Elektr fenlarning tarixi



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə1/4
tarix09.06.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#127768
  1   2   3   4
21-дарс-электр-фен


21.3. Elektr fenlar
Elektr fenlarning tarixi

O ‘rta asr ayollari orasida uzun sochlar nihoyatda urf bo‘lgan. Bunday sochlarni quritish juda qiyin bo‘lgan, ayniqsa, kunning sovuq kunlarida. Hozirgi kunda sochlarni quritish katta muammo emas. Fenni olib bir necha daqiqada sochni quritish mumkin.
Birinchi ishlab chiqarilgan fenning o‘lchami juda katta bo‘lgan. Undan 1888-yilda fransuz Aleksandr Godfroy o‘zining sartaroshxonasida foydalanish uchun patent olgan. U gazli qizdirgich bo‘lib, issiq havoni bir yo‘nalishga yo‘naltirib, sochni quritishgan. Aleksandr Godfroy kashfiyoti statsionar bo‘lganligi uchun keng ommalashmagan. 1911-yilda chikagolik kashfiyotchi Gabriel Kazanjan sochni quritish uchun ko‘chma fen yaratdi va unga patent oldi. 1920-yil boshlarida uni ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Uning dastasi yog‘ochdan bo‘lib, unga metall truba kiydirilgan edi, og‘irligi esa 2 kilogramni tashkil qilgan. Issiqlik darajasi 90°C edi. Bunday harorat xavfsizlik bo‘yicha sochni kuydirish darajasiga olib kelgan. Kashfiyotchilar sochni quritish asboblarini turli nom bilan atashgan: «Lorelya», «Briz» va h.k.
1941-yil Germaniyada issiq va quruq shamol chiqaruvchi «Foen» maishiy asbobi sotuvga chiqdi. Sochni quritish asbobi ishlab chiqaruvchi firma uch yo‘nalish bo‘yicha ko‘chma va statsionar fenlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Statsionarlar sochni quritishidan tashqari turmaklangan sochlarni quritish uchun mo‘ljallangan. Ularning ko‘rinishi shlemga o‘xshash bo‘lgan. Talab esa ko‘chma fenlarga ko‘p bo‘lganligi sababli kashfiyotchilar 1930–1940-yillar maishiy fenlarni takomillashtirish imkoniyatlarini ko‘paytirish bo‘yicha ancha ishlar olib borib, issiqlik darajasini, havo bosimini o‘zgartirish, og‘irligini kamaytirishga erishilgan.
1970-yil ustki qopqoqlari yelimdan bo‘lgan, xavfsizligi ta’minlangan elektr fenlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Texnika va texnologiya rivojlanishi sababli hozirgi kunga kelib 1200 dan 2000W gacha quvvatda ishlaydigan, qopqoqlari isiqqa bardoshli, ko‘rinishi pistoletsimon (sochni quritish) va silindrli fenlar keng tarqalgan.
Hamma fenlarning og‘irligi 500–600 grammdan oshmasligi kerak, undan og‘ir bo‘lsa, ushlab turish qiyin bo‘ladi. Elektr fenlarning shovqin darajasi juda katta ahamiyatga ega. Ularning shovqin darajasi kollektorli elektr dvigatelli fenlar uchun 63 dB, asinxron elektr dvigatelli fenlar uchun 60 dB qilib ishlab chiqarilmoqda. 36-jadval Qizdirish rejimida fendan chiqayotgan havoning harorati


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin