Elektr yuritma ishchi mexanizmni elektrlashtirish hamda ish jarayonlarini



Yüklə 338,93 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü338,93 Kb.
#167363
  1   2   3
Elektr yuritma


Elektr yuritma – ishchi mexanizmni elektrlashtirish hamda ish jarayonlarini
avtomatlashtirish uchun hizmat qiladigan avtomatik uskunalarga aytiladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 60% dan ortiqrog‘i ish mexanizmini harakatga keltiruvchi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar tomonidan iste’mol qilinmoqda. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, kommunal va boshqa tarmoqlaming
barcha sohalarida, turli mashina va mexanizmlar hamda qurilmalardan keng foydalaniladi. Har qanday mexanik jarayonni amalga oshirish uchun mexanizm va mashinaning ish organini harakatga keltirish darkor. Bu esa yuritma vositasida amalga oshiriladi, xususan, elektr energiya mexanik energiyaga aylantiriladi.
Yuritma energiyani ma’lum yo‘naltirilgan maqsadda o‘zgartirishi kerak. Shuning uchun uning tarkibiga bu funksiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalar va boshqaruv vositalari kiritilishi darkor. Bu maqsadga elektr yuritma yordamida avtomatik boshqaruv asosida erishiladi.
Elektr yuritma deb mashinalaming ish organlarini harakatga keltiradigan hamda bu jarayonlami maqsadga muvofiq boshqaradigan, hamda elektr dvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektromexanik tizimga aytiladi. Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organlarining mc’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektromagnit
moment M yoki kuch F va harakat koordinatlari: burchak tezlik oj yoki chiziqli tezlik v hamda ularga mos harakat yo‘nalishi bo’laklari kiradi. Yuritma elementlari quyidagilardan iborat. Uzatish qurilmasi harakat shakllarini o‘zgartirish va mexanik
energiyani dvigatel qurilmasidan mashinaning ish organlariga uzatish uchun moMjallangan. Dvigatel qurilmasi elektromexanik o‘zgartgich bo‘lib, elektr
energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikda ish organining berilgan harakat turlarini shakllantiradi.
Kuchli o ‘zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizimini elektr manbayi bilan bog‘lash uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish) xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy vazifasi jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllantirishdan iborat. Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexanizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiyalarni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bog‘liq.
Boshqarish va axborot qurilmalari energiya oqimi W va mashinalaming ishchi organlari harakatlarini boshqarishning berilgan qonuniyatlar bo‘yicha shakllantirish uchun moijallangan.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani avtomatik boshqariluvchi elektromexanik tizimning (ABT) keng qo‘llaniladigan turi deb qarash mumkin.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning funksional sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Bu sxema elektr yuritmaning ayrim elementlari va ular orasidagi bog‘lanishlami kengroq o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu yerda ingichka chiziqlar bilan elektr energiyani uzatish kanallari, qo‘sh punktir chiziqlar bilan mexanik energiyani uzatish kanallari, punktir chiziqlar bilan esa, elektr yuritma yoki bajaruvchi mexanizmning o‘lchanayotgan koordinatlari to‘g‘risida axborot uzatish kanallari ko‘rsatilgan.

Energiya manbalari (EM) odatda, sanoat elektr tarmog‘i yoki maxsus akkumulyator batareyasi, individual generator ko‘rinishidagi mustaqil manba bo‘lishi mumkin. Bu hoi asosan uchish apparatlari va kemalardagi «bort» tizimlarida qo‘llaniladi. Kuchli elektr о 'zgartgich qurilmasi (KEO‘Q) – rostlanmaydigan kuchlanish Ut, tok It va chastota ft ni Ut dan (masalan, tarmoqdan) olib dvigatelni ta’minlaydigan U , I v a f ga ega bo‘lgan elektr energiya Wdga aylantirib beradi.
Avvallari KEO‘Q sifatida elektr mashina o‘zgartgich qurilmalari ishlatilar edi. Hozirda asosan o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beradigan kuchli yarim o‘tkazgich o‘zgartgichlar tiristorli boshqariluvchi to‘g‘rilagich (ВТ), tranzistorli impuls o‘zgartgichlar hamda o‘zgaruvchan tok kuchlanishi shaklini o'zgartirib beradigan turli tranzistorli va tiristorli invertorlar hamda chastota o‘zgartgichlari qo‘llaniladi.

Yüklə 338,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin