Elektronika asoslari” Reja: Kirish


Elektronlarni elektr maydonidagi harakati



Yüklə 156,33 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü156,33 Kb.
#190816
1   2
Elektronika asoslari”

2 Elektronlarni elektr maydonidagi harakati
Elektronning elektr maydonidagi harakatini tahlil qilib chiqsak, bu jarayon qo‘yidagicha kechadi. Aniqlik kiritish maqsadida havosi so‘rib olingan "vakuum" shisha balon ichiga ikkita o‘zaro parallel A-anod, K-katod metall plastinkalar joylashtirib (1-rasm) U-kuchlanishni manbaga ulaymiz. Ikkala elektrod katod – anod plastinkalari orasida elektr maydoni hosil bo‘ladi. Fizika fanidan ma’lumki elektr maydon kuchlanganligi "Ye" harfi bilan belgilanadi va bu kattalik, kchlanish va anod – katod orasidagi masofa "d"ga bog‘liqdir.
; ;
Elektron manfiy zaryadli juda kichik zarra bo‘lib, u "qe"-zaryadga; "me"-massaga; "de"-diametrga ega bo‘lib, ularni aniqlangan o‘rtacha son qiymati qo‘yidagilarga teng.
1. Elektron zaryad - qe=1.6∙10-19 kulon;
2. Elektron tinchlik massasi - me=9,1∙10-31 kg;
3. Elektron diametri - de=2,0∙10-15 m;
Elektron zaryadi "qe"ning uning massasi "me"ga nisbati o‘zgarmas (const) kattalikdir.

Elektr maydoni hosil bo‘lgan anod – katod oralig‘ida elektronni hosil qilsak, unga albatta qandaydir F-kuch ta’sir qiladi.



Bu yerda F-kuch (1N); ye-elektron (1k); Ye-maydon kuchlanganligi(1v/m):
Hosil bo‘lgan F-kuch yo‘nalishi, elektr maydoniga qarama –qarshi bo‘ladi, o‘zaro ta’sirlashadi. Elektron anod-katod orasidagi elektr maydonidada harakat qilayotganda, uning chiziqli tezligi " V " ortib boradi, natijada elektr maydonida elektron ma’lum bir ishni bajaradi. Bu ish qo‘yidagi ifoda bilan aniqlanadi.


Elektron tomonidan bajariladigan ish, elektronni knetik energiyasi hisobidan yuzaga keladi.
U holda bo'ladi.

Agar elektron Ve tezlik bilan magnit kuch chiziqlarini α=90o burchak ostida kesib o‘tsa, R-radiusli aylana bo‘ylab harakat qiladi. Bunda elektron tezligi "Ve" ga perpendikulyar bo‘lgan bir jinsli magnit maydonida, markazga intilma Fe kuch ta’sir etadi. (3-rasm)
Agar elektron o‘z harakati davomida magnit maydon kuch chiziqlarini α=90o burchak ostida emas, balki boshqa bir burchak ostida kesib o‘tsa, u holda Fe-kuch ancha kamayib, elektronning bosib o‘tgan trayektoriyasi qadar "o‘zgarmas vint" chizig‘i bo‘ylab o‘tadi. (4-rasm). Magnit maydoni o‘zgarmas bir jinsli bo‘lgan muhitda, ma’lum Ve-tezlik bilan harakatlanayotgan elektronga ta’sir etuvchi Fe kuch qo‘yidagi ifoda yordamida aniqlanadi.

bu yerda: e – elektron zaryadi (1kl);
H – magnit maydon kuchlanganligi (A/m);
α - magnit maydon kuch chiziqlari bilan, elektronning harakat yo‘nalishi orasidagi burchak.
Xulosa.
Elektronikaning paydo bo‘lishiga, rivojlanishiga, taraqqiy etishiga dastlabki yaratilgan, elektron vakuumli, shisha balonli lampalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Elektron vakuumli lampalarning tuzilishi va ishlash prinsipini, termoelektron emissiya hodisasi bilan tushuntirsa, aniqlik kiritsa yaxshi bo’ladi. Bu elektrofizik jarayonni qoidasi quyidagicha izohlanar ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Draganov B.X., Kuznetsov A.V. Teplotexnika i primenenie teplot v selskom xozyaystve. M.: Agropromizdat. 1990
2. Nurmatov M.V. va bosh. Issiqlik texnikasi. T.: O’qituvchi, 1998. 256 b.
3. Iskandarov Z.S. Issiqlik texnikasi asoslari. T. Mehnat, 2003. 188 b.
4. Nashokin V.V. Texnicheskaya termodinamika i teploperedacha. M.: Vsshaya shkola. 1980
5. Zaharov A.A. Primenenie teplot v selskom xozyaystve. M.: Agroproimzdat. 1985
6. Mixeev Mi A., Mixeeva I.M. Osnov teploperedachi. - M.: Energiya, 1977.
Yüklə 156,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin