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbatni belgilovchi amallar majmuidir. Fizik kattalikning, uning karrali yoki ulushli qiymatlarining o‘lchamini qayta tiklash, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan milliy (davlat) etalonlari solishtirilishi kerak. Solishtirish amalini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi qarorni metrologiya bo‘yicha xalqaro va regional tashkilotlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda etalon – ega (davlat) si qabul qiladi. Milliy etalonni tekshirish (tadqiq qilish) va qayta tiklanadigan birlik o‘lchamini aniqlash bo‘yicha ishlarning majburiy tarkibiy qismi bo‘lib solishtirish hisoblanadi. Qoidaga binoan, aniqlik darajasi bir xil bosqichda bo‘lgan etalonlar solishtirilishi kerak. Etalonlarning solishtirilishi tashiladigan etalonlar yordamida amalga oshiriladi, bunday etalon bo‘lmagan holda ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha solishtirish vositasi tanlanadi.Solishtirish etaloni (solishtirish vositasi) barqarorlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yangi O‘z DSt 8.012:2005 standartiga ko‘ra xalqaro birliklar tizimi asosiy – metr, kilogramm, sekund, amper, kelvin, kandela, mol va hosilaviy birliklardan iborat. Standartga binoan avvalgi qo‘shimcha birliklar – yassi burchak (radian) va fazoviy burchak (steradian) – endi hosilaviy birliklar qatoriga kirdi. Ular har qanday hosilaviy birliklar va qo‘llashga qo‘yilgan (ba‘zi) tizimdan tashqari birliklarning qayta tiklanish imkoniyatini ta‘minlaydi. Umuman MDH etalon bazasi xalq xo‘jaligining eng zarur talablarini qondiradi.Yaratilgan davlat etalonlari o‘zlarining metrologik tavsifnomalari bo‘yicha etakchi chet el mamlakatlari etalonlaridan qo lishmaydi. Etalon bazaning rivojlanish tendensiyasi – fundamental fizik konstantalar Fundamental fizik konstantalar (FFK) va barqaror fizik hodisalardan foydalanish asosida ayrim etalonlardan o‘zaro bog‘liq ―tabiiy‖ etalonlar tizimiga o‘tish muhimdir. Bu asoslangan hollarda birliklar o‘lchamlarini qayta tiklash va uzatishning markazlashtirilmagan tizimiga o‘tishga imkon beradi. Etalonlar va shkalalar nazariyasi sohasida vaqt, chastota va uzunlik birliklarining yagona etalonlarini yaratish bo‘yicha ishlar tugallandi. Elektromagnit o‘lchashlar sohasida kvant hodisalaridan va FFK dan foydalanish asosida o‘zaro bog‘liq etalonlar majmuini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Metrologik ta‘minotning kelgusidagi ravnaqi, uni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish, o‘lchashlar natijalarining aniqligi va ishonchliligini oshirish, mahsulotni sinash va sertifikatlashtirish natijalarini xalqaro darajada tan olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil fevralda ―O‘zbekiston Respublikasi Milliy Etalon bazasini shakllantirish va metrologik ta‘minotni takomillashtirish to‘g‘risida‖gi Qarori qabul qilindi.
Yüklə 37,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin