Educational, natural and social sciences


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 425,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix18.07.2023
ölçüsü425,74 Kb.
#136831
1   2   3   4   5   6   7   8
turizm-va-mehmondo-stlik-sanoatida-kadrlar-tayyorlash-tizimini-rivojlantirishning-istiqbollari

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Ma’lumki, kadrlarni kasbiy tayyorlash nazariyasi va metodikasi rus olimlaridan
S.Ya.Batisheva, A.P. Belyaeva, N.I. Dumchenko, V.A. Ermolenko, V.A. Kalney, 
G.V. Muxametzyanova, A.M. Novikovlarning ilmiy ishlarida ishlab chiqilgan. Ta'lim 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
268 
w
www.oriens.uz
August
2022
 
mazmuni muammosini o‘rganish V.V.Kraevskiy, B.C Lednev, S.Ya. Lerner, M.N. 
Skatkin kabi olimlarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. 
 
Turizm faoliyati sohasida kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodologiyasining 
asoslari, umuman turizmni va uning turli bo‘g'inlari tuzilmalarini kadrlar bilan 
ta'minlash masalalari bir nechta olimlar va amaliyotchilarning ishlarida yoritilgan: 
Ular qatoriga I.V. Zorina, I.A. Ryabova, M.O. Nemolyaeva, S.E. Chijova, V.D. 
Chepikalar kiradi. 
Shuningdek A.A. Kolmakova, M.M. Marinina, M.A. Morozov va boshqalar 
tomonidan ta'lim jarayonining xususiyatlari ochib berilgan va mehmondo‘stlik 
sanoati uchun kasbiy ta'lim va kadrlar tayyorlashni tashkil etishda e'tiborga olinishi 
kerak bo‘lgan mezonlar shakllantirilgan. 
Mamlakatimizda sayyohlik sohasini rivojlantirishning ustuvor masalalari va 
ularning yechimlari xususida M.T.Aliyeva, A.F.Saidov, I.S.Tuxliev, D.Q.Usmanova, 
N.Tuxliev, Q.X.Abduraxmonov, M.Q.Pardaev, B.SH.Safarov, O.X.Xamidov [5] va 
bir qator boshqa iqtisodchi-olimlarning ilmiy tadqiqotlaridan foydalanilgan va 
o`rganib chiqilgan. 
NATIJALAR
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. So‘nggi 
yillarda O‘zbekiston turizm sohasidagi ulkan va tub o‘zgarishlar xalqaro hamjamiyat 
tomonidan tan olinmoqda. Turizmni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, boshqaruv 
tizimini yaratish, turizm turlarini diversifikatsiya qilish, O‘zbekistonning xalqaro 
maydonda tan olinishi va jozibadorligini ta'minlash bo‘yicha xujjatlar qabul qilindi. 
Mamlakatdagi ichki sayohatlarning umumiy soni 2016 yildagi 8,8 milliondan 2019 
yilda 14,7 millionga, 2021 yilda esa 15 million sayohatga o‘sdi. 
So‘nggi 4 yil ichida O‘zbekistonda katta, o‘rta va kichik 833 ta yangi 
mehmonxona foydalanishga topshirildi. Joylashtirish vositalarining umumiy soni 
1442 donaga etdi, ularning soni 33,4 ming donani tashkil etdi. Ayni paytda 
O‘zbekistonda qurilish bosqichida yaqin kelajakda ishga tushirilishi rejalashtirilgan 
yuzlab yangi mehmonxona loyihalari mavjud.
2022 yilda O‘zbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalarning o‘rtacha ish 
yuki bo‘yicha statistik ma'lumotlar tahlili ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi.
Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni 
jadal rivojlantirish, yangi ish o‟rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush 
darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni 
ta‟minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks 



Yüklə 425,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin