Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə68/105
tarix28.11.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#168835
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105
Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash. fanidan o\'qitish materiallari

O‘qitish metodlari:

Kichik axborotli ma’ruza, hikoya, tushuntirish, kitob bilan ishlash, aqliy hujum, B/BX/B

O‘qitish vositalari

Darslik, yozuv taxtasi, slaydlar, noutbuk, ko’rgazmali qurollar, test kartochkalari.

O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, guruhiy va jamoaviy, yakka tartibdagi, juftlikdagi

O‘qitish sharoiti

Texnik vositalardan foydalanishga mo’ljallangan auditoriya

Qayta aloqaning usul va vositalari

Aqliy hujum, savol-javob, B/BX/B topshiriqlarini baholash



15- Mavzu: Geotermal elektr stansiyalarining turlari
Reja:

  1. Quruq bug‘ geotermal elektr stansiyasining prinsipial sxemasi.

  2. Tabiiy bug‘ geotermal elektr stansiyasining prinsipial sxemasi.

Yuqorida eslab o‘tganimizdek, geotermal elektr stansiyalari quruq va otilib chiquvchi tabiiy bug‘ hamda binar siklli turlarga bo‘linadi.

4.20 - rasmda quruq bug‘ geotermal elektr stansiyasining prinsipial sxemasi keltirilgan. Bunday stansiyalar eng sodda va eski tuzilishga ega bo‘lib, ularda turbinalarni harakatga keltirish uchun 1500C va undan yuqori haroratli geotermal bug‘ bevosita foydalaniladi.


4.20- rasm. Quruq bug‘ geotermal elektr stansiyasining prinsipial sxemasi.


4.21- rasmda tabiiy bug‘ geotermal elektr stansiyasining prinsipial sxemasi tasvirlangan. Bunday stansiyalarda quruq bug‘ geotermal stansiyalaridagiga nisbatan ancha chuqurlikdagi yuqori bosim ostidagi issiq suv past bosimli idishga chiqariladi. U yerda hosil bo‘luvchi bug‘ turbinalarni harakatga keltirishda foydalaniladi. Bunday stansiyalar uchun talab etiluvchi suyuqlikning harorati kamida 1800C ni tashkil etishi zarur. Bugungi kunda eng ko‘p foydalanib kelinayotgan geotermal elektr stansiyalari aynan mana shu turdagi stansiyalardir.




4.21- rasm. Tabiiy bug‘ geotermal elektr stansiyasining prinsipial sxemasi.


Binar siklli geotermal elektr stansiyalari bunday manbada ishlovchi zamonaviy elektr stansiyasi hisoblanib, ularda 570C dan ham past horarotli suyuqlikdan foydalaniladi. Issiq geotermal suv bug‘lanish harorati suvnikiga nisbatan past bo‘lgan ikkilamchi suyuqlik orqali o‘tkaziladi. Buning natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi suyuqlik bug‘i turbinalarni harakatga keltirishda foydalaniladi. Bugungi kunda qurilayotgan geotermal elektr stansiyalari asosan mana shu turga mansubdir.


Bunday stansiyalar ham ideal Renkin va Kalina sikllari asosida ishlaydi. Ularning samaradorligi taxminan 10% ni tashkil etadi.


]


Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin