Elektr yuritma ishchi mexanizmni elektrlashtirish hamda ish jarayonlarini


Elektr yuritma asoslari fanini rivojlantirishda o‘zbek olimlarining tutgan o‘rni



Yüklə 338,93 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü338,93 Kb.
#167363
1   2   3
Elektr yuritma

Elektr yuritma asoslari fanini rivojlantirishda o‘zbek olimlarining tutgan o‘rni. O‘zbekistonda irrigatsiya sug‘orish ishlarida, qishloq xo‘jaligida, paxtani va boshqa mahsulotlami qayta ishlash va to‘qimachilik sanoatida, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda asosan assinxron elektr yuritmalar qo‘llaniladi. Bu assinxron dvigatelda kollektor yo‘qligi tufayli uning energetik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganligi uchun ularni boshqarish osonligi shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatish va foydalanishning qulayligi bilan bogMiqdir.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi va sanoati ravnaqi yo‘lida o‘zbek olimlari o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr yuritmalami yaratish, tadqiq etish, sanoat hamda qishloq xo‘jaligida keng qo‘llash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.Ilmiy izlanishlar boshida yetakchi olim akademik Muzaffar Zohidxonovich Homudxonov turdi. 50-yillardayoq akademik M. Z. Xomudxonov assinxron elektr yuritmalami chastotali boshqarish muammolari dolzarbligini aniqlab, shu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy ishlar olib bordi. Bunda olim assinxron dvigatelni chastotali boshqarish iqtisodiy jihatdan qulayligini, uning tezligini keng ko‘lamda rostlash ravon ligini oshirishning yagona usuli ekanligini hisobga olib, akademik M.P.Kostenkoning chastotali'boshqarish qonunini rivojlantirdi va bu yo‘nalish bo‘yicha maktab yaratib unga boshchilik qildi. U 1959-yilda «Частотное управление асинхронным электроприводом», 1966-yilda esa shogird olimlar bilan birgalikda «Частотное регулирование скорости электроприводов переменного тока с автоматическим управлением от вентильных преобразователей» nomli yirik ilmiy asarlarini chop ettirdi. Bu monografiyalarda olimlar chastotali boshqarishda, tezlikni rostlashda o‘zgaruvchan tok dvigatelining tavsifmi hisoblash nazariyasi va usullarini bayon qilib, bu dvigatel ventilli chastota o‘zgartgichidan boshqarilayotgandagi statik hamda dinamik rejimlarini nazariy va amaliy tadqiq etish natijalarini keltirganlar. Shu bilan birga avtonom invertorlarning yangi sxemalari yaratilib, ularning xususiyatlari va qo‘llanish ko‘lami aniqlangan.
Avtomatlashtirilgan chastota bilan boshqariluvchi tiristorli elektr yuritmalarning ishonchliligini, texnik-iqtisodiy hamda energetik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun chastotali elektr yuritmalari xususiyatlarini kompleks tadqiq va tahlil etish nafaqat normal (simmetrik), balki maxsus anomal (nosimmetrik) rejimlar uchun sanoat mexanizmlarining turli yuklamalarida amalga oshirish talab etiladi. Anomal rejimlarda ishlayotgan elektr yuritmalarning nazariy asoslarini, hisoblash usullari, statikasi, dinamikasi, issiqlik dinamikasi va issiqlik rejimlarini hamda assinxron dvigatelning normal rejimga mos keladigan asosiy ko‘rsatkichlarini optimallash masalalari professor О. O. Xoshimov rahbarligidagi olimlar tomonidan ishlab chiqilib, sanoatga tatbiq etildi. 0 ‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekinlami sug‘orish, yeming sho‘rlanishini oldini olishda drenaj quvurlardan foydalanish, olimlar oldiga katta nasos stansiyalari, sho‘r suvlami chiqarib tashlash bo‘yicha zamonaviy elektr yuritmalami yaratish, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalarini qo‘ydi. Bu masalalami M. Z. Homudxonov shogirdlaridan professorlar S. Z. Usmonov, T. S. Kamolov va M. A. Husanovlar boshchiligidagi bir guruh olimlar muvaffaqiyatli hal etdilar. Sanoatda va kichik quvvatli qurilmalarda ijrochi dvigatel sifatida qo‘llaniladigan bir fazali kondensatorli assinxron dvigatelli elektr yuritmalar, katta yuk ko‘taradigan ko‘targich kranlarda elektr o‘qni tashkil etadigan elektr yuritmalami ishlab chiqish, tadqiq etish ishlarini professor N. M. Usmonxo‘jayev rahbarligidagi bir guruh olimlar amalga oshirdilar. Chastotasiga ko‘ra boshqariluvchi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini ixtirosi uchun akademik M. Z. Homudxonov rahbarligidagi bir guruh olimlar S. Z. Usmonov, N. M. Usmonxo‘jayev, О. O. Xoshimov, M. A. Husanov, K. Mo‘minovlar O’zbekiston Hukumatining qarori bilan ilm-fan va texnika sohasidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar. 1966-yil Toshkentda bir necha qattiq yer silkinishlaridan keyin panelli uylar qurilishi bir necha bor ortdi.
Qurilishning zamonaviy tezkor usullari qo‘lIanila boshlandi. Bu esa olimlar oldiga uy-joy qurilish kombinatlaridagi temir-beton plitalarni elektr yuritma yordamida zichligi va mustahkamligini oshirish, yangi qurilayotgan imorat va inshootlaming zilzilaga bardoshliligini tekshirish va oshirish masalasini qo‘ydi. Shulami hisobga olib, professor N. H. Bozorov rahbarligidagi olimlar tomonidan elektr yuritma nazariyasida yangi sahifa bo‘lgan titratgich elektr yuritmasining yangi, yengil, chidamli va kam energiya sarflaydigan turlari yaratilib, qurilish sanoatida keng ко‘lamda qo‘llanildi. Bundan tashqari, imorat va inshootlarni zilzilabardoshlikka tekshiradigan elektr yuritma tadqiq etildi va yangi yaratilgan imorat va inshootlar shu avtomatlashgan elektr yuritma yordamida tekshirilib ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Sanoatda katta quvvatga ega bo‘lgan qurilma va agregatlar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu esa katta quvvatga ega bo‘lgan elektr yuritmalaming tezligini rostlashda sirpanish energiyasini tarmoqqa qaytaradigan tizimlami ishlab chiqishni, ya’ni, assinxron ventil kaskadlarini qo‘llashni taqozo etadi. Bundan tashqari lift ko‘targich va shunga o‘xshash qurilmalarda bir necha xil tezlikni ta’minlovchi assinxron dvigatellar qo‘llaniladi. Yuqorida qayd etilgan avtomatlashgan elektr yuritmalar nazariyasini professor X. Karimov rahbarligidagi olimlar amaliyotga tatbiq etdilar. Olim boshchiligida assinxron ventil kaskadli elektr yuritma ishlab chiqildi va uning ishlash rejimlari tadqiq etilib, korxonalarda qo‘llashga tavsiya etildi. Asosan, qisqa tutashgan rotorli qutblari kon aktsiz o‘zgartiriladigan ko‘p tezlikli assinxron dvigatel yaratildi va bu dvigatel liftlarning avtomatlashtirilgan elektr yuritmasida qo‘liana boshladi. Hozirda, energiya resurslarining taqchilligi sezilayotgan bir paytda o‘zbek olimlari yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda elektr
energiyani tejash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, respublikamizning qishloq xo‘jaligi va sanoatining barcha sohalariga izchillik bilan tatbiq etmoqdalar. Jumladan, professor О. O. Xoshimov rahbarligida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida yangi energiyani tejamlovchi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar
turkumi joriy qilindi. Natijada metallurgiya sanoatida o‘rtacha 30- 40% energiya tejamkorligiga erishildi. О. O. Xoshimov tashabbusi bilan MHDM ichida ilk bor
«Energiyani tejovchi elektrotexnika tizimlari va komplekslari» bakalavr ta’limi yo‘nalishi va «Sanoat qurilmalari va komplekslarining energiyani tejovchi elektr jihozlari va tizimlari» magistratura mutaxassisligi hamda Germaniyaning Berlin texnika universiteti, Gretsiyaning Afina ta’lim texnologiya instituti va Toshkent Davlat texnika universiteti hamkorligida «Energetika menejmenti» magistratura mutaxassisligi va zamonaviy laboratoriyalari tashkil qilindi hamda energiyani tejash masalalari bilan shug‘ullanuvchi malakali kadrlar tayyorlash amalga oshirildi.
Elektr yuritmaning mexanik qismini «qattiq» mashinaning dinamik modeli sifatida qarash mumkin. Bunda modelning hamma zvenolari harakat jarayonida sezilmaydigan darajada ezilganligi bois, bu ezilishni hisobga olmasa ham bo‘ladi; kinematik juftliklar lyuft va oraliqlarga ega emas, ya’ni ulaming harakatini aniqlaydigan golanom bogManish tenglamalari ideal holatga mos keladi. Mexanikada golanom bog‘lanishlar deb elementlar tezliklari nisbatlari berilganda ulaming tenglamalari elementlar harakati orasidagi nisbatlami ko‘rsatadigan bog‘lanishlarga aytiladi. Bu holda bog‘lanish tenglamalari integrallanadi. Bu yerda individual yuritma ко4rib chiqilayotgan bo'Iganligi uchun bunday bikr mashinaning dinamik modeli bitta erkinlik darajasiga ega bo‘ladi. Yuritmaning mexanik qismida real kinematik bog‘Ianishlar va juftliklaming deformatsiyasi hamda turli titrashlarga va umumiy tebranishlarga sabab bo‘ladigan potensial energiyaning taqsimlanishi yuz beradi. Bu tebranishlar ayrim zvenolarda qo‘shimcha dinamik yuklamalarga olib keladi va ijrochi mexanizmning aniq ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi. Elektr yuritma mexanik qismining funksional sxemasini o‘rganish, bikr mashinaning dinamik modeli kinematikasini aniqlashga va ayrim elementlari hamda bog‘lanishlari parametrlarini aniqlashga yordam beradi.

Yüklə 338,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin