Mehnat psixologiyasi
Injenerlik psixologiyasi
Pedagogik psixologiya
Yosh davrlari psixologiyasi
Kasb psixologiyasi
Mehnat faoliyatini qonuniyatini va
xususiyatini o‘rganadi
Texnika va insonni o‘zaro ta’sirini psixologik qonuniyatlaririni o‘rganadi.
Ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi
Shaxsni ontogenezdagi psixologik rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadi
Shaxsni kasb egasi bo‘lib borishining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi
Mehnat faoliyati: uning psixofiziologik va
bajarilish xarakteristikasi
“Inson - mashina” tizimi
Tarbiyalanuvchilar
Shaxsni ontogenezdagi psixologik rivojlanishi
Shaxsni “Inson - kasb” tizimidagi rivojlanishini o‘rganadi
Kasb psixologiyasi bu fanlar predmeti va o‘rganish ob’ekti bilan farqlanishi bilan birga ularni olib borayotgan tadqiqotlari yutuqlariga ham suyanadi. Kasb psixologiyasi o‘zining predmetini o‘rganishi orqali insonlarni kasb tanlashlariga yo‘nalishlar berish mehnat psixologiyasiga, injinerlik psixologiyasiga o‘z yordamini beradi.
Kasb psixologiyasining o‘rganish predmeti shaxsga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlardan kelib chiqib kasbga insonni qiziqishini, bu kasbni egallash balan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlar va manfaatlarni, maqsad va intilishlarini o‘ganadi. Xar bir inson o‘ziga yarasha individual ekanligini undagi psixologik xususiyatlar o‘ziga xos jarayon ekanligini o‘rganib boradi. Deylik ayrim yoshlar kasbni tez o‘rgansa ayrimlari unchalik diqqat qilmaganligi, e’tiborsizligi tufayli kasbni o‘rgana olmasligini ko‘rish mumkin. Ayrim yoshlar nazariy jihatidan tez o‘zlashtirsalar ayrimlari amaliyotda tez va yaxshi o‘zlashtirib boradilar. Kasb tanlashda xam ayrimlar o‘z maqsadlarini yaxshi anglamaganligi tufayli kasb tanlay olmaydi. Ayrimlarga qaysi kasb bo‘lsa ham barbir, ular kasblarni yaxshi bilmaydilar.
3 - savol. Kasbga xos psixologik jarayonlar va