Egamberdiyeva Yulduzning Ona tili o’qitish metodikasi fanidan mustaqil ta’lim topshirig’I 1-topshiriq



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə1/4
tarix18.10.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#65350
  1   2   3   4
EGAMBERDIYEVA Y

Nizomiy nomidagi TDPU


Maxsus sirtqi bo’lim
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
401-guruh talabasi
Egamberdiyeva Yulduzning
Ona tili o’qitish metodikasi fanidan
MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIG’I

1-TOPSHIRIQ
1. Sintaktik tushunchalarga, punktuatsiya elementlariga va orfografiya (imlo) bo‘yicha 1 tadan mashq YARATISH (Izoh: jami 3 ta mashq, ichida 5 tadan gap bo‘lishi kerak).
1-mashq. Gaplarni ko'chiring. So'roqlar yordamida gap bo'laklarini namunadagidek tahlil qiling.
O`qituvchimiz bizga muhim topshiriq berdilar. Eng mazmunli insho yozish uchun harakat qilishimizni aytdilar. Insho mavzusi: “ Yaxshi dam, mehnatga hamdam”. U mavzu juda qiziqarlidir. Har kim o’z ko`rganlari, o`qiganlarini misollar bilan yozishi kerak. Eng yaxshi yozilgan inshoga o`rin berilar ekan.
Namuna: berdilar -kesim, o'qituvchimiz - ega, kimga? Bizga, Nimani? Topshiriqnin Qanday topshiriqni? Muhim- ikkinchi darajali bo'laklar.
2-mashq. O'qing. O'qiganingizda gaplarning boshlanish va tugashini tinish belgilariga mos ohangda o'qing. Ularning ifoda maqsadiga turlarini ayting. Tinish belgilari ishlatilishiga e'tibor bering.

Qishda hammayoq oppoq qor bilan qoplanadi. Havo musaffo, yoqimli bo`ladi. Kishi qancha nafas olsa ham,to`ymaydi.Qish tongi kishiga o`zgacha orom beradi. Quyosh tog`lar ortidan qizarib chiqadi. Qorlar mayda zarralardek, turli-tuman rangda yaltiraydi. Daraxtlar oq kiyimga burkanadi. Ular xuddi xayol surib turganday tuyuladi.Bu faslda bolalar turli o`yinlar o`ynab quvonadilar.



3-mashq. Gaplarni o'qing. Tutuq belgili so'zlarni topib bo'g'inlab yozing. Tutuq belgili bo'g'inlarning tagiga chizing.
Yurtimiz uchun qilayotgan hozirgi eng yaxshi xizmatimiz bu -ta'lim olayotganimizdir.
Ma'naviyatli inson ilm olishdan hech qachon to'xtamaydi.
Sa'va qushini hayotda ko'rmaganman, faqat rasmini ko'rganman.
Ulamolarimiz bizni savobli ishlar qilishga da'vat etadilar.
A'lo baholarga o'qish bilan cheklanib qolmasdan, do'stlaringa yordam berishni ularga bilmaganlarida yordamlashishni ham o'rgan.

2-TOPSHIRIQ


2. Ona tili fanidan nutq o‘stirish bo‘yicha 1 ta dars ishlanmasini yozish.
Diqqat!!! Dars ishlanmasi mustaqil yozilishi kerak!!!

2-sinf Fan: Ona tili


Sana: __________________


Sinf: _________________________
4-dars
Mavzu: GAP VA SO‘Z.13-15-mashqlar
Darsning texnologik xaritasi

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:



Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari



O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.



Tayanch kompetensiyalar:


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin