Ekonometrik iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 412,35 Kb.
səhifə1/5
tarix19.04.2023
ölçüsü412,35 Kb.
#100693
  1   2   3   4   5
BOBUR EKONAMETRIKA




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
IQTISODIYOT TARMOQLAR VA SOHALAR YO‘NALISHI
921-20-GURUH TALABASI
ABDURASHIDOV BOBURNING
EKONOMETRIK IQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI


JIZZAX-2023
Koʻp omili ekonometrik tahlilda omillarni tanlash muamosi.
Reja:

4.1. Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan omillarning tasnifi


4.2.Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan usullarning guruhlari
4.3.Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan an’anaviy asosiy usullarning tavsifi.
1.Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan omillarning
tavsifi
Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan iqtisodiy jarayonlar va hodisalar o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi, u qandaydir omillar tasiri ostida yuzaga keladi.
Omillar deganda nima tushuniladi? Omillar deganda natijaning paydo bo’lishi va uning o’zgarishiga sababchi bo’luvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar majmuasi tushuniladi.Masalan,ishlab chiqarilgan paxta yalpi hosilining o’zgarishini (ko’payishini yoki kamayishini)olaylik.Bu o’zgarish paxta maydoni bilan hosildorlikning o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Demak., paxta maydoni bilan hosildorlik omillar bo’lib hisoblanadi.
Omillar o’z navbatida miqdoriy va sifatiy omillarga bo’linadi. Miqdoriy omillar deganda ekstensiv omillar tushuniladi. Sifatiy omillar deganda intensiv omillar tushuniladi.
Ekstensiv omillar deganda nima tushuniladi? Ekstensiv omillar deganda natija o’zgarishiga tasir qiluvchi miqdoriy omillar tushuniladi.Bularga kuyidagilarni misol qilib ko’rsatish mumkin: xodimlar sonining o’zgarishi, maydon o’lchamining o’zgarishi,chorva mollari sonining o’zgarishi,asosiy fondlar hajmining o’zgarishi va boshqalar.

Yüklə 412,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin